islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Ibrohim ibn Adham

Ibrohim ibn Adhamning tug’ilgan sanalari noma’lum, u 161 hijriy, 778 milodiy yilda vafot etgan. U kishi Balx podshohining o’g’li, ulug’ valiyulloh, ko’plab karomatlar sohibi, taqvo va zuhdda peshqadam bo‘lganlar. Ilmni amal uchun o’rganganlar. Aksar odamlar ilmlari tog’dek, amallari zarradek bolib qolib, yanglishishadi.

Zuhd uch xil bo’ladi: zuhdi farz, zuhdi fazl, zuhdi salomat Zuhdi farz haromda zuhd qilish, zuhdi fazl – halolda zuhd qilish, zuhdi salomat – shubhalarda zuhd qilishdir.

Bu mashhur solih odam doimo harakatda edilar. Bir kuni ov vaqtida hayotning ma’nosi haqida o’ylaydilar, bu esa u kishini otasining uyida sokin va to’q hayotni tark etish va bilim yo’liga kirishga undadi.

Ibrohim ibn Adham o’z davrining ulamolari orasida hayratlanarli notiqlik mahorati bilan ajralib turardilar.

Sufyon as-Savriy va Fudayl ibn lyod bilan yaqindan muloqot qilgan. llohiyot olimi Sufyon as-Savriy uning darslarini tinglagani kelganlar orasida Ibrohim Adhamni zakovatini payqagach, bu solih zotning fasohat va savodxonligini komil qilishga, nutqini yanada oshirishga shoshildi.

Rivoyat qilinishicha, bir kuni Ibrohim ibn Adham dasht bo’ylab ketayotgan ekan. Bir askar uni kutib oldi va so’radi: “Eng yaqin aholi manzili qayerda?”

Askar uzoqroqqa bordi va yaqin atrofda mashhur Xuroson solihiga juda yomon munosabatda bo’lganligi xabarini berishdi. Askar ortiga qaytib, Ibrohim ibn Adhamga yetib oldi va uzr so’radi. Shunda Ibrohim ibn Adham: “Meni urganingizda, men siz uchun Alloh taolodan jannat so’radim”, deb javob berdi. Askar hayron bo’lib so’radi: “Nima uchun, nima uchun?” Ibrohim ibn Adham shunday javob berdilar: “Men aniq bilamanki, Alloh meni bu dard uchun yaxshilik bilan mukofotlaydi, shuning uchun men sizning qismatingizni bu holatdan azoblanishini xoxlamadim”,- dedi.

Ibrohim ibn Adham juda kamtar hayot kechirganlar. U kishi o’z qo’llari bilan, terimchi yoki cho’ponlik kabi ishlarni, yana yig’im orqali, bog’lar va tomorqalarni qo’riqlash orqali tirikchilik qilgan.

Yana bir rivoyatda, u kishining davlatmand, boamal tanishlaridan biri u kishini zohidlikda oddiy kiyimlarda kezib yurganini ko‘rib, u kishiga qarab, mana sen dunyoda nima topding mazmunidagi so‘zlariga javoban u kishi “Agar meni xozirgi holimdagi rohat-farog‘atimni dunyo sohiblari bilganlarida edi menga qarshi urush qilar edilar”,- deydi.

Ibrohim Adham hazratlari hammomga bordilar. Lekin pullari bo’lmagani uchun, qancha yalinsalar ham, ichkariga qo’yishmadi. Bo’yinlari egik holda ortga qaytayotgan Ibrohim Adham shunday hayqirib yig’ladilarki, bir zumda atroflariga odamlar to’plandi. Biri olib, biri qo’yib hazratni yupata ketdi: Bunchalik qayg’u chekishingizga hojat yo’q, siz uchun hammomga, mana,

Biz pul to’laymiz! Shunda Ibrohim Adham yig’ilganlarga: – “Sizlar meni hammomga kiritmagani uchun yig’layapti deb o’ylayapsizmi?” – dedilar. – “Yo’q, aslo bunday emas. Bu dunyoda – ku puling yo’q deb hammomga qo‘yishmayapti, oxiratda yaxshi amallaring  yo’q,  deya  jannatga qo’ymasalar, holim nima kechadi? Shuni o’ylab yig’layapman dedilar.

Eng sara hikmatlaridan

Dinimizdan yirtib olib dunyoni yamadik. Din ham ketdi , dunyo ham ketdi.

Alloh taologa duo qilasiz – u, lekin ijobat bo’lmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz o’nta narsa bilan o’lgan:

  • Allohni taniysizlar – u haqqini ado etmaysizlar
  • Alloh kitobini o’qiysizlar – u unga amal
  • Shaytonni dushman, deb da’vo qilasizlar – u, lekin uni do’st tutasizlar. – Rasulullohni yaxshi ko’ramiz, deb da’vo qilasiz – u, ammo ul zotning yo’llaridan yurmaysizlar va sunnatlarini
  • Jannatni  yaxshi   ko’rasizlar   –   u,   biroq   uni   olib   borguvchi   amallarni qilmaysizlar.

-Jahannamdan qo’rqasizlar – u gunohlardan tiyilmaysizlar.

-O’lim haq, deb da’voda bo‘lasiz – u, ammo unga tayyorgarlik ko’rmaysizlar – Birovlarning ayblarini ko’rasizlar – u o’z ayblaringizni ko’rmaysizlar.

  • Alloh bergan rizqni yeysizlar – u, lekin shukronasini
  • O’liklaringizni dafn etasiz – u, ammo bundan ibrat

O’lik yer hosil bermaganidek, o’lik qalbdan chiqqan duo ham ijobat bo‘lmaydi.

 

Toshkent islom instituti talabasi

G‘oziyev Kamoliddin

414190cookie-checkIbrohim ibn Adham

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: