Oʻrta asrlarda turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda kengaytirilgan holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy[1] bo‘lib, Abu Hafs kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Mazhab jihatidan al-Hanafiy, tavallud topgan yurtiga nisbatan an-Nasafiy, keyinchalik ko‘chib borib istiqomat qilgan […]





