Imom Zayla’iy Nasbur-Raya li-Ahadis al-Hidoya asarida al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilgan. Imom Zayla’iy o‘zi hanafiy mazhabiga ergashuvchilardan bo‘lsa-da, al-Hidoya hadislarini taxrij qilishda qisqartirmagan, balki, hanafiy mazhabidan boshqa mazhab vakillarining dalillarini bayon qilish ila ushbu taxrij kitobini ziynatlagan. Imom Zayla’iy al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilish asnosida insof ila taxrij qilganligi u kishini va mana shu taxrij kitobini insonlar orasida mashxur bo‘lishlariga katta sabab bo‘lgan...- Toshkent islom instituti talabasi Sharipov Alisher
Абу Зайд Дабусий яшаган даврда Мовароуннаҳрда илм-фан ривожланаётган бўлиб, ҳанафий ва шофиъий мазҳаблари ўртасида илмий тортишувлар кучайган эди. Ҳанафий фақиҳлар, одатда оят ва ҳадисларга кам суянганликда танқид қилинганлари учун ўз мазҳаблари Қуръон ва Суннатга асосланганини кўрсатишга уринганлар...- Тошкент ислом институти талабаси Эргашев Орифжон
Bugungi hayotimizda goh-gohida fatvo ilmini yaxshi bilmasdan fatvo berayotganlar uchrab turibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam imom Dorimiy rivoyat qilgan hadisda: «Fatvoga jur’atli bo‘lganlaringiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», deganlar. Ya’ni bilib-bilmay, oxiri nima bo‘lishidan qo‘rqmasdan, havoyi jur’at qilib fatvo beraveradigan odam bu ishining oqibatida do‘zaxga kirishga jur’at qilgan bo‘ladi. Dastlabki musulmonlar avlodi fatvoning javobgarligini chuqur anglab yetganliklari tufayli, o‘zlaridan ilmliroq odam bor joyda jim turishni lozim bilganlar...- Toshkent islom instituti talabasi Mahmudjonov Javohir
Hukmlarni istinbot qilishda lozim bo‘lgan ilmlari bor bo‘lib, Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada zikr qilinmagan masalalarda ijtihod qilgan ulamolar, shuningdek jami fiqh masalalarini dalillari bilan bilgan, qo‘shimcha ravishda durust istinbot qila olish malakasi ham bo‘lgan odam “Mujtahid”dur....- Toshkent islom instituti talabasi Nodirbek Sodiqov
Дунёдаги энг катта дарвоза қаердалигини биласизми? Ушбу дарвоза масжидул ҳаромнинг юзинчи эшиги бўлиб, дунёдаги энг катта дарвоза ҳисобланади. Бу эшикнинг номи қирол Абдуллоҳ бин Абдулазиз ва у масжиднинг тарихи янги кенгайтириш жараёнида янгиланган. Унинг бўйи 13 метр, аркалари билан 18 метр, эни 7 метр, эшикнинг ҳар бири 70 тонна оғирликда бўлиб, қалинлиги эса икки қаричдан зиёд, яъни 45 сантиметрдан иборат...- ТИИ “Ижтимоий фанлар” кафедраси кабинет мудири Мавлянкулов Мурод