islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Is’hoq ibn Rohova rahmatullohi alayh

Is’hoq ibn Rohova al-Marvaziy al-Hanzaliy at-Tamimiy milodiy 778-853 yil, hijriy 161-238 yil yashagan buyuk mujtahid imom, Sharq mamlakatlarining mashhur shayxi, hifz ustasi, musulmonlar imomlaridan biri va buyuk muhaddisdir.

U kishi Abbosiylar davrida Marvda tug‘ilgan. Otalarining ismi Tabixa ibn Ilyos ibn Mudar bo‘lgan. Ibn Rahova deb atalishining sababi otalari Makka yo‘lida tug‘ilgan. Is’hoq ibn Rohovani “amirul mo‘minin fil hadis” deb e’tirof etishgan. U kishi hadis, tafsir, fiqh ilmlari olimi, Xuroson imomi va faqihi bo‘lgan.
Is’hoq ibn Rohova Sufyon Savriy va Dovud Zohiriy bilan bir vaqtda yashagan. U Ahmad ibn Hanbalning ilm o‘rganish uchun safarlarida hamrohlik qilgan do‘sti va shogirdi ham edi. Ibn Rohavayh Imom Buxoriyni hozirda “Sahihi Buxoriy” deb nomlanuvchi asarini yozishga ilhomlantirgan edi. Imom Buxoriy aytadi: “Ustozimiz Is’hoq ibn Rohavayh: “Kimdir Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahih hadislari bo‘yicha bir kitob yozsa”, dedilar. Bu mening yuragimga o‘rnashdi va men “Al-Jome’ as-Sahih” hadislarini to‘plashga kirishdim”.
Asarlari:
Al-Jome’ al-Kabir;
Al-Jome’ as-Sag‘ir;
Al-Musannaf;
Al-ilm;
At-afsir al-Kabir (yo‘qolgan asar).
Imom Is’hoq ibn Rohova at-Tamimiy yoshligidan o‘z yurtida ilm o‘rganishni boshlagan, o‘smirlik paytlarida Abdulloh ibn Muborak kabi ulug‘ olimlardan dars olgan, keyinchalik ilm talabida boshqa yurtlarga sayohat qilgan. 184-yili yigirma uch yoshga to‘lganida, Iroqda, u yerdan boshqa mamlakatlarga o‘tib, Hijoz , Yaman va Shomga o‘xshash yurtlarda ilm oldi, so‘ng Misrga, Bag‘dodga, so‘ng Hijozga safar qildi. U olgan hadislarini ko‘plab ilm toliblariga yetkazdi.
So‘ngra, Xurosonga qaytib, Nishopurda umrining oxirigacha muallimlik bilan shug‘ullanadi.

Toshkent islom instituti

talabasi G‘oziyev Kamoliddin

418570cookie-checkIs’hoq ibn Rohova rahmatullohi alayh

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: