islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Minnatul muni’m sharhi Sahih Muslim” asari

Shayx Sofiyyur Rohman ibn Abdulloh Muborakfuriy haqlarida va “Sahihi Muslim”ga yozgan “Minnatul muni’m sharhi Sahih Muslim” asari haqida

Shayx Sofiyyur Rohman ibn Abdulloh Muborakfuriy milodiy 1943- yili hind diyorining Muborakfur shahri atrofidagi “Husayn Obod” qishlog’ida tavallud topgan. Ibtidoiy ilmlarni Muborakfurdagi “Darut ta’liym” madrasasida tahsil olgan, so’ngra o’sha shaharning o’zida “Ihyou ulum” madrasasida ilm tahsilini davom etib, arab tili va shar’iy ilmlardan dars olgan. Shu madrasani 1961-yilda a’lo baholalar bilan tamomlagan. So’nga 1976-yili hozirgi kunimizda magistr darajasiga teng bo’lgan “Al-fuzayla” diplomini olgan.

Shayx Sofiyyur Rohman Muborakfuriy bir qator madrasa va universitetlarda dars bergan. Jumladan “Fayzu om” islomiy universiteti va “Rashod” universitetlarida dars berish bilan shug’ullangan. Dars berish bilan bir qatorda va’z va da’vat ishlari bilan ham shug’ullangan.

Shayx o’zining siyrat borasida yozgan “Rohiyqul Maxtum” asari bilan 1978-yili Makkayi Mukarramadagi islom olami uyushmasida bo’lgan siyrati borasidagi musobaqada eng oliy mukofat bilan taqdirlangan. Bu kitob siyrat borasida yozilgan kitoblarning eng mashhurlaridan hisoblanadi.

Shayx Muborakfuriy 1989-yili Madinayi Munavvaraga ko’chib o’tgan, va u yerda to’qqiz yilga yaqin “Sunnat va siyrati nabaviyga xizmat” markazida tadqiqotchi olim bo’lib ishlagan, so’ngra Ar-Riyodga ko’chib o’tib, u yerda “Darus salom” nashriyotida “Ilmiy tahqiq va tadqiq qilish” qismida mudir bo’lib ishlagan. Shayx Muborakuriy bir qator shari’y ilmlarda xususan tafsir, hadis, mustalah, siyrati nabaviy kabi ilmlarda ta’lifotlar qilgan. Shayx o’zining vatani Muborakfur shahrida juma namozidan so’ng vafot etgan. Quyida u kishining hadis borasida yozgan asari ya’ni “Sahihi Muslim”ga yozgan sharhi “Minnatul muni’m sharhi sahih muslim” asari haqida zikr qilamiz.

Bu sharh Sahihi Muslimga yozilgan muxtasar sharhlardan bo’lib to’rt mujallad hisoblanadi. Muallif bu sharhni ta’lif qilishda quyidagicha yo’l tutgan:

  • Bu sharhni yozishda i’joz yo’lini tutgan va hojat miqdoricha muxtasar qilgan, va o’quvchiga biroz taammul va nazar bilan ahamiyat beradigan tamonlarni qoldirgan.
  • Fiqhiy masalalarni sharhlashda kenglik qilgan, gohida nas keltirish bilan yoki undan o’sha masalaning o’zi istinbot qiladigan jumla yoki lafz ishora qilishi bilan hadis dalolat qiladigan fiqhiy bo’lmagan masalalarni sharhlashda ham kenglik qilgan va agar hadis lafzlari iltibosli bo’lsa istinbot ko’rinishini bayon qilgan.
  • Ixtilofli masalalarda to’g’risini va rojihini, hadis lafzi bilan dalil olishni va hojat vaqtida boshqa hadislar bilan qo’llab quvvatlash yo’lini bayon qilgan.
  • Fosid ta’vilotlarga barham berishga kifoya qiladigan ma’nolar va taraflarni o’sha fosid ta’vilotlarni zikr qilmasdan va ularga raddiya bermasdan ochiqlagan.
  • Hodisa-voqealalar, g’azotu-sariyyalar haqida sahih hadis kelsa o’shalar haqida batafsil bayon qilgan.
  • Sahihda zikri kelgan muhim joylarni bayon qilgan va shu borasida me’yorlar va yangi ma’lumotlardan istifoda olgan.
  • G’oriybul hadisni manfaatli ifodali muxtasar bilan sharhlagan va hadisni murodini tushinishda chalkashlikka olib keladigan nahviy, tarkibiy e’roblarni ochiqlagan, lekin bunday o’rinlar kam.
  • Sanad va matnda kelgan ba’zi rijollarga tegishli bo’lgan nasabi yoki nisbatiga yoki amaliga yoki shahri kabi ma’lumotlarni bayon qilgan.
  • Imom Muslim rohmatullohi alayh bir hadisni keltirib o’sha hadisni boshqa tariqlar bilan boshqa lafzlar bilan keltirganlar. Shorih avvalgi tariqni sharhlaganlar boshqa tariqlarni esa sharhlamaganlar lekin sharhga muhtoj bo’lgan kalimlarni yoki jumlalarni sharhlaganlar.

Toshkent islom instituti 402-guruh

talabasi Idrisov Abdulkamal

399970cookie-check“Minnatul muni’m sharhi Sahih Muslim” asari

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: