«الطاغوت at-Tog‘ut» kalimasi arab tilidagi « طغيان tug‘yon» so‘zidan olingan bo‘lib, Alloh chizgan chiziqdan chiqishga nisbatan ishlatiladi. Allohning yo‘lidan boshqa yo‘l «tog‘ut» deyiladi. Manbalarda keltirilishicha, «tog‘ut» shayton, jin, tug‘yonga ketuvchi zolim kabi ma’nolarni anglatadi, deyilgan.
Ar-Rog‘ib al-Isfahoniy “Mufradatul Qur’on”da shunday degan: “Tog‘ut har bir fasiq, Allohdan o‘zga ilohga ibodat qiluvchilar uchun qo‘llaniladigan atama bo‘lib, undan iblis, shaton, sehrgar, folbin va jinlarga hamda to’g’ri yo‘ldan og‘uvchiga tog’ut deyiladi.
« الطاغوت at-Tog‘ut» kalimasi Qur’oni karimda sakkiz marta zikr qilingan:
Ulardan birinchisi:
لَا إِكْرَاهَ فِي الدِّينِ قَدْ تَبَيَّنَ الرُّشْدُ مِنَ الْغَيِّ فَمَنْ يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ وَيُؤْمِنْ بِاللَّهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَى لَا انْفِصَامَ لَهَا وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ. سورة البقرة، الآية 256.
Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, to‘g‘ri yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shaytonni (yoxud butlarni) inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u buzilmas, ishonchli halqani tutibdi. Alloh eshituvchi va biluvchidir. (Baqara, 256.)
Ikkinchisi:
اللَّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آَمَنُوا يُخْرِجُهُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَوْلِيَاؤُهُمُ الطَّاغُوتُ يُخْرِجُونَهُمْ مِنَ النُّورِ إِلَى الظُّلُمَاتِ أُولَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ. سورة البقرة، الآية 257.
Alloh imon keltirganlarning do‘stidir. Ularni zulmatdan nur sari chiqaradi. Kofirlarning do‘stlari esa shaytonlar (butlar)dir. Ularni (kofirlarni) nurdan zulmat sari chiqaradilar. Ana o‘shalar do‘zax ahlidirlar va ular unda mangu qoluvchilardir. (Baqara, 257.)
Uchinchisi:
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُوا نَصِيبًا مِنَ الْكِتَابِ يُؤْمِنُونَ بِالْجِبْتِ وَالطَّاغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا هَؤُلَاءِ أَهْدَى مِنَ الَّذِينَ آَمَنُوا سَبِيلًا. سورة النساء، الآية 51.
Kitob (Tavrot)dan nasibador bo‘lganlarning «Jibt» va «Tog‘ut»ga* sig‘inishlarini va kofirlarga «Shular mo‘minlardan ko‘ra to‘g‘riroq yo‘ldadir» deyishlarini ko‘rmadingizmi?! (Niso, 51)
* “Jibt” – ularning sig‘inadigan soxta ma’budalari. “Tog‘ut” esa, shaytondir.
Boshqa tafsirlarda “Jibt” va “Tog‘ut”dan murod yahudiylarning peshvolari deyilgan.
To‘rtinchisi:
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آَمَنُوا بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلَالًا بَعِيدًا. سورة النساء، الآية 60.
O‘zlarini, Sizga nozil qilingan (Qur’on) va Sizdan oldin nozil qilingan (ilohiy kitoblar)ga imon keltirgan, deb hisoblaydiganlarning hukm so‘rab, Tog‘ut (shayton)* huzuriga borishni xohlayotganlarini ko‘rmadingizmi? Vaholanki, uni inkor etishga buyurilgan edilar. Shayton esa, ularni (to‘g‘ri yo‘ldan) uzoq (muddat) adashtirishni xohlaydi. (Niso, 60.)
* Bir yahudiy bilan bir munofiq o‘zaro janjal qilib, kimning huzuriga borib hukm talab qilishlikda tortishib qolishadi. Yahudiy Muhammad (a.s.) huzuriga, munofiq esa, Ka’b ibn Ashraf huzuriga borishni taklif qiladi. Oxiri, Rasul (a.s.) huzuriga borishadi. Hukm yahudiyning foydasiga chiqarilgach, munofiq rozi bo‘lmay Hazrati Umar (rz.) huzuriga borishni taklif qiladi. U kishi ham Payg‘ambar (a.s.) chiqargan hukmni ta’kidlaydilar.
Beshinchisi:
الَّذِينَ آَمَنُوا يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالَّذِينَ كَفَرُوا يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ الطَّاغُوتِ فَقَاتِلُوا أَوْلِيَاءَ الشَّيْطَانِ إِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَعِيفًا. سورة النساء، الآية 76.
Imon keltirganlar Alloh yo‘lida jang qiladilar. Kofirlar (esa) Tog‘ut (shayton) yo‘lida jang qiladilar. (Sizlar) shaytonning do‘stlariga qarshi jang qilingiz! Albatta, shaytonning makri zaifdir. (Niso, 76.)
Oltinchisi:
قُلْ هَلْ أُنَبِّئُكُمْ بِشَرٍّ مِنْ ذَلِكَ مَثُوبَةً عِنْدَ اللَّهِ مَنْ لَعَنَهُ اللَّهُ وَغَضِبَ عَلَيْهِ وَجَعَلَ مِنْهُمُ الْقِرَدَةَ وَالْخَنَازِيرَ وَعَبَدَ الطَّاغُوتَ أُولَئِكَ شَرٌّ مَكَانًا وَأَضَلُّ عَنْ سَوَاءِ السَّبِيلِ. سورة المائدة، الآية 60.
Ayting: «Alloh nazdida bundan ham yomonroq «savob» (jazo oluvchilar) to‘g‘risida sizlarni xabardor qilaymi? (Ular) Alloh la’natlagan, g‘azab qilgan, ulardan (ba’zilarini) maymun va cho‘chqalarga aylantirgan hamda shaytonga ibodat qilganlardir. Ana o‘shalar makoni yomon va to‘g‘ri yo‘ldan ko‘proq adashgan kimsalardir. (Moida, 60.)
Yettinchisi:
وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِي كُلِّ أُمَّةٍ رَسُولًا أَنِ اُعْبُدُوا اللَّهَ وَاجْتَنِبُوا الطَّاغُوتَ فَمِنْهُمْ مَنْ هَدَى اللَّهُ وَمِنْهُمْ مَنْ حَقَّتْ عَلَيْهِ الضَّلَالَةُ فَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذِّبِينَ. سورة النحل، الآية 36.
Darvoqe, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilingiz va shaytondan yiroqlashin-giz!» (degan vahiy bilan) payg‘ambar yuborganmiz. Shunda ular orasida Alloh hidoyat qilganlari ham, shuningdek, yo‘ldan ozishi qat’iy bo‘lganlar ham bo‘lgan. Bas, Yer yuzida sayr qilib, (payg‘ambarlarini) yolg‘onchiga chiqarganlarning oqibati qanday bo‘lganini ko‘ringiz! (Nahl, 36.)
Sakkizinchisi:
وَالَّذِينَ اجْتَنَبُوا الطَّاغُوتَ أَنْ يَعْبُدُوهَا وَأَنَابُوا إِلَى اللَّهِ لَهُمُ الْبُشْرَى. سورة الزمر، الآية 17.
Shaytonga ibodat qilishdan chetda bo‘lgan va Allohga qaytgan zotlar uchun xushxabar bordir. (Zumar, 17.)
Tog‘ut Qur’oni karimda but-sanamlar, shayton va uning yo‘liga ergashuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan. Mo‘min kufr keltirish lozim bo‘lgan narsa Tog‘ut, ya’ni shaytondir. Imon keltirishi lozim bo‘lgan iloh Allohdir.
Umumiy ma’noda botil narsaga ergashish tug‘yondir. Zero, johilligi tufayli haqni botildan ajrata olmasligi va to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Shu bois, bani odam Allohdan hidoyatni so‘ragan holda ilm-ma’rifat sari intilishi, ziyolilar, ilmlilar majlislarida ishtirok etishi, olimlarning pandu nasihatiga qo‘loq tutishi lozim. Chunki insonni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘ituvchi omillar o‘rab turadi. Masalan, nasl-nasab, molu dunyo, obro‘ e’tibor hamda gohida yoru do‘stlari va hоkаzo. Odamlarni vasvasa qilib yo‘ldan og‘diruvchi faqat shayton emas, balki insonlar ham bo‘lishi mumkinligi Allohning kalomida ochiq bayon qilingan. Shuningdek, insonni gohida ochlik adashtirsa, gohida to‘qlik, ba’zan bir kishiga nisbatan hasad va yomon ko‘rish bo‘lsa, ba’zida qattiq muhabbat ham yo‘ldan ozdiradi. Bularning barchasi to‘g‘yondir.
Xulosa o‘rnida, shayton va unga o‘xshashlar insonni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirib, zalolatga botirgach, undan yuz o‘giradi va ular Alloh xabar berganidek yo‘l tutadi:
كَمَثَلِ الشَّيْطَانِ إِذْ قَالَ لِلْإِنْسَانِ اكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِنْكَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ. سورة الحشر، الآية 16.
(Ular) xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Qaysiki, u insonga: «Kofir bo‘l!» – deydi. Bas, qachonki, (inson) kofir bo‘lgach, (shayton unga): «Men sendan bezorman. Zero, men (barcha) olamlar Parvardigori – Allohdan qo‘rqaman», – deydi (va insonni tark etadi). (Hashr, 16.)
Toshkent islom instituti
“Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi
o‘qituvchisi Ma’murjon Erkayev