islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Xalq diplomatiyasi haqida gaplashamiz” mavzusida ochiq dars

Zamonaviy dunyoda xalq diplomatiyasi xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishiga aylandi. O‘tgan yillar mobaydanida, sohaning institusional asoslari yaratildi, xalqlar do‘stligi va millatlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, xalq diplomatiyasi borasidagi egallangan bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, sohaga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlab borish maqsadida Markaz tomonidan “Xalq diplomatiyasi maktabi” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Shu paytgacha mazkur loyiha doirasida yurtimiz va xorijda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassalarida tahsil olayotgan yoshlar uchun seminar-treninglar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib kelinmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatning davomi sifatida joriy yilning 31-yanvar kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida “Xalq diplomatiyasi haqida gaplashamiz” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq darsda O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov va direktor o‘rinbosari, Axborot tahlil bo‘limi boshlig‘i Zafar Abduraxmanovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talaba yoshlar xalq diplomatiyasining mohiyati va bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar va ularda yoshlarning o‘rni bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, talaba-yoshlarni xalq diplomatiyasi loyihalariga jalb etish bilan bog‘liq dolzarb masalalar va ShHTga a’zo davlatlar yoshlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Qobiljon Sobirov Markazning tashkil topishi va uning faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilgan loyihalar va istiqboldagi vazifalari haqida ma’lumot berib, xalq diplomatiyasi ishonch va o‘zaro anglashuvga asoslangan hamkorlikni mustahkamlash vositasi sifatida muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlar xalqaro loyihalar va tashabbuslarda faol ishtirok etish orqali mamlakatning jahon miqyosidagi ijobiy imidjini shakllantirishda muhim rol’ o‘ynashiga alohida urg‘u berdi.

Shuningdek, direktor o‘rinbosari Zafar Abduraxmanov Markaz tomonidan yoshlar ishtirokida amalga oshirilgan loyihalarni aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tdi va kelajakda bunday tashabbuslarda Institut talabalarining ishtiroki kengayishiga umid bildirdi.

Dars davomida ishtirokchilar soha vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, xalq diplomatiyasi borasidagi bilimlarini mustahkamladilar.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar hamkorlikda muqaddas dinimizda xalq diplomatiyasi tamoyillarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar ustida ishlashga kelishib oldilar.

Манба

436730cookie-check“Xalq diplomatiyasi haqida gaplashamiz” mavzusida ochiq dars

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: