islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Salomlashishga oid fatvolar

Salomning lug‘aviy ma’nosi: tinchlik, havfsizlik va beshikast ma’nosidadir.

“Assalamu alaykum”ning istilohiy ma’nosi: “sizga tinchlik, salomatlik tilayman” degan ma’noda.

“Va alaykum assalom”ning istilohiy ma’nosi: “sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman” degan ma’noda.

Salomlashish dinimiz shiorlaridandir. Shu bilan birga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurgan sunnat amallardan biri hisoblanadi. Buga dalil:

 عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم :”لا تدخلون الجنة حتى تؤمنوا، ولا تؤمنوا حتى تحابوا، ألا أدلكم على شيء إذا فعلتموه تحاببتم؟ أفشوا السلام بينك” (رواه مسلم)

 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda U zot alayhissalom shunday deganlar: Jannatga kirolmaysiz toki iymon keltirmaguningizgacha, (komil) momin bololmaysiz toki ozaro muhabbatli bolmaguningizgacha. Sizlarga bir narsani orgataymi, agar shuni qilsangiz, ozaro muhabbatli bolasiz, oralaringizda salomni yoying!”. (Muslim rivoyati)

Bu hadisi sharifda ham ko‘rinib turibdiki, salom berish va unga javob qaytarish insonlar o‘rtasida do‘stlik, ahllik va mehr-oqibat rishtalari mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan.

Salom berish sunnat bo‘lsa, salomga javob (alik) qaytarish vojib amal hisoblanadi. Bunga Qur’oni ka

 

(النساء 86) وَإِذا حُيِّيتُمْ بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّوا بِأَحْسَنَ مِنْها أَوْ رُدُّوها

Qachonki sizga bir sa lomlashish ila salom berilsa, siz undan yaxshiroq alik oling yoki xuddi o‘zidek javob bering” (Nisosurasi, 86-oyat)

Ushbu oyati karimada salomlashish juda muhim, ahamiyatli ish ekani ko’rinib turibdi. Salom bergan insonga undanda yaxshiroq yoki hech bo’lmasa o’shanday javob qaytarib qo’yishga amr etilmoqda.

Har bir kishi o‘z xonadoniga kirganda ham oila a’zolariga salom berishi ham sunnat amallardandir.

روى الترمذي  عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ : قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : “يَا بُنَيَّ إِذَا دَخَلْتَ عَلَى أَهْلِكَ فَسَلِّمْ ، يَكُنْ بَرَكَةً عَلَيْكَ وَعَلَى أَهْلِ بَيْتِكَ”

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Men uchun Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey! O’g’ilcham agar uyga kiradigan bo’lsang ahlingga salom bergin. Shunda senga va ahlingga barakot bo’ladi”. (Termiziy rivoyati)

Yana boshqa hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam salom berilgan uyga shayton kirmasligini aytganlar.

عن جابر بن عبد الله، عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: “إذا دخلتم بيوتكم، فسلموا على أهلها؛ فإن الشيطان إذا سلم أحدكم لم يدخل بيته”[1]

Jobir roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib: “Agar uyingizga kirsalaringiz uy ahillariga salom beringlar. Batahqiq, agar sizlardan biringiz (uyiga kirganda) salom bersa uning uyiga shayton kirolmaydi” dedilar.

Salom berish odoblaridan yana biri shundaki, kishi hech kim bo‘lmagan  xona  yoki  uyga  kirishida  ham “Assalomu alaykum ahla-l-bayt va rahmatullohi va barokotuhu” deb  salom bermog‘i maqsadga muvofiqdir. Bu holatda sizning salomingizga farishtalar alik olishadi.

Bunga Qur’onu Karimdan dalil:

قال الله تعالى: فَإِذَا دَخَلْتُم بُيُوتًا فَسَلِّمُوا عَلَى أَنفُسِكُمْ تَحِيَّةً مِّنْ عِندِ اللَّهِ مُبَارَكَةً طَيِّبَةً كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُون (النور61)

“Uylarga kirganchogingizda o’zlaringizga Allohdan bo’lgan pokiza va muborak salom bering”. (Nur sursi 61- oyat)

قال مجاهد : إذا دخلت المسجد فقل : “السلام على رسول الله، وإذا دخلت على أهلك فسلم عليهم ، وإذا دخلت بيتا ليس فيه أحد فقل : السلام علينا وعلى عباد الله الصالحين” . (تفسير ابن كثير)

Mujohid rohimahulloh: “Agar masjidga kirsang Rosulullohga salom bo’lsin, ahlinga kirsang ularga salom ber va biror odam yo’q uyga kirsang bizga va Allohning solih bandalariga salom bo’lsin deb aytgin” dedilar. (Tafsir ibn Kasir)

Salom berish to`g`risida aytib o`tilgan misollarni quyida “Fatvoi Sirojiya” asarida qanday fatvo berilganini ko`rib chiqamiz.

Mo’min kishi salom beradigan bo’lsa, ko`plik shaklda berishligi lozim. (Salomga) javob qaytarish ham shu kabidir. Sababi mo’min yolg’iz holda bo’lmaydi[2].

Kishi o’qiyotgan odamga salom bersa[3], u salom bergan kishiga javob qaytarishi vojib bo`ladi. Agar kishi salom bersa, salomga javob qaytarsayu salom bergan kishi javobini eshitmasa, farz soqit bolmaydi.[4]

Agar salom bergan kishi kar bo`lsa, unga javob qaytaruvchi kishiga lablarini harakatlantirib qaytarish lozim.

Agar kishi bir jamoa kishilarga salom bersa unga o’sha jamoadan bir kishi javob qaytarsa[5], o’sha joydagi qolgan kishilardan javob qaytarish soqit bo’ladi. Chunki jamoaga salom berilsa, o’sha jamoaga javob qaytarish farzi kifoyadir.

Uyga kelib tilanuvchi kishi salom bersa, unga  javob qaytarish vojib emas[6]. Kishi masjidga kirsa, o’sha joyda  namoz o’qimayotganlar bo’lsa, ularga  salom beradi. Sayyid ul imom Abulqosim rohimahulloh shu masalaga: masjidga kirgan kishi shu holatda salomni tark qilsa, u kishi sunnatni tark qilgan bo’lmaydi. “Odob-l-qoziy”da bunga ishora qilgan.

Balog’atga yetgan qizga salom berish makruhdir[7]. Ayol kishi aksa ursa,   erkak kishi salomga ham va aksani eshitgan bo’lsa unga ham, javob qaytaradi. Agar aksa urgan balog’atga yetgan qiz bo’lsa, uga erkak kishi ichida javob qaytaradi.

Agar aksa uruvchi uch marta aksa ursa, uch martasida ham alhamdulillah desa, har biriga javob qaytrish vojib, uchtadan keyin javob qaytarish ixtiyoriydir.

Ahli kitoblarga zaruratsiz birinchi bo’lib salom berish makruhdir. Ularni salomiga javob qaytarishni zarari yo`q. Javob qaytaruvchi (va alyka)ga ziyoda qilmaydi.

Agar kishi ma’siyat qilayotgan qavmni oldidan o’tsa, ular unda bo’lib turgan ma’siyatdan qaytarish maqsadida ularga salom beradi. Hammomdagi kishiga salom berilmaydi.

Yurgan odam o’tirganga, ulovdagi kishi piyodaga, va yoshi kichkina kattaga salom beradi.

Agar kishi Alloh taoloni ismini eshitganda “subhanalloh” yoki “tabarokalloh” va shunga o’shash maqtovli gap aytadi.

Agar Nabiy alayhissalomni ismlarini eshitsa, “sollallohu alayhi vasallam” deydi. U zot alayhissalomni ismlarini bir majlisda bir necha bor eshitsa, sollalohu alayhi va alihi vasallam[8] desa, shu kifoyadir.[9]

Bir rivoyatda salomga savobi ko’p bo’ladi deyilgan[10] bo’lsa, yana boshqa qavlda salomga javob qaytarishga savobi va fazilati ko’p bo’ladi deyilgan. Chunki salomga javob qaytarish farzdir.

Hulasa shuki insonlarning bir-birlari bilan uchrashganida chin ko’ngildan, ochiq chehra bilan salomlashishish xalqimizning eng yaxshi odatlaridandir. Salomlashish hukm va odoblarini yaxshi bilib, unga amal qilishlik odamlar o’rtasida insonning martabasini ko’taradi, ular orasida mehr-muhabbat yoyiladi. Va u insonlar orasida adovatni yo’qolishiga, yaxshilik joriy bo’lishiga xizmat qiladi. Xalqimizning salomlashish kabi fazilarli odatlarni farzandlarimiz ongida milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirishga, ularning millatga, qadriyatlarimizga haqiqiy sadoqatli insonlar bo’lib tarbiya topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Abdurazzoqhojaev Mashrabjon

 

Sirojiddin O`shiy. “Fatvoiy Sirojiya”.

Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulaziz. “Muhiytu-l-Burhon”

Old.muslim.uz

 

[1] Xaroitiy “Makarimu-l-ahloq” kitobi  843 b. bu hadisda zaiflik bor.

[2] Har bir insonni kuzatib turuvchi va amallarini yozib turuvchi farishtalar boladi Qur’nu karimda “Holbuki, sizning ustingizdan kuzatib turuvchilar border. Ular hurmatli yozib turguvchilardir”. (Infitor surasi, 10- 11- oyatlat)

[3] “Fatvoi Sirojiya” kitobining birinchi, uchunchi, to’rinchi va beshinchi nashirlarda “yakka holda o`qib o`tirgan kishiga salom bersa” deb kelgan.

[4] “Fatvoi Sirojiya” kitobining birinchi, uchunchi, to’rinchi nashlarda shu kabi yozilgan. Shu to`g`risidir. Beshinchi nashrda “soqit bo’ladi” deb kelgan.

[5] Garchi tamiz(aqlini taniydigan) yoshda bo`lsa ham shunday. Chunki jamodagi kishilarga javob qaytarish farzi kifoyadir. Farzi kifoya aqlini tanigan boladan ham soqit bo`ladi. Abulfath Muhammad ibn Mahmud Astarushining “jome’ ahkamu-s-sag`ir” kitobi (1/149)

[6] Tilanuvchi kishining salomi salomlashish (sunnat ko`ra salomlashish) salomi emas. Balki u ulardan s`orovchi ekaniga ishora qilib qo`yishdir. “Muhiytu-l-Burhon”kitobi (5/325)

[7] Sabab bu ishda balog`atga yetgan qizga fitna bor. Ammo, bolog`atga yetgan qiz ayollar jamoasida bo`lib  fitnadan omonda bo`lsa unga salom berishni zarari yo`q. Batahqiq,  hadisda “rosululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar jamoasidan o`tib keta turib ayollar jamoasiga salom berdilar” (Musnadi Ahmad 19234- hadis)

[8] “Fatvoi Sirojiya” kitobining birinchi va uchunchi nashrida shu kabi kelgan. To`rtinchi va beshinchi nashrlarda” bir marta salovot” aytadi deb kelgan. Bu gap “bir marta sollallohu alayhi vasallam” deyishdan badal (o`rinbosar) bo`ladi. Ikkala gap ham bir ma’nodadir.

[9] Abu Hanifa, Molik, Savriy rohimahullohlar va boshqalar: “Kishi umri davomida bir marotaba Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga  salovot aytish farzdir” deyishgan. Hatto, ba’zilar “shunga ijmo qilingan”. deb naql qilishgan. Bulardan boshqalar esa, ikki gap aytishgan. Tahoviy, Halimiy, Sayx Isfaroniy rohimahullohlar va shofe`inlardan bir jamoa`: “kishi  Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ismlarini zikr qilsa, yoki o`zidan boshqadan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ismlarini zikr qilganini har qachon eshitsa, har biriga salovot aytish vojib” deyishgan.

Ibn Arobiy va Zamahshariy rohimahullohlar: “ehtiyoti shu gap” deyishgan. Albatta musannif aytgan gap “garchi, bir majlisda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ismlarini takror keltirilsa, bir marta salovot aytishi joiz” deganidir.

Avzoiy va Karhiy rohimahullohlar: “musannif zikr qilganlaridan maqsad bir majlisda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ismlarini takror keltirilsa, o`sha majlisda bir marta salovot aytish vojib, bir martadan keyin mustahabdir. Lekin avvalgisi afzal va ehtiyotroqdir. Deyishgan.

[10] Chunki, “Birinchi boshlovchi fazilatlidir” deb hadisda kelgandek  salomni birinchi boshladi. Va o`zini katta olishdan oqladi. Ammo,  javob qaytarishga kelsak, o`ziga vojib bo`lgan ishni ado qildi. Salomni boshlovchi yaxshilikdan boshladi.

414210cookie-checkSalomlashishga oid fatvolar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: