islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Bolaning tanglayini koʻtarish qanday amal?

Farzand Alloh Taolo tomonidan berilgan eng buyuk ne’matdir. Inson ko’zini quvnatib, qalbini sururga to’ldiradigan farzandni islom dinida tarbiyalash, uning go’zal xulq uzra komilikka yetishiga ko’mak beradi.

Habibimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam tug’ilgan bolaning haqlari borasida islomiy hikmatlarga to’la sunnatlarini qoldirganlar. Bulardan birinchisi chaqaloq qulog’iga takbir va azon aytish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning bolasi tug’ilsa-yu, uning o’ng qulog’iga azon, chap qulog’iga iqoma aytsa, Ummu Sibyon (Sibyon bolalarga ziyon yetkazadigan jin toifasi) zarar yetkaza olmas”, dedilar.

Ikkinchi qilinadigan ish, munosib ism qo’yishdir. Nabiy alayhissalom: “Sizlar qiyomat kuni o’z ismlaringiz va otalaringizning ismilari bilan chaqirilasizlar, shunday ekan farzandlaringizga chiroyli ism qo’yinglar”, dedilar.

Uchinchi ishlardan aqiqa qilish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bola o’z aqiqasining evaziga garovdadir. Yettinchi kuni uning nomidan jonliq so’yiladi va ism qo’yiladi hamda sochi olinadi”, dedilar.

To’rtinchi sunnat amallardan, chaqaloqning tanglayini ko’tarish hisoblanadi. Abu Muso roziyallohu anhu aytadi: ”O’g’lim tug’ilganda uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot alayhissalom o’g’limga Ibrohim deb ism qo’ydilar va tanglayini xurmo bilan ko’tardilar. Unga baraka tilab duo qildilar”.

Mana shu qismiga e’tibor beradigan bo’lsak, tanglay ko’tarishni maxsus duosi ham, bu amalni qiladigan kishisi ham yo’q. Biror shirinlik olib, barmoq uchida bolaning tanglayiga tekazib qo’yiladi. Bu vaqtda bolaning haqqiga duo qilish sunnat amal hisoblanadi. Dinimiz islom hatto shu narsalarga ham ahamiya qaratgan. Bundan murod, bolaning birinchi bo’lib totadigan narsasi shirinlik bo’lsin va ona sutiniga tezda yopishsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yashagan joyda mashhur shirinlik va quvvat beruvchi meva xurmo bo’lgani uchun tahnik (biror shirinlikni chaynab yoki ezib, oz miqdorda barmoqqa olib bolaning og’ziga surib qo’yish) asosan shu meva bilan qilingan. Agar xurmo bo’lmasa mayiz, quruq mevalar, asal, bo’lsa ham bo’ladi.

Toshkent islom instituti talabasi

Erkinova Amina

413940cookie-checkBolaning tanglayini koʻtarish qanday amal?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: