islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Аёллар

Бўлимлар

Исломда аёлларнинг ўрни

Ислом жамиятда аёлга инсоният тараққиётида ижобий ва фаол қатнашиши учун ўрин берган. Бунинг учун аввало унинг ўзига таълим олиш, маданий савиясини ошириш ва илмий ишлар билан машғул бўлиш ҳаққини берди. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам “Илм талаб қилиш ҳар бир муслим ва муслимага фарздир”, деб илм олишнинг фарзлиги борасида аёлларни эркаклар билан бир ўринда зикр қилдилар. Бундай чақириқнинг жавоби ўлароқ Ислом жамиятида кўплаб олима аёлларни тақдим этди. Улар ҳам ўз ўрнида Абу Ҳанифа, Имом Бухорий, Замахшарий, Марғилоний, Навоий, ибн Сино, Амир Темур, Бобур каби олиму саркардаларни тарбия қилдилар. Зеро, “Ҳар бир буюк шахс ортида аёл туради”, деган сўз айни ҳақиқатдир. Бу тўғрида мутафаккир шайх Саъдий Шерозий шундай дейди: “Илм – аёл учун зийнат. Ақлини нодонликдан халос этган ҳар бир аёл номус, иззат, аёллик қадрини тушуниб етади. Бундай аёл ҳеч бир ишда адашмайди. Илмсиз аёл эса бола тарбиялашда турли хатоларга йўл қўяди”... - “Ақоид ва фиқҳий фанлар” кафедраси катта ўқитувчиси Фарҳод ЖЎРАЕВ

 Ayollar kosmetikasiga oid zamonaviy fiqhiy masalalar

Hozirgi kunimizda ham ayollarga  doir zamonaviy fiqhiy masalalar atroflicha ko‘p. Dunyoda aloqa vositalarining rivojlanishi, globallashuv, moda olami va shu kabi boshqa omillar sababli  ayollar o‘rtasida axborotlar almashinib, ularning birlari boshqalari bilan muloqotlashib, ularning orasida boshqalarga taqlid kabi harakatlar ham avj olib bormoqda. - Toshkent islom instituti 403- guruh talabasi Nodira MUROTOVA

Imom Birgiviyning “Zuxr al-mutaahhilin va-n-niso” risolasining fiqhiy-amaliy mazmuni va zamonaviy ahamiyati

Mazkur maqolada Imom Muhammad ibn Pir Ali al-Birgiviyning “Zuxr al-mutaahhilin va-n-niso fī ta‘rif al-athar va-d-dima” nomli risolasi haqida ma’lumot berilgan. Muallifning hayoti, ilmiy merosi, risolaning tuzilishi, alloma Ibn Obidinning bu asarga yozgan sharhi bayon qilingan. Xususan, Hidaya Hartford va Ashraf Munib tomonidan tayyorlangan 2005-yilgi tanqidiy nashrning ilmiy ahamiyati, risolaga qo‘shilgan izohlar hamda ayollar fiqhiga qo‘shgan hissasi alohida yoritilgan. Tadqiqot davomida risolaning 6 fasli bo‘yicha fiqhiy mazmun ochib berilib, uning hanafiy fiqhida ayollarning poklik va ibodat masalalarini tartibga soluvchi asosiy manbalardan biri ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. - Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 403-guruh talabasi Saydillayeva Jannatxon

ISLOM SHARIATIDA MAHRNING HIKMATLARI

Islom dini har bir insonning sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulki va oilaviy hayotini muhofaza qilishga katta e’tibor beradi. Bu jihatlar, ayniqsa, nikoh muqaddasligi va undagi mas’uliyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Nikohning ajralmas qismi bo‘lgan mahr – er tomonidan xotiniga to‘lanadigan moddiy ne’mat sifatida Islomda muhim o‘rin tutadi. Mahr faqatgina moddiy ta’minot emas, balki bu orqali ayolning sha’ni, hurmati, mustaqilligi va er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat mezonlari belgilanadi. Ushbu maqolada mahrning shariatdagi huquqiy asoslari, ijtimoiy-ma’naviy hikmatlari va uning zamonaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Mahrning ta’rifi va huquqiy asoslari Mahr (arabcha: صداق yoki مهر) – bu er tomonidan ayolga nikoh vaqtida yoki undan keyin beriladigan mol-mulk. U Qur’on va Sunnat bilan farz qilingan bo‘lib, bu borada Qur’oni karimda quyidagicha aytiladi: “Ayollarga mahrlarini ko‘ngildan chiqarib bering”. (An-Niso surasi, 4-oyat) Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam ham mahr berishni qat’iy amaliyot sifatida targ‘ib qilganlar. Sahih hadisda: “Sizlardan kim ayol kishi bilan nikohlansa, unga mahr bering”. (Ibn Moja, Nikoh kitobi) Fuquholar ittifoqiga ko‘ra, mahr – ayolning haqi hisoblanadi va uni majburan olishga haqlidir. Mahr nikohning shartlaridan bo‘lmasa-da, u nikoh oqibatida farz bo‘ladi. Mahrning turlari Islom huquqshunosligida mahr ikki xil bo‘ladi: Mahr al-musamma (nomi belgilangan mahr): Nikohda oldindan miqdori va turi kelishilgan mahr. Mahr al-misl (o‘xshash mahr): Nikohda mahr belgilanmagan bo‘lsa, ayolning ijtimoiy maqomiga, qarindoshlarining mahrlariga qarab belgilanadigan mahr. Mahrning to‘liq yoki qisman to‘lanish vaqti ham ahamiyatli: Mu’ajjal (darhol beriladigan) mahr Muajjal (kechiktirilgan) mahr Bu tafovutlar ayolning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash va er-xotin o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mahrning hikmatlari va uning ijtimoiy ahamiyati Mahr—bu nikoh tuzilayotganda kelin tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a yoki pul mablag‘idir. Islomda mahr kelinning huquqi bo‘lib, uni bergan erkak o‘zining nikohga jiddiy munosabatini bildiradi. Mahrning hikmatlari chuqur va keng qamrovli bo‘lib, ular quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ayolning huquqini himoya qilish Mahr ayolning huquqini kafolatlovchi vosita bo‘lib, u nikoh tuzish jarayonida ayolning ijtimoiy va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydi. Bu erkakning nikohga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi va ayolga moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi. Nikohning ahamiyatini oshirish Mahr erkakning nikohga jiddiy munosabatda ekanligini ko‘rsatadi. Bu shunchaki moddiy masala bo‘lib qolmay, balki erkakning keliniga bo‘lgan hurmatini va munosabatining chinakamligini namoyon etadi. Oilaviy barqarorlik Mahr oilaning mustahkamligiga xizmat qiladi. Uni belgilash va to‘lash jarayoni oilaviy hayotning muhim jihati bo‘lib, kelajakdagi turmush o‘rtog‘ining jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi. Bu kelinning kelajakdagi iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashadi. Insoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish Islomiy nikohda mahr halol va odilona belgilanishi kerak. Haddan tashqari yuqori mahr talab qilish kelajakdagi oilaviy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shu bois, mahrning adolatli miqdorda belgilanishi nikohning barqarorligini ta’minlaydi. Islom mahrni belgilashda isrofgarchilikni man etadi. Shuning uchun Rasululloh sollollohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Eng barakali nikoh – eng yengil mahr bilan qilinganidir.” (Ahmad ibn Hanbal rivoyati) Kelinning qadri va hurmati Mahr ayolning qadriyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu kelinning oilada va jamiyatda hurmatga loyiq shaxs ekanligini ko‘rsatadi va uning moddiy manfaatlarini himoya qiladi. Mahrning zamonaviy ijtimoiy ahamiyati Bugungi kunda ayrim jamiyatlarda mahr shunchaki rasmiyatchilikka aylanib qolgani, ayrim hollarda esa haddan ziyod talab qilinishi ayolni savdo obyektiga aylantirish xavfini tug‘diradi. Shariat bu ikki chegaradan ham ogohlantiradi. Mahr, bir tomondan, ayolni himoya qiluvchi vosita bo‘lsa, ikkinchi tomondan, erkakning jiddiyatini ifoda...

Олимлар сулоласи вакиласи – олима аёл

Шайх Зиёуддинхон ибн Эшон Бобохон 1908 йили Тошкентнинг машҳур Ҳастимом (Ҳазрати Имом) мавзеъида дунёга келган. Унинг аждодлари ҳам дунё таниган Ислом олимлари бўлишган: катта бобоси шайхулислом Аюбхон Юнусхон ўғли даврининг йирик фақиҳларидан эди, у кўп йиллар Бухородаги “Мўйи Муборак” мадрасасида мударрислик қилган. Бобоси Абдуллоҳ ибн Бурҳон Эшон ҳам ўша мадрасада дарс берган. Отаси Эшон Бобохон Қуръони карим ва Суннати Набавийяни мукаммал билган олим, минтақа мусулмонлари идорасининг ташкилотчиси ва биринчи раиси эди.  Шайх Зиёуддинхон ибн Эшон Бобохон (Бобохонов), ўз даврининг йирик дин арбоби, минтақа мусулмонларининг муфтийи эди. У 1908 йили Тошкент шаҳрида улуғ Ислом алломаси Эшон Бобохон ибн Абдулмажидхон хонадонида туғилган. Илк диний сабоқларни аввал отасидан, сўнг Ҳаким қори домла, Баҳодирхон махдум, Шайх Алоуддин, Жамол ҳожи каби устозлардан олган. Ўн икки ёшида Қуръон ҳофизи бўлган. 1920 йили Тошкентдаги Кўкалдош мадрасасига ўқишга кирган, ҳадис ва фиқҳ илмини ўрганган. Тошкент ислом институтига “Олима аёл – миллат тарбиячиси” номли тадбирда талаба қизларга “Илм карвонидаги аёл ва оила” мавзусида талаба қизларга навбатдаги суҳбатни қилиб бериш учун Шайх Зиёуддинхон ибн Эшон Бобохоннинг фарзанди Тошкент давлат шарқшунослик университети Арабшунослик олий мактаби доценти Филология фанлари номзоди Мухлисахон ая Зиёвуддинова ташриф буюрдилар. Мухлисахон ая талаба қизларга ўз самимий тилакларини изҳор қилиб, ҳавас билан шу даргоҳнинг талабаси сифатида улар сафида бўлиш орзулари эканлигини билдирган ҳолда ўз суҳбатларини бошладилар. Суҳбат аввалида Мухлисахон ая болалик даврларида дин арбоблари хонадонида ўтган хотиралари билан ўртоқлашдилар. Ушбу хонадонда илмга бўлган муҳаббат, илмий суҳбатлар ва ёш Мухлисанинг ана шу илм чархпалагида суғорилиб улғайишини эслаб, кўзларига ёш олдилар. Ҳар бир даврнинг ўз мураккабликлари борлигига қарамасдан аёл киши бўла туриб илм олишдан тўхтамаганликлари ва бу сўқмоқларда қаварилган оёқлар охир-оқибат ўз манзилига етказиб, берган ҳосилларини кўраётганларини таъкидлаб ўтдилар. Олима аёлнинг ҳаёт сабоқлари талаба қизларимизда илм олишга бўлган шижоатларининг янада жўш уришига сабаб бўлди ҳамда илм ва оилани баробар олиб боришдаги “яхши ташвишлар”ни енгиб ўтиш, нафақат оилада салоҳиятли фарзандларни улғайтириш, балки жамиятимизда ўз ўринларини топиб, етук авлодни етиштиришда ўз ҳиссаларини қўшишга рағбат бўлди. ТИИ Матбуот хизмати 2 750
1 2 3 11