Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning orqasida ulkan ilmiy ma’naviy meros qoldi. U Qur’oni karimning semantik tarjimasi, Qur’oni karim oyatlarining semantik tarjimasi va tafsiri “Tafsir Hilol” kabi kitoblarning muallifi bo‘lib, u o‘zbek tilida yigirma ikki jildda nashr etilgan, shuningdek shayx Mansur Ali Nasifning “At -Tajul jami‘lil usul fii ahadisur rasul” sharhlarini o‘z ichiga olgan “Hadislar va hayot” kitoblari turkumi. Shuningdek, u islomiy e’tiqod asoslarini o‘z ichiga olgan “Sunniy aqidalar”, “Aqidatut Tahaviya” sharh kitobining tarjimasi, “Aqoid ilmi va unga oid masalalar”, fiqh metodikasi “Usulul fiqhi” kabi kitoblarning muallifi. Shuningdek, Muxtasarul Viqaya “Kifoya” ning uch jildli sharhlari. Uning asarlari orasida: “Mazhablar – birlik ramzi”, Qur’on ilmlari bo‘yicha fundamental asar “Ulum-ul Qur’on” Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning yozgan o‘zbek tilidagi kitoblarni islom dinni anglash undagi ammalar va hukumlar haqida juda katta ma’lumotlar berilgan. Islom dinni to‘g‘ri talqin qilingan bo‘lib ularda Islom dinni tarix va hukumlarni haqida ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin.[1]
Hadis ilmi borasidagi faoliyatlari: Muhammad Sodiq oliy ma’hadda Yusufjon domladan balog‘at ilmini, Ismoil Mahdum hazratlaridan fiqh ilmini, muftiy Ziyovuddin Eshon Boboxon hamda Abdulg‘ani domlalardan hadis ilmini o‘rgandi. Muhammad Sodiq Liviyada turli shayx va doktorlardan ta’lim oldi. Jumladan, Toyyib An-Naosdan «Oyatul ahkom», «Usulul fiqh» fanlaridan, Muhammad Robitiydan hadis va fiqhdan, Ibrohim Rufaydadan «Ulum-ul Qur’on»dan, doktor Hulayldan balog‘at ilmidan, Komil Bannodan tarixdan va boshqa ustozlardan ilm-ul axloq, ilmun nafs, mantiq, aqoid kabi fanlardan ta’lim oldi. Shuningdek, hadis va fiqh fanlaridan dars bergan shayx Muhammad Robitiy ham ko‘zi ojiz kishi edi. U kishi dars berish bilan bir vaqtning o‘zida universitetning sirtqi bo‘limida o‘qib, ilmiy ish yozar edi. Ko‘zi ojizligi sababli ko‘p ilmiy manbalardan foydalanishda u kishiga Muhammad Sodiq yordam berar edi. Hatto u kishi ilmiy ish bo‘yicha yozma imtihon topshirganlarida ham Muhammad Sodiq u kishiga kotiblik qilgan. Liviyada tahsil olgan davrlarida orttirgan boy ilmiy tajribasidan foydalanib ta’lim dasturiga talaygina ijobiy yangiliklar kiritdi, bir qancha islomiy fanlar va qo‘llanmalarni ilk bor joriy qildi. Jumladan, o‘quv dasturiga «Ulum-ul Qur’on» (Qur’on ilmlari), «Ulum-ul hadis» (hadis ilmlari), «Firaq islomiya» (firqalar va yo‘nalishlar haqidagi fan), «Fannul xatoba» (notiqlik haqidagi fan) kabi yangi fanlar kiritildi. Shuningdek, tafsir, hadis fanlarida o‘qitilayotgan darslik kitoblari almashtirilib, tafsirdan Muhammad Aliy Sobuniyning «Oyatul ahkom» kitobi, hadisdan «Al-Manhalul hadis fi sharhil hadis» kitoblari o‘qitila boshladi. Ushbu kitoblar diyorimizda bo‘lmagani bois, ularni xorijiy mamlakatlardan olib kelish uchun ko‘p sa’y-harakat qildi. Keyinchalik muftiylik yillarida bu diniy adabiyotlarning bir qanchasini O‘zbekistonda chop ham qildirdi. Muqaddas makonlarning barakasidan mehnatlari samarali bo‘lib, «Tafsiri Hilol» to‘liq yozib tugatilib, o‘quvchilarga taqdim etildi. Shu bilan bir qatorda, «Tafsiri Hilol»ni yozish davomida uni rus tiliga tarjima qilish ham yo‘lga qo‘yildi.
Oliy maqsad – tafsirning yozilishi oxirlab qolgach, navbatdagi ish – hadisi sharifni xalqimizga yetkazishga urinish boshlandi. Muallifning o‘zi «Hadis va Hayot» to‘plamining muqaddimasida ta’kidlaganidek, avvalo bu ish uchun kitob tanlab olib, kitobni yozishga kirishdi. Alhamdulillah, bu ish ham muvaffaqiyatli yakunlanib, «Hadis va Hayot» majmuasi xalqimizning hadis ilmini o‘zlashtirishida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.[2]
Shayx Muhammad Sodiq haftaning dushanba, seshanba, chorshanba va payshanba kunlari imom-xatiblar va tolibi ilmlardan iborat shogirdlariga tafsir, hadis, aqida, zamonaviy fiqhiy masalalar va ruhiy tarbiya ilmlaridan ta’lim berardilar. Mazkur davralarda quyidagi kitoblar asosida darslar olib borilgan:
- «Sahihi Buxoriy»
- «Asarul hadisish-sharif fii ixtilafil aimmal fuqaho» (Muhammad Avvoma)
- «Mustalahul hadis» (Mahmud Tohhan)
Toshkent islom instituti 402 – guruh
talabasi Xusanov Dilmurod
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqlarida https://islom.uz/hazrat (Islom.uz ilmiy ma’rifiy portali)
[2] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqlarida https://islom.uz/hazrat (Islom.uz ilmiy ma’rifiy portali)