islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Сийрат

Бўлимлар

Muhammad G’azzoliyning “Fiqhu siyra” asariga o’zgacha yondashuvi

Siyrat olami borasida eng mashhur ulamolar haqida gap ketar ekan, Ibn Ishoq va Ibn Hishom rahmatullohi alayh nomlari zikr qilinadi. Bu buyuk shaxslardan keyin yuzaga chiqqan siyrat ulamolari deyarli barchalari shu ikki shaxsning keltirgan ma’lumotlariga suyanishadi. Siyrat ulamolari o’z uslublarini muhaddislar uslubidek tuzishgan. Ular Rosuli Akram sollallohu alayhi vasallamning hayotlariga tegishli xabarlarni, Rosulni ko’rgan va eshitgan sahobalardan rivoyat qilgan roviylar silsilasiga suyangan holda to’plashgan. Oldingi siyrat kitoblarida har bir ma’lumotning roviylari sanadi bilan keltirilgan. Avvallari, siyratga aloqador ma’lumotlarni iloji boricha to’liq jamlashga etibor qaratilgan. Hattoki siyratga oid kitoblarga sharhlar ham yozishgan. Keyinchalik, rivoyatlarning quvvati ma’lum bo’lgach, talabalarga oson bo’lsin deb roviylar silsilasini to’liq zikr qilishdan chetlanishgan. Roviylar silsilasini o’rniga sahobani zikr qilish bilan kifoyalanishgan. Vaqt o’tib, aksar insonlarning mashg’ulotlari ko’payib, mufassal kitoblarni o’qishga imkoniyatlari bo’lmagach, muxtasar siyrat asarlari paydo bo’lgan. Maqsad, mo’min-musulmonlarga sevikli payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlari haqida xabar berishdir. Har bir davrning, har bir musulmon o’lkasining o’ziga xos siyrat ulamolari bo’lishadi. O’z zamonasining yetuk olimi Muhammad G’azzoliy ham nabaviy siyratga oid “Fiqhu Siyra” asarini yozgan. Bu asar siyratga tegishli ma’lumotlarni chuqur tahlil qilib, ulardan kelib chiqadigan ibratlar, hukmlar va hikmatlarga alohida e’tibor beriladi. Siyrat dunyosida juda ko’plab olimlar yashab, unda ko’plab kitoblarni yozib ketishgan. Ibn Ishoq, Ibn Hishom, Tabari, Ibn Sad kabi olimlar bu yo’lda ilk poydevorlarni qo’ygan bo’lishsa, Muhammad G’azzoliy bu boy merosga zamonaviy ruh, tafakkur va ijtimoiy sezgirlik olib kirdi. Uning “Fiqhu Siyra” asari oddiy voqealarni jamlagan tarixiy xronologiya emas. Bu- tafakkurga chorlovchi, saboq beruvchi va hozirgi musulmon uchun yo’l ko’rsatuvchi bir asardir. Bu asarining mazmuni, voqealar orqali odob-axloq, siyosat, jamiyat boshqaruvi borasida ma’lumotlar olish va zamonaviy muammolarga ham islomiy nuqtayi nazaridan javoblarni topishimiz mumki. Uning siyrati tafsirga yaqin, har bir urush, har bir qaror, har bir suhbatda iymon va sabr yotganini ochiqarib beradi. G’azzoliyning asari, zamonaviy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlar bilan aloqador. Masalan, musulmon jamiyatidagi bo’linishlar, kuchsiz boshqaruv, adolat yo’qotilishi kabi muammolarni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning rahbarliklari bilan solishtiradi. Bu yondashuv Ibn Sa’d yoki Imom Tabari asarlarida yo’q balki ular tarixiy ketma ketlikka sodiq qolishgan. G’azzoliy esa o’quvchini o’sha tarix ichiga kirgizib, hozirgi holat bilan qiyos qilishga undaydi. G’azzoliyning yozuv uslubi sodda, ammo chuqur. U o’quvchini mantiqan ham hissan jonlantiradi. Uning har bir sahifasi “Musulmon bugun qanday yashashi kerak?” degan savolni kitobxoniga uyg’otadi. G’azzoliy asarni tarix sifatida emas, balki shariat qoidalari va tarbiya mezoni bilan birga ko’rib chiqadi. Mana shu jihat bilan boshqa siyrat ulamolaridan ajralib turadi. “Fiqhu siyra” asaridan bir voqeani olsak, uni G’azzoliy tahlillari bilan ko’rib chiqsak. Masalan, “Toif voqeasi”ni qisqacha bayon qilsak, hijratdan oldin, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Makkada qiynalib, quraysh zulmlaridan qutilish va da’vatni kengaytirish maqsadida Toif shahriga yo’l olgandilar. U yerda Saqif qabilasining obro’li kishilaridan yordam so’radilar, ammo ular u zotni mensimay, istehzo qildi, hatto shahar bolalarini u zotga qayirib, tosh ottirdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam esa jarohatlari bilan ezilgan holda, bo’g’ bo’stonda panoh topdilar. Muhammad G’azzoliy uchun voqea shunchaki bir rad etilgan da’vat emas, chuqur saboqlar, iymon mustahkamligi va da’vat namunasidir. G’azzoliy bu voqeani musulmonlar boshiga keladigan sinovlarning eng og’iri sifatida sharhlaydi. Unga ko’ra, Rosuli akram Toifda...

Ulamolar nazdida tabarruk masalasi

Islomning dastlabki asrlarida yashagan mutaqaddim ulamolarimiz – sahobalar, tobeinlar va ilk muhaddislar – tabarruk masalasida amaliy yondashuvni afzal ko‘rganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hayotlarida sahobalar u zotning soch tolasi, kiyimlari, hatto tupurgan joylarini tabarruk qilishgan. Buxoriy va Muslimda keltirilgan hadisda Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: Nasrulloh OTAJONOV, TII 4-kurs talabasi

SIYRAT DAVRINING BOSQICHLARI

Har bir davr o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, ularning har biri Qur’on oyatlarining nozil bo‘lishi va tafsirida bevosita rоl o‘ynagan. Shunday qilib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlarini bosqichma-bosqich o‘rganish, bu muqaddas yo‘lni yoritib, Qur’oni karim oyatlarini chuqurroq anglash, hadislarning ma’no va mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Har bir davr – Makka va Madina bosqichlari – Islom dinining shakllanishi, mustahkamlanishi va butun insoniyatga yoyilishi yo‘lida bebaho saboqlarni o‘zida mujassam etgan. Bu davrlar faqat tarixiy tafsilot emas, balki hayotiy yo‘l-yo‘riq, axloqiy mezon va ruhiy tarbiya manbai sifatida biz musulmonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhammaddiyor MO‘MINOV, TII 4-kurs talabasi

Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasallamning ta’lim va tarbiya uslublari

Ta’lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta’lim, tarbiyaning bir juz’idir. Tarbiya esa ta’limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan ta’limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma’nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini yaxshilab o‘rganish asnosida u zotning nafaqat ibodatda, balki, jamiyki o‘rinlarda: xulq-atvor, muomala va ta’lim-tarbiya berishda ham namuna ekanliklarini bilib olamiz...- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin

Биз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни таниймизми?

Тошкент ислом институтида “Октябрь – Ислом тарихи ва сийрат фани ойлиги” доирасида талаба қизлар учун “Ҳадис ва ислом тарихи фанлари” кафедраси катта ўқитувчиси Абдулазим домла Саидаҳмедов иштирокида “Биз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни таниймизми?” мавзусида давра суҳбати ўтказилди...- ТИИ Талаба қизлар билан ишлаш бўйича куратор Саодат Валиева
1 2 3 9