So‘nggi bir necha o‘n yilliklardan buyon musulmonlar hayotlarini Islomiy tamoyillar asosida qayta qurishga harakat qilib kelmoqdalar. Ular G‘arbning yaqin o‘tgan asrlar davomida siyosiy va iqtisodiy jihatdan hukmronligi tufayli ijtimoiy-iqtsodiy sohalarda avvalgi an’analarga to‘liq ravishda amal qilishdan mahrum bo‘ldik, deb bilishadi. Shu sababli siyosiy erkinlikka erishgan ko‘pgina musulmonlar o‘z hayotlarini Islomiy tamoyillarga mos ravishda qayta tiklashga intilmoqdalar. Ular uchun eng katta qiyinchilik iqtisodiy sohada bo‘lib, amaldagi moliyaviy tashkilotlarni shariat buyruqlariga mos ravishda isloh qilishdir. Internet va elektron savdo rivojlangan sayin insonlarning “masofadan turib” elektron pullar to‘lashlariga to‘g‘ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo‘ldan qo‘lga berishning esa umuman iloji yo‘q. Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o‘tkazish jarayonida o‘ziga hos vositachilarga, ya’ni elektron to‘lov tizimlari, bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo‘ladi. Har qanday vositachi esa bajarayotgan pul o‘tkazmalariga bog‘liq bo‘lgan operatsiyasi uchun qandaydir to‘lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. O‘tkazilayotgan pul miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, vositachiga bo‘lgan to‘lovlar tufayli pulni yo‘qotish ham shunchalik ko‘p bo‘ladi, albatta. Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko‘pchilik odamlar pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq harajatlarni kamaytirish borasida o‘ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu xarajatlarni kamaytirish va pul o‘tkazmalari foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan holda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va molohazalar juda ko‘p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga ko‘ra rad etildi. Chunki tovar va xizmatlar oldi-sotdilaridagi vositachilarga bo‘lgan to‘lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday himoyalanish, pulni aynan siz o‘tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yеchimi 2009-yillarda Satoshi Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shaxslar tomonidan murakkab kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydigan yangi elektron to‘lov tizimini ommaga taqdim etgandan so‘ng topildi. Bunday to‘lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitcoin deb ataldi. Umuman olganda, “Bitcoin” – bu hech qanday moddiy ekvivalenti yo‘q va shunchaki ma’lumotlar bazasidagi qaydlar jamlanmasidan iborat virtual pullar. Baza ham, u o‘rnatilgan texnologiya ham juda ishonchli bo‘lganligi sabab, u insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kriptovalyutalar «BlockChain» nomini olgan (bloklar zanjiri) baza asosida yaratilgan. Moddiy jihatdan mavjud. “Bitcoin” nomli kriptovalyutani yaratishda ma’lum bir qonun-qoidalar qabul qilingan: “Bitcoin” kuchli inflyasiyaga uchramasligi uchun, dastlab ushbu virtual pullarning miqdorini cheklash maqsad qilingan. Shu sababli virtual oltin ekvivalenti degan tushuncha kiritilgan, uni sotib yoki qazib olib qo‘lga kiritish mumkin. Yangi “Bitcoin”larni qo‘lga kiritish usuli mayning deyiladi (“virtual shaxtachilar”, ammo ular kirkalar yordamida emas o‘zining kompyuterlari va maxsus yaratilgan tizimlari asosida ishlaydi). “Bitcoin” oltinga yanada o‘xshashroq bo‘lishi uchun uni qo‘lga kirtirish oltinni qazib olishdek mushkul ishga aylantirilgan. Aks holda kriptovalyutaning mavjud grafigida yangi birliklar ko‘payib ketadi. Buning uchun esa barcha maynerlar (virtual shaxtachilar) o‘z kompyuterlari yoki maxsus tizimi orqali juda murakkab hisob-kitoblarni amalga oshiradi – xesh funksiyasi deb ataladigan maxsus formuladan foydalanib hisoblangan raqamlarni berilgan shablonga tashlaydi. Shablon esa shunday hisob-kitob bilan aniqlanadiki, maynerlarning har qanday raqamida “Bitcoin”ning yangi birligi 10 daqiqada bir marta paydo bo‘ladi. Tizim ikki haftada bir marta kriptovalyutaning navbatdagi birliklarini “qazib olish ishlarini” murakkablashtirish maqsadida to‘g‘irlash kiritadi, bu esa kerakli shablonning ko‘tarilishiga yoki pastga tushishga yordam beradi. Tizimning har bir foydalanuvchisiga maxsus manzil (oddiy...