Korrupsiya bugungi kunda jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan global muammolardan biri hisoblanadi. U davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini pasaytiradi, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi. Shu bois korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi har bir huquqiy demokratik davlat uchun ustuvor vazifalardan biri sanaladi. – Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Biloliddin IBROHIMJONOV





