Muhammad ibn Ahmad ibn Abusahl Abu Bakr shamsul-aimma as-Saraxsiy Movarounnahrda hanafiy mazhabining yirik vakili, fiqh, usulul-fiqh va kalom ilmlarining buyuk imomi sifatida o‘zidan unutilmas asarlar qoldirgan. U iste’dodli munozarachi va iqtidorli alloma edi. Kamol Posho masalalarni yechish bo‘yicha uni mujtahidlar darajasida ko‘taradi…- Toshkent islom instituti talabasi Mamadaliyev Akbarjon




