Inson hayotda yashar ekan, uni hayotda turli voqeliklar qurshab turadi. Bu uning xulq-atvorini mukammallikka yoki noloyiq xulq-atvorni shakllantirishga olib keladi. Xulq-atvorning shakllanishiga uchta asosiy narsa ta’sir qiladi. Buning bir qancha sabablarini ko‘rib chiqamiz.
1. Oilaviy muhit. Oila iymonli, ilmli bo‘lishi uni go‘zal xulq-atvorli bo‘lishiga sabab bo‘ladi bu esa, albatta, bola misolida o‘z aksini topadi. U halollik, diyonatli bo‘lish, o‘zgalar haqidan qo‘rqish kabi tushunchalarni oila davrasida o‘rganadi. Uni kattalarga hurmat, boshqalarni qadrlashi kabi jamiki go‘zal makorimul axloqlar iymon-e’tiqod bilan sizib o‘tib boradi. Bu bugun kunda G‘arbni yechilmaydigan muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Ular ota-onaga, kattalarga hurmat kabi ulug‘ qadriyatlardan tobora uzoqlashmoqdalar. Buni ularning o‘zlari ham tan olishadi. Ularning o‘y-orzulari moddiyat, faqat hozir baxtli yashash kabi tushunchalar xolos.
2. Bola atrofida yuzaga keladigan tashqi muhit. Bu bola ko‘chaga, maktabga yoki ko‘chadagi qo‘shni bolalar bilan o‘ynagandagi kabi holatlarda yuzaga keladi. Bunda ham atrofdagilarni ta’siri bolani xulq-atvorini shakllantirishda katta ro‘l o‘ynaydi.
3. Aloqa va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi. Buning natijasida ko‘plab bolalarning har xil video va filmlarni, multfilmlarni ko‘rishlari natijasida undagi qahramon va obrazlardan ta’sirlanishi oqibatida bolalarda har xil axloqiy tushunchalar va qarashlar shakllanadi. U shu video muallifi o‘ylaganday o‘ylashi, uni dunyoqarashidek dunyoqarash shakllanib boradi. Bunda turli xil, tarbiyaviy, axloqiy yoki zulmga turli xil qarash va diniy tushunchalar faqat va faqat muallif iroda etgan (o‘zini diniy va dunyoviy va axloqiy) qarashlarini mahsuloti boʻladi. Bu esa farzandlarimizni o‘zimiz e’tiborsiz qoldirgan holda bolalarni boshqalar izmiga tobeʼ bo‘lib qolishiga olib borishi hech gap emas. Bulardan kelib chiqib kelajak poydevori bo‘lgan , farzandlarimizni har taraflama yetuk, sog‘lom bo‘lib borishi, har birimizni burchimiz hisoblanadi. Zero Abdulloh Ibni Umar roziyallahu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda “Har biringiz boshliq va har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilardan so‘raluvchisiz”, deyilgan. Shunday ekan biz avvalambor o‘zimiz va farzandlarimiz turgan muhitni sog‘lomligiga va ko‘rayotgan va eshitayotgan narsalarimiz haqida mulohaza qilishga va ularga duch kelganda, tanqidiy va tahliliy ko‘z bilan yondashishimiz, farqlay olishimiz lozim va lobuddir.
Toshkent islom instituti
talabasi G‘oziyev Kamoliddin