Muhaddis ulamolar hadis jamlashda bir necha uslublardan foydalanishgan. Bu borada yangi hadis o’rganayotgan tolibi ilmlar, hadis mutaxasislari hamda hadis taxriji bilan shug’ullanadigan olimlarga juda mos keladigan turli uslublarni yaratganlar. Quyda shular bilan tanishamiz:
Birinchi tur hadis to’plamlari:
“Bob shaklida tartiblangan kitoblar”. Bu uslubda muhaddis bir mavzuga tegishli hadislarni, ularni qamrab oladigan mazmundagi bir bob ostida keltiradi. Masalan, “Namoz kitobi”, “Zakot kitobi”, “Bay kitobi” kabi nomlar bilan hadislarni jamlaydi. So’ng, har bir “kitob”ni juz’iy mavzularga ajratib, har bir mavzuga o’ziga xos nom berib chiqadi, masalan:
“Namoz kitobi” :
– Namoz vaqtlari
– Azon
– Namozda qiroat, kabi uslubda tuzadi va ularni hadislar bilan boyitadi. Ulamolar bu shaklda mavzulashtirishni “Tarojim” deb ataydilar.
Uslubning foidasi:
Bu uslub hadislarni oson topishga yordam beradi. Aniqki hadisni axtarayotgan talaba yoki biror mutaxassis muayyan mavzuga doir hadisni qidiradi. Bizda tayyor boblashtirilgan, mavzularga bo’lingan qo’llanmalar tayyor, kitobdan o’sha mavzu ochib qiyinchiliksiz foydalanaveradilar. Lekin bu jaroyon kishidan ilmiy salohiyat talab qiladi. Sababi, izlanayotgan hadis kutulgan bobdan ko’ra boshqasidan chiqishi mumkin, musannif hadislar quvvatini kuchaytirish uchun uni atayin shu o’ringa qo’ygan bo’ladi, “Sahihi Buxoriy”da bu narsa ko’p uchraydi. Bu uslub bir necha turga bo’linadi:
1. Jome’ to’plamlari. Muhaddislar bu to’plamni quydagicha ta’rif qiladilar: “Jome” – din va uning barcha ahkomlariga doir mavzularni qamrab oladigan marfu’ hadislar to’plamidir”. Bu mavzular sakkizta bo’lib ular quydagilardan iborat:
1. Aqida.
2. Ahkom (fiqhiy-amaliy hukmlar).
3. Siyar (Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam davridagi harbiy yurishlar).
4. Odob-axloq.
5. Tafsir.
6. Fitan (kelgusi davrda ro’y beradigan fitna-buzg’unliklatr haqidagi xabarlar).
7. Qiyomat alomatlari.
8. Manoqib (Sahobalar sifati va u kishlar haqida aytilgan gaplar)
Uslubda bitilgan to’plamlar: “Sahih Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Sunan Termiziy” – aslida “Jomeut Termiziy” bo’lishi kerak edi, biroq ulamolar Termiziy kitoblarini fiqhiy boblar tartibida keltirganlari uchun “Sunan – fiqhiy, ahkomiy tartibda tartiblangan” deb nom berganlar.
2. Sunan to’plamlari. Bu uslubda marfu’ hadislar fiqhiy boblar tartibida beriladi. Masalan, “Sunani Abu Dovud”, “Sunan Termiziy” (Shuningdek Jome’ ham), “Sunani Nasoiy”, “Sunani Ibn Moja”.
3. Musannaf to’plari.
Bu uslubda ham yuqorida aytilgan sakkizta mavzu bo’ladi, biroq bu yerda har qanday, maqtu’, mavquf, marfu’ hadislar keltirilaveradi. Misol: “Musannafi Abdurrazzoq”, “Musannafi Abu Bakr Ibn Abu Shayba”lar.
4. Mustadrak to’plamlari.
Istidrok degani, hadislarni biror musannifning rivoyatdagi shartlariga asosan to’plash bo’lib, bu yangi to’plamda avvalgi musannif keltirmagan hadislar bo’lishi kerak. Misol: Imom Hokim Naysoburiyning “Mustadrak” to’plamlaridir.
5. Mustaxraj to’plamlar. Mustaxraj – biror roviy hadis to’plamlaridan birini olib, unda kelgan hadislarning matnini kitob egasi rivoyat qilgan tariqdan boshqa bir tariq orqali rivoyat qilib hadislarni jamlaydi. Shuningdek kitob sohibi bilan uning shayxi yoki undan yuqori bo’lgan biror shayxda jamlanishi kerak, hech bo’lmasa rivoyat qiluvchi sahobiysi bitta bo’lishi kerak. Hamda, matn va sanaddagi tartiblar ham buzulmasligi shart.
Ikkinchi tur hadis to’plamlari:
Sahobalar ismi tartibi bilan hadislar jamlanmasi. Bu tur to’plamlarda sahobiyning ismi ostida bir joyga o’sha sahobiyning barcha rivoyatlarini jamlanadi.
Uslubning foydasi: Bu bir sahobiyning Rasululloh sallohu alayhi va sallamdan qancha hadis rivoyat qilganini oson aniqlashda qo’l keladi. Shuningdek hadisni taxrijida ham juda qulaydir. Uslubda bitilgan hadis to’plamlari ikki xil bo’ladi:
1- Musnad.
2- Atrof to’plamlar.
– Musnadlarda hadislar sahoba roziyallohu anhumlarning ismlaridagi bosh harf tartibi bilan yoki alifbo tartibida islomdagi martabasi, nasabdagi sharafi tartibi bilan zikr qilinadi. Musnad to’plamlar juda ko’p bo’lib mashhuri Imom Ahmad ibn Hanbal, Abu Ya’lolarning to’plamlaridir.
– Atrof to’plamlar. Atrof so’zi arabcha “tarof”ning ko’pligi bo’lib bu o’rinda hadisning bior qismi yoki hadisning to’liq matnini ifoda qiladigan iboarasi deb tushuntiriladi. Bu shakldagi kitob mualliflari hadislarni bir qismini aytish bilan kifoyalanib so’ng sanadini to’liq keltitirib o’tishadi. Sanad to’liq aytilsada, lekin hadis matni to’liq keltirilmaydi. :
3- Mu’jam to’plamlari. Mu’jam mustalah ilmida: “Muallif hadislarni shayxlarining tartibi bilan to’plashiga aytiladi”. Odatda hadislar alifbo tartibida jamlanadi. Masalan, muhaddis o’z “Mu’jami”ini Abon ismli shayxidan qilgan rivoyati bilan boshlaydi, keyingisini Bayhaqiy degan shayxidan qilgani rivoyati bilan, va hokozo shu tartibda ketaveradi.
Uslubda bitilgan to’plamlar: Eng mashhur to’plam Imom Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad Tabaroniyning (v-360) to’plamlari bo’lib ular quydagilar:
– Mu’jamus sog’ir (shayxlari tartibida)
– Mu’jamul asvat (shayxlari tartibida)
– Mu’jamul kabir (Sahobalarning musnadi tartibida bo’lgan) asarlaridir.
To’rtinchi tur hadis to’plamlari:
Hadisda kelgan birinchi kalimaning bosh harflari asosida alifbo tartibi bilan hadislar jamlangan to’plamlar. Hamza ((أ harfi bilan boshlab Ba “( (ب harfi bilan davom ettirib ketaveradi. Lekin hadisning birinchi kalimasini aniq bilib olshi kerak. Bu uslubda bitilgan to’plamlar ham ikki qism:
Majmu’alar. Bunda bir necha hadis kitoblarning hadislari jamlanishi mumkin.
Tillarda mashhur bo’lgan hadislar kitobi. Bu uslubda muhaddis bo’lmaganlar ham biladigan hadislarni jamlanadi. Maqsad odamlar aytib yurgan hadislar sahihmi yoki zaif, to’qimami, asli bormi shularini aniqlashdir. Bu uslubda bitilgan eng mashhur kitob “Al-Maqosidul hasana fil ahadisil mushtahiri fil alsuina” to’plamidir. Buni Shamsuddin Muhammad ibn Abdurrahmon Saxoviy to’plaganlar.
Beshinchi tur hadis to’plamlari:
Jomelar majmusi bo’lgan to’plamlar. Beshinchi turdagi kitoblarda hadislar manbasi hisoblangan bir necha kitoblardagi hadislarni jamlanadi va bu ikki shaklga ega:
Birinchisi – bob shaklida tuziladi. (bob shaklida tuzilishni avvalgi qismlarda aytib o’tildi).
Uslubda bitilgan kitob: Ibn al-Asirning “Jome’ul usul min ahadisir rosul” kitobi, bu kitobni Ikki Sahih, Muvatto, Uch Sunan kitoblaridagi hadislarni jamlash orqali tuzgan. Lekin hadislaring holatiga tegishli gaplarni nazardan chetda qoldirgan. Yana bir kitob Aliy ibn Hisom Hindiyning “Kanzul ummal fi sunanil aqval val af’al” kitoblaridir. Taqirban 93 ta hadis to’plamlaridan foydalangan. Lekin hadislarni taxrijini o’rniga qo’ya olmagandir.
Ikkinchisi – alifbo tartibida hadis kitoblaridagi hadislarni jamlash.
Uslubda bitilgan kitob: “Jam’ul javaami’” yoki “Al-Jome’ al-kabir”. Kitob muallifi Imom Suyutiydir. Shuningdek, u kishining “Al-Jome as-sog’ir fi liahadisil bashir” degan kitoblari ham bor, bu kitobini “Al-jome al-kabir” kitoblarini qisqartitirib yozganlar. Unda 10031 hadis mujassamdir.
Oltinchi tur hadis to’plamlari:
Zavaoid to’plamlari. Zavoid to’plamlarda ikki hadis to’plamidan birida bo’lmagan hadislar bo’lsa, birinchi kitobdagi bor hadislar zoida (ortiqcha) deb olinadi va ularni alohida qilib jamlanadi.
Uslubda bitilgan kitob: Hofiz Nuriddin Haysamiyning “Jam’uz zavaid va manbaul favaid” kitobi, kitobda kutubi sittadaga zoida bo’lgan hadislarni jamlaganlar. U zoida kitoblar Musnadi Ahmad, Musnadi Abu Ya’lo, Musnadi Bazzor va Tabaroniyning uchala mo’jamlaridir. Shuningdek kitobda hadislarning holatiga ham to’xtalib o’tgandir.
Yettinchi tur hadis to’plamlari:
Taxrij kitoblar. Muayyan kitobdagi hadislarni taxrij qilib yoziladigan kitoblar.
Uslubda bitilgan kitob: “Nasbur roya li ahadisil hidoya”. Kitob muallifi Hofiz Zayla’iy Burhonuddin Marg’iloniyning “Al-Hidoya” asarida kelgan hadislarni taxrij qilganlar.
Yana bir kitob Hofiz Iroqiyning “Al-Mug’niy an hamlil safari fil safari fi taxriji ma fil ihyai” kitobi. Kitoblarida Imom G’azzoliyning “Ihayau ulumiddin”nida kelgan hadislarni taxrij qilganlar.
Sakkizinchi tur hadis to’plamlari:
Juz to’plamlari. Juz mustalah istelohida: “Bir roviyning rivoyatlarini jamlashdan iboratdir. Roviy sahoba yoki undan past tabaqadagi rovioy bo’ladimi farqi yo’qdir”. Masalan, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning “Juzi” yoki Molikning Juzi kabi. Shuningdek, bir hadisning sanadiga tegishli kitoblarni ham “Juz to’plam” deb ataladi. Yoki bir mavzuga tegishli hadis jamlanmasini ham tushunish mumkin, masalan “Namoz bobiga oid hadislar” to’plami kabi. Bu turkumga eng yorqin misol “Arbaiyn” ya’ni “Qiriqtalik” to’plamlardir.
To’qqizinchi tur hadis to’plamlari:
Mashiyxa to’plamlar. Bu kabi turkumlarda, muhaddislar o’z shayxlarining ismlarini jamlaydilar. Shuningdek, shayxi orqali olgan hadislarni va kitoblaridan olganlarini jamlaydi. Mualliflar bu borada o’zlariga xos turli yo’sinlarni qo’llaydilar.
O’ninchi tur hadis to’plamlari:
Ilal to’plamlari: Ilal uslubida musannif illatli – ma’lul hadislarni jamlaydi. Illatlarini bayon qiladi. Ilal uslubi muhaddislikning eng cho’qqisidir. Bu katta mahorat va kuch talab qiladi. Chunki, sanadlarni birma bir e’tibor bilan tadqiq etish talab etiladi.
Uslubda bitilgan kitob: Imom Doruqutniyning “Al-Ilalul varida fil ahadisin nabaviyya” kitoblaridir.
Toshkent islom instituti talabasi
Habibulloh Olimjonov