islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Makonlarni sharaflagan makinlar

Alloh taolo insonni eng yaxshi sur’atda yaratib, uni aziz-u mukarram qildi va yaratilgan narsalarning ko’pidan mutlaq afzal qilib qo’ydi. Buning xabarini Qur’oni karimning bir qancha o’rinlarida zikr qildi. Xossatan Isro surasining 70-oyatida shunday marhamat qilinadi: “Batahqiq Biz bani Odamni aziz-u mukarram qilib qo’ydik va ularni quruqliku dengizda (ulov-la) ko’tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni o’zimiz yaratgan ko’p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo’ydik”.

Oyati karimada Alloh taolo bani Odamni aziz-u mukarram qilganini va yaratgan ko’pgina narsalardan mutlaq afzal qilib qo’yganini xabarini bermoqda. Yana Anbiyo surasining 105-oyatida shunday marhamat qiladi: “Batahqiq Biz Zaburda ham “Albatta, yerga solih bandalarim merosxo’r bo’lurlar”, deb yozgan edik”. Allohning yeridagi merosxo’rlar bular solih zotlar ekan, ana shu solih zotlar bilan yer sharaflanadi. Arab maqollarining birida shunday deyiladi.

“Sharoful makon bi sharofil makiyn”

(Makonning qadri undagi yashovchining sharafi bilan) dir.

Ona diyorimizni ona tuprog’imizni ona zaminimizni dunyoga mashhur qilgan, bu zaminni sharaflagan ota bobolarimiz Alloh zikr qilganidek solih zotlar bo’lganlar.

O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti-ma’hadimiz an’anasiga ko’ra har yili “Sahihul Buxoriy” va “Sunani Termiziy” ustozlar tomonidan talabalar bilan birga xatm qilinib, ulardan ijozalar berish bir necha yildan beri davom etib kelmoqda.

Joriy yilning 27-28-29-may kunlari shu an’anaga muvofiq Samarqand va Buxoroyi Sharif shaharlariga qilgan safarimiz ota-bobolarimizning qilgan xizmatlari qoldirgan boy, bebaho meroslari Samarqand va Buxoro zaminini sharaflaganliklari meni yana bir bor hayratimni oshirdi desam mubolag’a qilmagan bo’laman.

Buxoro zaminini ziyorat qilar ekanmiz, Buxoroga kirgandan yetti piri komilning avvalgilari bo’lmish Abduxoliq G’ijduvoniy hamda oxirgilari bo’lmish Shayx Bahouddin Naqshband va ul zotning onalarini qabrlarini ziyorat va xatmi qur’onlar qildik.

Undan so’ng Buxoroyi sharifga imom Buxoriyning shayxlaridan bo’lmish Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Abulhafs Kabiyr al-Buxoriydek ulug’ zotlarni ziyorat qildik. Undan so’ng Chor Bakrlar maqbaralari, Masjidi Kalon, Chorsu madrasasi, va yana bir qancha joylarni ziyorat qildik. Imom Buxoriyning shayxlaridan bo’lmish Muhammad ibn Salom al-Poykandiyni ziyorat qilar ekanmiz ul zotning xizmatlari beqiyos ekanliklari, ilmda bir ummon ekanliklari meni hayratlantirardi.

Ustozimdan eshitdimki, u zot besh yuz ming hadis jamlagan ekanlar. Hadislar barcha sanadi va turuqi bilan 500-600 ming atrofida ekan.

Bu sonlar faqat tilda aytish oson, lekin uni jamlash, uni saqlash, uni esda tutish uchun haqiqiy Alloh zikr qilgan solih inson bo’lish kerakdir. Bizning ota-bobolarimiz ana shu tariqa ilm-u irfon bilan o’zlarining kuchli zehn-u zakovati bilan sharaflangandirlar. Ana shunday o’zining ilmi bilan, o’zining zakovati bilan, o’zining taqvosi bilan sharaflangan va o’zi tug’ilib o’sgan joyini dunyoga mashhur qilgan zotlardan biri Jamoliddin Az-Zayla’iydir. Az-Zayla’iy, Zayla’ shahriga berilgan nisbat bo’lib, u Habashiston sohilida joylashgan port shahar hisoblanadi va hozirda Somali davlatiga tegishlidir.

Jamoliddin az-Zayla’iy bir sohilda tug’ilgan bo’lsalarda, payg’ambarlardan qolgan meros ilm merosi u kishini dunyoga mashhur qildi va u zot sababidin Zayla’ shahri sharaf topdi. U kishining “Nasb ar-Roya” asarlari barcha ahli ilmlar uchun mo’tabar asardir. Alloh hammamizni sharaflangan va sharaflaydigan zotlardan qilsin.

Toshkent islom instituti 404-guruh

talabasi Qo’ziev Valiyullo

397810cookie-checkMakonlarni sharaflagan makinlar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: