islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Blog

Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif

Buyuk alloma Alisher Navoiyni xotirlash hamda ulkan meros boʻlib qolgan qoʻlyozmalar bilan tanishish maqsadida Toshkent islom instituti talaba qizlari o’qituvchi N.Saidakbarova bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzey eksponatlari va qoʻlyozmalari bilan tanishish jarayonida talaba qizlar alloma qoldirgan ulkan meros bilan tanishdilar hamda qoʻlyozmalarni oʻqidilar.

Talabalar Oʻzbek adabiyotining boy tarixi, buyuk namoyondalari, O’rta asrlar, yaqin oʻtmish va zamonaviy adabiyot vakillarining ijodlari bilan tanishdilar…- TII Matbuot xizmati

Sirdaryo viloyatidagi “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursiga tashrif

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, “Tahfizul-Qurʼon” kafedrasi mudiri Jahongir qori Neʼmatov va “Qurʼoni karim va tajvid oʻquv kurslari” boʻlimi boshligʻi Jahongir qori Roʻziyev Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursiga tashrif buyurib, faoliyatini koʻzdan kechirdilar.

Oʻquv kursida 3 oy taʼlim olib, tahsilni yakunlagan bitiruvchilar uchun bitiruv tadbiri tashkil etildi…- TII Matbuot xizmati

Тошкент ислом институти талабалари Алишер Навоий номидаги давлат адабиёт музейига ташриф буюрди

Бугун 9 феврал Алишер Навоий таваллудининг 583 йиллиги муносабати билан Тошкент ислом институти талабалари А.Мирзамиддинов ҳамроҳлигида Биринчи ташаббус доирасида Алишер Навоий номидаги давлат адабиёт музейига ташриф буюрди…- ТИИ ўқитувчиси А.Мирзамиддинов

Hazrat Mir Alisher Navoiy (9 fevral 1441 yil – 3 yanvar 1501 yil)

Hazratning asl ismi Nizomiddin Mir Alisher bo‘lgan. U 9-fevral 1441-yil Hirotda(hozirgi Afg‘onistondagi shahar nomi) tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdanoq yosh Alisher Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan…- TII «Tillar» kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin Yernazarov