islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

XIX XX asrlarda “Sunani Termiziy”ga yozilgan mashhur sharhlar va hoshiyalar

Hadis to’plamlari ichida o’zining hadis borasida barcha ilmlarni qamrab olishi bilan ajralib turadigan eng mashhur asar – “Sunani Termiziy”dir. Unga milodiy XIX XX asrlarda yozilgan eng mashhur sharhlar va hoshiyalarni quyida zikr qilamiz:

1.“Hoshiyatun a’la Jaami’ Termiziy”. Shayx Ahmad ibn Aliy ibn Lutfulloh As-sahoronfuriy (1879v)

  1. “Jaizatush sha’vaziy sharhi Jaami’ Termiziy”. Shayx Badi’uzzamon ibn Masihuz-zamon Al-laknaviy (1986v). Bu kitob qisqa sharhi bilan birga Sunani Termiziyning urdu tiliga tarjimasi hisoblanadi.
  2. “Alkavkobud durriy a’la Jaami Termiziy” Shayx Muhammad Yahyo Kandehlaviy (1915v). Bu kitob Shayx Rashid Ahmad Ganguhiy rohmatullohi alayhning tahqiqlari va ma’lumotlari majmuasi bo’lib o’zida Jomi Termiziyning hadislari va sanaddagi rijollar haqida ko’p foydalarni va qiymatli nozik tafsilotlarni qamrab olgan. Bu kitob nashr qilingan
  3. “Takmilatu sharhi Jaami termiziy lishshayx Baadiuzzamon” Shayx Vahiyduzzamon ibn Masihuz-zamon Al-laknaviy (1919v)
  4. “Taqrirotu a’la sunani termiziy” Shayx Mahmud Hasan ibn Zulfiqor Ad-devbandiy (1920v)
  5. “Al-arfush shaziy a’la Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad Anvar Shoh Kashmiriy (1933v). Bu asar Sunani Termiziy hadis majlisida shayx tomonidan yoizb olingan imlo sharhlaridir.
  6. “Tuhfatul ahvaziy bisharhi Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad Abdurrohman Al-Muborakfuriy (1934v).
  7. “At-tiybush shaziy a’la Jaami Termiziy” Shayx Ishfoqur Rohman Kandehlaviy (1957v). Bu asar oxirigacha yozib tugatilmagan, namoz boblarining oxirigacha yozilgan. Bir jild holida nashr qilingan.
  8. “Ma’arifus Sunan sharhu Sunani Termiziy”, Shayx Muhammad Yusuf Bannuriy (1976v). Shayxi Muhammad Anvarshoh Kashmiriy rohmatullohi alayhdan olgan malumotlar asosida ta’lif qilgan. Bu sharh juda ham manfaatli yaxshi sharhlardan hisoblanadi, lekin bu sharh ham oxirigacha yetmagan. Shorih rohmatullohi alayh “haj boblari” oxirigacha yozib tugatgan xolos. Bu asar olti mujallad qilib chop qilingan
  9. “Sharhi Jaami Termiziy”, Shayx Abdulqodir ibn Ismoil Alhusniy Alqodiriy.
  10. “Ithafut tolibil ahvaziy bisharhi Jaami Termiziy”, Shayx Muhammad ibn Ali ibn Odam Al-asyubiy Al-vallaviy (2020v). Bu sharh ham “Sunani Termiziy”ga yozilgan eng foydali sharhlaridan bo’lib muallif rohmatullohi alayh bu sharhni yozishda g’oriybul hadisga, hadis ma’nolarini izohlashga, hadisdan istinbot qilinadigan fiqhiy masalalarni ochiqlashga, hadisga xos bo’lgan foydalarni, nozik ma’nolarni zikr qilishga va Imom Termiziy rohmatullohi alayhnning: “ “و في الباب عن فلان degan qavllarini tafsir qilishga katta e’tibor qaratgan.
  11. “Tuhfatul alma’iy sharhi Sunani Termiziy”, Shayx Muftiy Said Ahmad Palanfuriy (2019v) Bu kitob urdu tilida keng bayon qilingan asar bo’lib, muallif rohmatullohi alayhning “Darul ulum Devband” dagi masjidda imlo qilib bergan darslaridan jamlanib kitob holiga keltirilgan. Bu asar katta sakkiz jildlik kitob qilib nashr qilingan.
  12. “Darsi Termiziy” Alloma shayx Muhammad Taqiy Usmoniy. Bu asar “Karachidagi islomiy ilmlar markazi”dagi Sunani Termiziydan qilgan imlo holatida o’tilgan darslarining majmuasidir. Shayx Taqiy Usmoniy hafizahullohning shogirdlaridan biri bu majmuani tahqiq qilib, ta’liq qilib jamlagan. Bu asar o’zida ilmiy nodir qimmatli ma’lumotlarni jamlaydi. Hozirda chop qilingani uchta jild bo’lgan. Agar hamma darslari jam qilinib nashr qilinsa olti jild yoki undan ko’proq bo’lishi mumkin.
  13. “Taqrirut termiziy” Bu asar ham alloma Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning qalamiga mansub bo’lib, dars holatida o’tilgan. Bu asarga Sunani Termiziyning “Savdolar bobi” dan boshlanib “Libos bobi” gacha bo’lgan sharhlari kiritilgan, lekin bu asar hali hanuz qo’lyozma holida saqlanmoqda.

         Yuqorida zikr qilingan asarlar XIX XX asrlarda “Sunani Termiziy”ga yozilgan eng mashhur sharh va hoshiyalardir.

Toshkent islom instituti 4-kurs

talabasi Idrisov Abdulkamal

393340cookie-checkXIX XX asrlarda “Sunani Termiziy”ga yozilgan mashhur sharhlar va hoshiyalar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: