islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Baroqxon aslida kim?

Hazrati Imom masjidi va Mo‘yi Muborak madrasasing g‘arbiy qismida, Hazrati Imom majmuasining ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turgan ajib inshoot Baroqxon madrasasining homiysi, o‘z davrining buyuk ma‘rifatparvar arbobi shu bilan bir qatorda muhim siyosatdon Navro‘z Ahmadxon xalq orasida Baroqxon nomi bilan mashhurdir.  Ushbu hukmdorning shajarasi ota tomondan Suyunchixo‘jaxon orqali Abulxayrixonga, ona tomondan esa Temuriy Robiya Sulton orqali Mirzo Ulug‘bekka taqaladi. Ikki buyuk shajaraning to‘qnashgan nuqtasida dunyoga kelgan ushbu Shayboniy Sultonning tug‘ilgan sanasi borasida bir qator ixtiloflar mavjud. Lekin 1510-yil Buxoro shahrida tug’ilganligi variant tarixiy faktlarga yaqinroq.

Yoshligidan o‘z davrining mashhur adibi Vosifiydan she’riyat va adabiyotdan ta‘lim olish bilan bir qatorda, chavondozlik, kamonchilik va qilichbozlik kabi sarkardalarga xos bilimlarni ham egallagan. Uning siyosat maydoniga kirib kelishi otasining davrida Toshkent vohasini boshqarish va 1525- yilgi otasi Suyunchixo‘ja Sultonning vafoti bilan bog‘liq. Ana shu yildan boshlab Baroqxon Toshkent shahar hokilimligi vazifasiga bajara boshladi.

1551-yil Shayboniylarning Samarqanddagi hukmdori Abdullatifxonning va Buxoro xoni Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxonning vafotidan so’ng Baroqxon Movaraunnahrdagi Shayboniylaring “oliy hukmdori” sifatida Samarqand shahrida taxtga o‘tkaziladi. Baroqxonning jami sakkiz nafar o’g’illari bo’lgan.  Besh yillik siyosiy faoliyatidan so‘ng 1556-yil 23-noyabrda Samarqand shahrida vafot etadi va shahardagi mashhur Xo’ja Ahror Valiyning qabri yoniga dafn etiladi.

Aynan Navro‘z Ahmadxon davri Toshkent shahrining infratuzilmasi tubdan yangilandi. Temuriylar davridagi o‘zaro ichki urushlar va nizolar ta’sirida tushkun ahvolga kelib qolgan shaharda yangi-yangi binolar, madrasa va masjidlar, bozor-u rastalar qad ko‘tara boshladi. Bundan tashqari shahar devor bilan o‘rab olinadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Baroqxon nafaqat o‘tkir bilim sohibi va siyosatdon balki o‘z davrini sultonlarining orasida ilm ahllarini qullab-quvvatlash borasida ham yetuk bo‘lgan. Bunga misol qilib uning nomi bilan ataluvchi madrasa va Qaffol Shoshiy maqbarasi qurilishiga o’zi homiylik qilganligini misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari Baroqxon Chorsu bozori yaqinida namozgoh qurdiradi. Uning to’ng’ich o’g’li Darvish Muhammadxon davrida namozgoh sarhadida pishgan g’ishtdan katta masjid qurildi va tutash hududlar ham obodonlashtirildi. Shunday qilib bu me’moriy majmua “Baroqxon va Darvishxonning namozgohi” nomini oldi.

Toshkent islom instituti 4 – kurs

talabasi Xamidov Abdulbosit

393160cookie-checkBaroqxon aslida kim?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: