Dinimizda har bir narsalarda alohida etibor qaratilganidek ibodatning durust bo‘lishi uchun shart bo‘lgan poklikka ham katta etibor qaratilgan.Bizning buyuk bobokalonimiz bo‘lgan amirulmuminin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rohimahulloh ham “al-Jome as-Sahih” kitobida alohida nazar qilib bir kitobni u haqida ajratdi va sahih hadislarni keltirdi. “Tahorat kitobi”da imom Buxoriy rohimahulloh jami yetmish beshta bob keltirganlar. Ulardan tashqari uchta bobga nom bermay keltirganlar. Ular quyidagilar: Birinchi- “Uylarda qazoyi xojat qilish haqidagi bob”dan so‘ng keltirdib, dalil uchun shayxlari Ya’qub ibn Ibrohim rohimahullohdan mutassil sanad bilan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Bir kuni uyimiznig tepasiga chiqqan edim. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning Baytul Maqdisga qarab ikki g‘isht ustida qazoyi xojat qilayotganlarini ko‘rdim”[1].dedi. Abu Zar Hiraviy, Asiliy va Abul Vaqtlarning rivoyatida “Bob” kalimasi tushib qolgan. Hofiz ibn Hajar rohimahulloh aytadi: “Ya’qub u Duraqiydir, sanadda kelgan uning shayxi Yazid esa Ibn Horundir huddi Abu Zarr va Asiliylarning rivoyatiga kelganidek. Uning bu sanadda kelgan ustozi Yahyo esa u Ibn Sai’d Ansoriy bo‘lib avvalroq “Ikki g‘ishtni ustida qazoyi xojat qilish bobi”da imom Molik ham ushbu hadisni shu zottan rivoyat qilgandi”[2].deydi. Anvarshoh Kashmiriy: “Buxoriy rohimahulloh yuqoridagi bino va devordan istisno qilib bu yerda ushbu hadisga qiyos qilib tarjama keltirdi ko‘plarning zehniga “Bu hadisga tarjama keltirmadi” degan o‘ykelmasin. Chunki musannif bu hadisga avvalgisini tarjama qildi va uni keltirgani uchun bu hadisni ham avvalgi tarjamani ichiga kirgizib yubordi”[3].deydi. Hofiz Qastalloniy rohimahulloh: “Baytul Maqdisga qarab, degan lafz Yahyo Ansoriy rohimahullohning rivoyatlarida kelmagan, balki uni o‘rniga “Qiblaga orqa qilib” degan lafz kelgan va Ubaydullohning rivoyatida ham shunday. Bunday bo‘lishining sababi Madinada turib Shomga yuzlanishdan Qiblaga orqa qilish kelib chiqadi. Ubaydullohning rivoyatida esa buni ochiqlash va ta’kidlash uchun zikr qilingan. Bu hadisda “Baytul Maqdisga yuzlanib” degan jumla bilan keltirdi, avvalgi hadisda esa “Shomga yuzlanib” degan jumlani keltirgandi, lafzlar turlicha bo‘lsa ham ma’no birliga uchun”[4]. Hadisni bu yerda keltirishdan imom Buxoriy rohimahullohning maqsadi uyning ichida hojatxona qilish joizligini bildirishdir. Hojatda o‘tirganda qiblaga yuzlanish yoki orqa qilib o‘tirish haqidagi bahslar esa yuqorida aytib o‘tildi[5]. Ikkinchi- “Odamlarning tahorat suvidan ortganini ishlatish haqidagi bob”dan keyin keltirdilar. Imom Qastalloniy: “Bu yerdagi“باب” kalimasi tanvinli, Mustamliyning rivoyatida kelganidek tarjamasiz va bobning o‘zi ham ko‘pchilikning rivoyatida yo‘q va bu hadis avvalgi bobdagi oxirgi hadis orasini ajratishmagan U yerda ustozlari Abdurrahmon ibn Yunus rohimahullohning sanadi ila Soib ibn Yazid roziayallohu anhudan rivoyat qiladi: “Xolam meni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib borib: “Ey Allohning Rosuli, singlimning o‘g‘li dardman”, dedi. Shunda u zot boshimni siladilar va menga baraka so‘rab duo qildilar. Keyin tahorat qildilar . Men tahorat suvlaridan ichdim. So‘ngra u zotning orqalarida turdim va ikki kuraklari o‘rtasida o‘tovning tugmasiga o‘xshagan nubuvvat muhrini ko‘rdim”.degan hadisni keltirdilar. Qastalloniy aytadi: “Sanadda imom Buxoriyning shayxlari Abdurrahmon ibn Yunus keldi u Hofizlardan biri Abu Muslim Bag‘dodiy Sufyon ibn Uyayna va boshqalarga imlo qilgan Mustamliydir 224-hijriyda to‘satdan vafot etgan.Hotim ibn Ismoil esa Ko‘fiy va Madinaga ko‘chib kelgan hamda u yerda Horun ar-Rashidning xalifalik davrida 186-hijriyda vafot topgan. Ja’d esa aksarlarning rivoyatida Jai’d bo‘lib tasg‘ir siyg‘asida kelgan va bu mashhurroqdir, u ibn Abdurrahmon ibn Avs Madaniy Kindiydir. Soib ibn Yazid roziyallohu anhu kichik sahobalardan yetti yoshida...
عَنْ إِسْمَاعِيلَ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ أَنَّ أَبَا مُرَّةَ مَوْلَى عُقَيْلِ بْنِ أَبِي طَالِبٍ أَخْبَرَهُ عَنْ أَبِي وَاقِدٍ اللَّيْثِيِّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَيْنَمَا هُوَ جَالِسٌ فِي المَسْجِدِ وَالنَّاسُ مَعَهُ إِذْ أَقْبَلَ ثَلَاثَةُ نَفَرٍ فَأَقْبَلَ اثْنَانِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَذَهَبَ وَاحِدٌ قَالَ: فَوَقَفَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَمَّا أَحَدُهُمَا فَرَأَى فُرْجَةً فِي الحَلْقَةِ فَجَلَسَ فِيهَا، وَأَمَّا الآخَرُ فَجَلَسَ خَلْفَهُمْ، وَأَمَّا الثَّالِثُ فَأَدْبَرَ ذَاهِبًا، فَلَمَّا فَرَغَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَلَا أُخْبِرُكُمْ عَنِ النَّفَرِ الثَّلَاثَةِ؟ أَمَّا أَحَدُهُمْ فَآوَى إِلَى اللَّهِ فَآوَاهُ اللَّهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَاسْتَحْيَا فَاسْتَحْيَا اللَّهُ مِنْهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَأَعْرَضَ فَأَعْرَضَ اللَّهُ عَنْهُ». Abu Voqid al-Laysiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda o‘tirgan edilar, odamlar u zot bilan birga edilar. Shu payt uch kishi keldi. Ularning ikkitasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yaqinlashdi, biri esa ketdi. U ikkitasi Rasululloh huzuriga kelib to‘xtashdi. Ulardan biri halqada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha joyga o‘tirdi. Ikkinchisi orqaroqqa o‘tirdi. Uchinchisi esa yuz o‘girib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ishlarini tugatgach, dedilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar berayinmi? Ulardan biri Allohning huzuriga intildi – Alloh uni panohiga oldi. Ikkinchisi uyaldi – Alloh undan hayo qildi. Uchinchisi yuz o‘girdi – Alloh undan yuz o‘girdi.” Islomda ilm majlislari Allohning eng sevimli bandalaridan bo‘lish yo‘lida muhim manba hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ilmlarni faqat bilim emas, balki Allohga yaqinlik manbai sifatida o‘rgatganlar. Yuqoridagi hadis bu haqiqatning yorqin namunasi hisoblanadi. Hadis voqeiy tarzda uchta kishining masjidga kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu voqea orqali quyidagi ijtimoiy-axloqiy saboqlar olinadi: Ilmiy majlisda faol qatnashish savobdir. Halqaga kirib o‘tirgan kishi Allohning panohiga erishdi. Bu ilm majlisiga intilishning fazilatini ko‘rsatadi. Hayo – Allohga yaqinlik belgisi. Orqaroq o‘tirgan kishi uyalgani sababli Alloh undan hayo qildi. Hayo musulmonlikning ajralmas jihatidir. Ilmdan yuz o‘girish – ilohiy rad etilish sababidir. Hadisda yuz o‘girgan kishidan Alloh ham yuz o‘girgani ta’kidlanadi. Bu ilmiy muhitdan chetlashishning jiddiy oqibatlarini bildiradi. Ilm halqasiga yaqin o‘tirish mustahabdir. Ko‘pchilik fuqaho bu hadisdan ilmiy halqaga yaqinlashish mustahab ekani haqida istinbot qilganlar. Uyat hissi shariatda fazilat sanaladi. Hattoki orqada o‘tirish ham hayo niyatida bo‘lsa, bu maqbul bo‘lishi mumkin. Ilmdan nafratlanish, ishtirokni rad etish ma’naviy halokatga olib keladi. Bu hadis orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallam musulmonlarning ilm majlisidagi odobini, Allohga yaqinlashish vositalarini, va ijtimoiy muomala shakllarini o‘rgatganlar. Har bir musulmon bu uch kishining qaysi biri bo‘lishni tanlashi kerak: ilmga intilgan, hayo bilan ishtirok etgan, yoki yuz o‘girgan… Korabayev Nurpeys 401-guruh talabasi 137
Ҳадис ҳақида гаплашарканмиз, айни шунга алоқадор бўлган муҳим бир одобга аҳамият қаратиб ўтишни зарур деб ўйлайман. Бу - Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг зикри келганда, У зот соллаллоҳу алайҳи васалламга саловат айтишдир. Саҳобаларнинг исмларига дуч келганимизда эса уларга «ترضي» яъни эркак кишиларига «розияллоҳу анҳу» ва саҳобийя аёлнинг номи кетидан «розияллоҳу анҳо» дейиш, Абдуллоҳ ибн Умар, Абдуллоҳ ибн Аббос каби отаси ва ўзи ҳам саҳобий бўлган зотлар ҳақида «розияллоҳу анҳумо» иборасини қўллаш ҳам шу жумладандир...- ТИИ Ҳадис ва Ислом тарихи фанлари кафедраси ўқитувчиси Халилуллоҳ Юсуф
Ҳадис дастурхонига меҳмон сифатида ташриф буюриш, ҳадис мажлисларида илм толиби, кузатувчи ҳолатда иштирок этиш, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳадислари жамланган китобларни ўқиб-ўрганиш натижасида киши ҳадиснинг фиқҳи бу илмнинг марказида туришини англаб етади ва бу ўринли хулоса ҳамдир. Ҳадиснинг фиқҳи – унинг маъноси, ҳадисдан олинадиган ҳукмлар илми деганидир...- ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси Ўқитувчиси Халилуллоҳ Юсуф
Farzand Alloh Taolo tomonidan berilgan eng buyuk ne’matdir. Inson ko’zini quvnatib, qalbini sururga to’ldiradigan farzandni islom dinida tarbiyalash, uning go’zal xulq uzra komilikka yetishiga ko’mak beradi...- Toshkent islom instituti talabasi Erkinova Amina