Mahmudxo‘ja Behbudiy – o‘zbek ma’rifatchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, zamonaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va jamiyatni rivojlantirish edi. U jadidchilik harakatining faol targ‘ibotchisi bo‘lib, yangi usuldagi maktablarni ochish, matbuotni rivojlantirish va teatr orqali xalqni uyg‘otish kabi sohalarda katta xizmat qilgan. Uning faoliyati bugungi kun uchun ham juda dolzarbdir. – Toshkent islom instituti talabasi Hilola ISMOILOVA





