Ismlari: U zotning to‘liq ismlari Muhammad ibn Abdulvohid ibn Abdulhamid ibn al-Kamol Mas’ud ibn Humam ad-Diyn ibn Hamid ad-Diyn ibn Sa’d ad-Diyn al-sivasiy markaziy Turkiyani Rum yerlaridagi Sivays shahriga nisbat berilgan. Iskandariy- Misrdagi taniqli Iskandar shahriga nisbat berilgan. Al-Qohiriy, Qohiraga nisbat berilgan. al-Hanafiy bo‘lib, ibn Humam nomi ila tanilganlar.
Laqabi: Kamoliddin ibn Humomiddin ibn Hamididdin ibn Sa’duddin bo‘lib, ko‘p o‘rinlarda ad-din kalimasi yozilmay, Kamol Muhammad yoki Kamol ibn Humom deb aytilgan.
Tug‘ilgan sanasi: Kamol ibn Humam hijriy 790/1388[1] yili Misrning Iskandariya shahrida qozilar oilasida tavallud topdi. Bu sana 788 (1386) va 789 (1387) yillar sifatida ham tilga olinadi. Imom Suyutiy: “Kamol ibn Humom 790-yilga yaqin dunyoga kelgan”-deb aytgan. Eng sahih gap Kamol ibn Humom hijriy 790-yilda Iskandar shahrida tavallud topgan. Uning otasi xuddi bobosi singari Siyuvas shahri qozisi edi. U kishi 10 yosh atrofida bo‘lganlarida otalari vafot etdi. Shundan keyin yosh Kamoliddin onasining onasi (buvisi)ning qaramog‘iga o‘tdi va uning qo‘lida o‘sdi. Buvisi uni ilm olishi uchun Qohiraga olib bordi. Qohirada Qur’oni karimni to‘liq yod oldi, keyin Qudiriyning “Kitobi”ni, “al-Manor”ni, Zamaxshariyning “al-Mufassalli” va Ibni Molikning “al-Alfiyalari”ni yodladi. Keyin, Iskandariyaga buvisining oldiga qaytib keldi. O‘sha vaqtda Iskandariyaning qozisi bo‘lgan Yusuf Humaydiydan nahv ilmini o‘rgandi. Zayniddin As-Sakandariyda “Hidoya”ni o‘qidi. Keyinchalik yana Qohiraga qaytib, Izzuddin ibn Abdussalom, Shamniy, Bisotiy, Jalol Hindiy, Valiy Iroqiy kabi ko‘plab olimlardan ta’lim oldi. Hanafiy aqidasi va mazhabini o‘rganishida ustozi “Qoriy al-hidoya” (“Hidoya” asarini yod biluvchi) laqabi bilan mashhur bo‘lgan olim Sirojiddin ibn Umar ibn Alining katta mehnati singan.
Kamol ibn Humom Iskandar va Qohiradagi ulamolari va shayxlaridan ta’lim olib, ilm va ma’rifatda ziyoda bo‘lish uchun ko‘p safar qilar edi. Undan tashqari Halab shahriga ham bir muddat safar qilib u yerdagi ulamolardan ilm olib, shogirdlariga ilm tahsil berdi, undan so‘ng Quddusga borib Hofiz ibn Hajar kabi bir qancha ulamolardan hadis eshitdi. Bir muddat Haramaynda ham ilm tahsil etib, o‘z zamonasining fiqh va uning usulida, usuliddin, tafsir, hadis, mantiq, arab tili, nahv, sarf, adabiyot ilmi, maoniy, tasavvuf, faroiz, hisob ilmi va undan boshqa bir qancha ilmlarda alloma, shayx bo‘lib yetishdi. Kamol ibn Humom bu ilmlarning o‘z davring yetuk olim, shayxlaridan ilm o‘rgandi. Misol uchun: Hanafiy fiqhida mo‘tabar bo‘lgan Hidoya kitobini “Hidoya Qotishi” laqabi bilan mashhur bo‘lgan imom Sirojiddinga hijriy 818-819-yillarda ikki yil mobaynida o‘qib bergan, uning qo‘l ostida fiqhni o‘rganib, u kishidan ko‘p ilmlarni tahsil olgan. Shayx Shihobiddin al-Haytamiy. Ibn Humam ushbu ustozining huzurida Qur’onni to‘liq yod olgan.
Shayx Vajihihuddin Abuqosim al-Faqiriy. Undan nahv ilmidan ta’lim oldi.
Shayx Zayniddin As-Sakandariy. Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarini ushbu ustozidan ta’lim olgan.
Shayx Izzuddin ibn Abdussalom. Bu olimdan mantiq bo‘yicha ta’lim olgan.
Shayx Badriddin al-Ayniy. “Umdat al-qoriy sharhi sahih al-Buxoriy” va “Banoya fi sharh al-Hidoya” kabi mashhur asarlar sohibi bo‘lgan bu olimdan arablarning she’rlari va boshqa ko‘plab ilmlar bo‘yicha ta’lim olgan. “Sharhul Mutoli” kitobini Jaloliddin Hindaviyga, “Sharhul mavaqif” kitobini esa, Qutbiddin al-Abraquhiydan ta’lim olgan. Usuliddin va undan boshqa ilmlarni Basotiydan o‘rganib, “Hidoyatul hikmat” kitobini o‘qib bergan. Tafsil ilmini Nasriddin Aqsoriydan ta’lim oldi. Hadis ilmlarini esa Abu Zur’a ibn Iroqiy, Jamol Abdulloh Hanbaliy, Shamsu ash-Shomiy, Shamsul Busraviy, Shihob Vositiylardan o‘rgangan. Kamol Muhammadning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi va qiziqishi sababli turli xil ilm va fanlarni Misr, Shom, Hijoz shaharlariga safar qilib, ko‘plab shayxlardan ta’lim oldi.
Fatvo berishda o‘rinlari
Kamol ibn Humom Imom Abu Hanifa ta’limotiga ko‘ra Qohirada fatvo berish uchun tayinlangan. Buni yolg‘iz bir inson bajarishi qiyin bo‘lgan, faqat turli xil ilmlarda yetuk taqvo va parhez bilan va bu fazilatlar egasi bo‘lgan olimgina bajara oladi. Kamol ibn Humomda shu sifatlarning barchasi jamlangan edi. U kishining maqsadi ilm berish bo‘lgani uchun keyinchalik muftiylikni tark etgan. Bu haqda imom Saxoviy shunday deydi: “ Kamol ibn Humomning so‘zlari mashhur bo‘lgani va yetuk olim bo‘lgani sabab fatvo berish vazifasiga tayinlangan edi, so‘ng uni tark etdi.
Ulamolarning maqtovni: Alloh taolo Kamol ibn Humomni buyuk ilmiy martaba, oliy daraja, yuksak e’tirof bilan mukofotlangan. Atrofidagi insonlarning va ulug‘ olimlarning qalbida u kishiga muhabbati ziyoda bo‘ldi, hamda maqtovga sazovor bo‘ldi. Dars berib, fatvo berish bilan ko‘p shug‘ullangan. Imom usuludinni, tafsir, fiqh, usululfiqh, faroiz, hisob, arab tili, nahv, maoniy, bayon, sarf, tasavvuf, mantiq, adib kabi ilmlar sohibi.
Fiqhdagi mazhabi: Kamol ibn Humom hanafiy mazhabi imomi, hanafiy mazhabi ulamolarining kattalaridan va shayxi hisoblanadi. U kishining tarjimai holini yozgan har bir kishi ibn Humomni hanafiy mazhabi imomlaridan deb hanafiy ekanini zikr qilgan.
Yozgan asarlari: Imom Ibn Humom hayoti davomida turli xil fanlar sohasida bir qancha asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan. Aqliy va naqliy ilmlar borasida ko‘plab izlanishlar olib borgan. Har bir ilmni chuqur o‘rganib, uni talabalariga ta’lim berib, ilmda yuksak martabaga erishgan. U yozgan har bir asarda boshqa asarlarda yo‘q foydani topasiz. Shu sababli uning ba’zi kitoblarini ulamolar o‘rganib, sharh va izohlar yozishgan. Ushbu kitoblardan yer yuzida turli mintaqa va asrlarda foydalaniladi. Uning eng mashhur asarlaridan:
1.Hanafiy fiqh fani borasida yozilgan “Hidoya sharhi” ibn Humom bu kitobni hadislar va taxrijlar bilan boyitgan. Lekin bu kitob oxiriga yetmagan, ikki mujalladda vakolat bobigacha yetkazib, ushbu kitobni “ Fathul qodir lilojizil faqir” deb nomladi. Bu kitob hozirga qadar ulamolar o‘rtasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib, ko‘plab ulamolar bu kitobga murojaat qilishadi. Mulla Ali qori bu ikki kitobga hoshiya yozgan. Shayx Ibrohim ibn Halabiy esa bir mujalladga talxis yozgan.
2. Hanafiy mazhabida far’iy masalalarda muxtasar yoki hanafiy mazhabida namoz hukmlariga risola yozib, uni “Zod al-Faqir” deb nomladi, bu kitob namoz masalalarning muxtasari bo‘lib, bu kitobga ko‘plab shahar yozilgan. Ulardan mashhuri:
Zayniddin Abdurahim ibn Qohiriyning sharhi, “Ibn Munshaviy” nomi bilan tanilgan hanafiy bo‘lib, hijriy 896- yili vafot etdi.
Tojiddin Abdulloh Humamiy ibn muhammad Husaynning sharhi hanafiy, halablik, hijriy 875 yili vafot etgan. O‘zing kitobini “Nuzhatul basir lihilli zodil faqir” deb nomladi.
Usul fiqh bo‘yicha “Tahrir”, Muzafariddin Ahmad ibn Ali Ibn Soatiy bilan tanilgan kishining “Badiuz Nazzom al-Jamiu kitabay Bazdaviy va al-hikam” kitobiga sharh yozgan. U kishi hanafiy bo‘lib hijriy 694-yilda vafot etdi.
Usuliddin fani bo‘yicha “ Ar-Risola al-qudsiyya bil adillati fiy Burhoniyya fiy aqoid va fiy ilmil kalom lilg‘azzoliy”, motrudiyya aqidasi bo‘yicha “ Musayara fiy aqoid al-munjiyya fiy- axborot” kitobini yozgan. Bu kitobga Kamoliddin Muhammad ibn Muhammad ibn Abu Bakr Maqsudiy, Sa’duddin ibn Sa’d ibn Abdulloh Dayriy, Zayniddin Qosim Qutlubug‘olar sharh yozishgan.
Arab tili bo‘yicha “Kalimatayni hafifatayni” hadisiga sharh, bu kitob “Subahanalloh va bihamdihi, Subhanalloh al-Azim” hadisini erobi haqida so‘raganda javob tariqasida yozilgan. Undan tashqari tashrif ilmi borasida “Muqaddimatu Tashrih” kitobini yozgan.
Vafoti: Kamol ibn Humom bir necha marotaba haj safarini bajarib, Misrga o‘z ishi va talabalari oldiga qaytib kelar edi. Yoshi ulg‘ayib suyaklari mo‘rtlashib qolganida ham haj safarini bajarishga chiqadi, lekin ibodatlarini oxiriga yetkazganidan keyin qaytib kelmay, Haramaynda ilm tarqatadi. Imom Saxoviy: “ Ibn Humom Haramda yashab va o‘sha yerda islom haqiqatida vafot etishni niyat qilib zam-zam suvini ichar edi”. Keyinchalik hijriy 860-yili Misrga betob holida qaytib keladi. Uning kasalligi kundan kun ziyoda bo‘lib, hijriy 861-yil yettinchi ramazon oyining juma kuni vafot etadi. Janozasini Qozi ibn Dayriy o‘qib, Misrdagi Qarofiya mahallasiga dafn etildi.
Toshkent islom instituti talabasi
Abdullayev Hadiyatulloh