Ahli sunna val jamoaning aqidasiga ko’ra, Alloh taolo makondan holidir. Biror joydan boshqa joyga ko’chish, umuman, makonga muhtojlik Alloh taologa aslo xos emasdir. U zot Osmonlar-u Yerning yaratuvchisi bo’lsa, qanday ham O’zi yaratgan narsaga joylashib olsin?!
لا يشبه شيئا من الاشياء من خلقه و لا يشبهه شئ من خلقه
Alloh O’zi yaratgan narsalardan birortasiga o’xshamaydi, yaratganlaridan birortasi ham Unga o’xshamaydi. (Abu hanifa. Fiqhul akbar. Aqoid matnlari. Toshkent 2006. B- 21)
Aqida ulomalari shundan kelib chiqib: Alloh taolo birir makonda bo’lishdan holidir, chunki makonda bo’lish yaralmishlarning sifatidir, deganlar.
Yana bir hanafiy olim Sirojiddin al-O’shiy rohimahulloh o’zlarining “Badul amoliy” manzumalarida
و ربّ العرش فوق العرش لكن، بلا وصف التمكّن و اتصال
Arshning Robbisi Arshdan yuqori, biroq,
Joylashish, o’rnashish vasfidan yiroq
Deya bu boradagi e’tiqodimiz qanday bo’lishini bayon qilgan.
Afsuski, ba’zi ilm ahllari ahli sunnat va jamoatning koʻpgina ittifoqiy gaplaridan va butun Islom ummatining ijmoʼ qilgan masalalaridan koʻpchiligiga qarshi chiqib bugungi kunda vahhobiy, salafiy va zohiriy kabi nomlar bilan nomlanayotgan Ibn jamoasini ikkilanishlarga musulmonlarning esa adashuviga sababchi boʻldi. Aslida, bunday noto’g’ri e’tiqodning asosi mujassimalik va mushabbihalik fikrlari bilan toʻlib-toshgan, ahli sunnat va jamoat taʼlimotidan mutlaqo uzoq rivoyatlar bilan toʻldirilgan asarlardan olingan.
Vahhobiylar bu asarni Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhining oʻgʻli Abdulloh rahimahulloh yozgan, deb daʼvo qilib ham nashr etganlar.
أنا أشعرى أعتقد أنّ القرآن معنى قائم بذات الله و هو صفة من صفات ذاته القديم و هو غير مخلوق و ليس بحرف و لا صوت و أنّ قوله الرحمن على العرش استوى ليس على ظاهره و لا أعلم كنه المراد به بل لا يعلمه الا الله و القول فى النزول كالقول فى الإستواء Men ashʼariyman! Qurʼonni Alloh taoloning zotida qoim va Uning qadimiy sifatlaridan biri deb eʼtiqod qilaman. Qurʼon yaratilgan emas. U harf ham, ovoz ham emas. Allohning: “Rahmon Arshga “istivo” qildi”, degan gapi zohiriga qarab hukm qilinmaydi. Uning asl maʼnosini bilmayman. Balki uni Alloh taolodan oʻzga hech kim bilmaydi. “Nuzul” (“Tushish”) haqidagi gap ham xuddi “istivo”da aytilgani kabidir!”. (Ibn Hajar al-Asqaloniy. ad-Durar al-komina fiy ayon al-miat as-somina. 1-jild. – Bayrut: Dor al-Jiyl, 1993. – B. 148).
Alloh taolo insonga tavfiq bersin ekan. Aks holda, ilm-irfon, taqvo va parhezgorlik, ixlosli amal insonni notoʻgʻri aqidadan qutqara olmas ekan.
Afsuski, mazkur aqidaga nisbat berilgan kishining asossiz va botil aqidasidan hamda mujassimalik gʻavgʻosidan qaytganligi va tavba qilganiga eʼtibor bermasdan, aniqrogʻi, uning ana shu gap-soʻzlarini ham, tavbasini ham ommadan yashirgan holda ana shu asossiz va botil aqidasi hamda mujassimalik gʻavgʻosini koʻtarib yurganlar keyingi davrlarda paydo boʻlaverdi. Ahli sunnat va jamoatning haqqoniy olimlari: “Alloh taolo biror makondan o’rin olmaydi va Unda biror zamon ham joriy bo’lmaydi”, degan qatʼiy aqidada barqarordirlar!
Bu e’tiqodning to’g’ri ekaniga “Sahih al-Buxoriy”da kelgan:
كان الله تعالى و لم يكن شئ غيره
“Alloh taolo bor edi, undan boshqa hech narsa boʻlmagandi”, degan hadisi sharifni keltirish mumkin (Buxoriy rivoyat qilgan, 4/3191).
TII talabasi 403- guruh
Anvarova Mohigul