islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Qish- mo’minning bahoridir

Har bir faslni Alloh taolo son-sanoqsiz ne’matlarining biri sifatida in’om etgan. Har birining o’ziga xos bo’lgan tarovati bor. Qishning ham o’ziga xos bo’lgan inson hayotida o’z o’rni bor. So’nggi kunlarda ko’pchilikning  eng dolzarb mavzusiga aylangan anomal sovuq tushunchasi har bir insonni chetlab o’tmaganday go’yo, lekin aslida qish faslida aql egalari uchun juda ko’p ibratlar ko’p. Bu fasl aslida xayr-baraka va yaxshiliklar mavsumidir.  Har bir mo’min-musulmon undan unumli va oqilona foydalashi kerak. Qur’oni karimda “qish” so’zi bir marta kelgan: “Yani ularga qishda va yozda safar qilishni qulay qilib qo’ygani uchun mana shu Uy (Ka’ba)ning Parvardigoriga ibodat qilsinlar!” (Quraysh surasi, 2-3 oyatlar).

O’tgan ulug’lar yilni ikkiga bo’lib, yarmini yoz, yarmini qish bilan o’lchashardi. Qish faslida Alloh taolo osmondan qor-u yomg’irlar yog’dirib, bandalarining rizqi keng bo’lishiga sabab qiladi. Musulmon hayotida qish ham bahorga aylanadi. Dehqon bahorda yerga urug’ qadagani singari, mo’minlar ham qishda oxirati uchun zaxira jamg’arishi kerak. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Qish mo’minning bahoridir”, dedilar”. Imom Bayhaqiy esa: “Kechasi uzoq, unda qoim bo’ladi. Kunduzi qisqa, unda ro’za tutadi”, dedilar” lavzini ziyoda qilgan. (Imom Ahmad rivoyati).

Quyida esa qish fasli haqidagi qizaqarli faktlarni keltirib o’tamiz:

  • 2012 yilda Venetsiyada shunday suvuq qish bo’lganki, kemalar muzga botib qolgan va suv ustida harakatlana olmagan;
  • Inson qo’liga tushgan eng katta qor parchasi diametri 28 santimetr bo’lgan;
  • Ba’zan qish oylari hukmdorlardan birining buyrug’i bilan o’zgartirilgan. Qanday qilib deysizmi? Bir paytlar Fransiya qiroli Lyudovik XIV yozda chanaga minishni xohladi. Hech qanday muammosiz Versal atrofida darhol tuz va shakardan qor yo’lagi qurildi va qish oyi boshlanganligini e’lon qildi.
  • Agar bizda qish- dekabr, yanvar va fevral oylari bo’lsa, unda janubiy yarimsharda aksincha. U yerda taqvimiy qish issiq yoz bo’lgan paytda keladi. Bu Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika va Janubiy Amerika uchun to’g’ri keladi;
  • Qishni yoqtrimaydigan odamlar kamdan-kam uchraydilar, ammo undan qo’rqadiganlar ham uchrab turarkan. Ular sovuqqa dosh berishdan, qor va hatto muzdan qo’rqishadi. Psixologlar buni kionofobiya deb atashadi;
  • Qishda eng past harorat ko’rsatkichi qayd qilingan. Shunday qilib, Yerning eng sovuq vaqt 2013 yil 8- dekabr kuni Antarktidada Yaponiya stansiyasida qayd qilingan. Harorat o’sha paytda  -91.2 S bo’lgan edi;
  • 1468 yilda Burgundiya yerto’lalarida qattiq sovuq tufayli barcha ichimliklar muzlab qolgan va yaroqsiz holatga kelgan;
  • Qish-bizning mamlakatimizda dekabr, yanvar va fevral oylari mehmon bo’lsa, janubiy yarimsharda – iyun, iyul va avgust oylarida mehmon bo’ladi. Lekin astronomik qish 21 dekabrdan 21 martgacha davom etadi. Iqlimli qish kunlik o’rtacha harorat nol darajadan pastga tushganda keladi.
  • Rossiyaning poytaxti Moskavada eng katta qor parchalari qishda emas, balki bahorda yoqqan. Bu 1944 yil 30 aprelda kuchli qor yog’ishi bilan sodir bo’lgan. O’sha kuni qor parchalari tuyaqush patlariga o’xshab, insonlarning kaftiday katta bo’lgan edi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Qish-obidlarning o’ljasidir” (Abu Hayyam rivoyati).  Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, bu mavsum boshqa fasllarga nisbatan savobli amallarni ko’p qilib olishga imkon berishi bilan birga, sinov ichra sinov fasli hamdir. Undan esa unumli foydalanib, oxirat imtihonidan o’tish uchun ko’proq zaxira to’plashga harakat qilmoq lozim.

“Tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi

Dilshod Nasirov tayyorladi.

369720cookie-checkQish- mo’minning bahoridir
1 та фикр мавжуд

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: