islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Allohga itoat etishning mohiyati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Olloh taolo aytadi:

“يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنْكُمْ فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ إِنْ كُنْتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا  (niso 59)

Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payg‘ambarga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz, uni Allohga va Payg‘ambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.

Alloh taolo tomonidan bandalarga qaratilgan ushbu buyruqning o‘ziga yarasha asoslari bor. Bunga jonli misol keltirsak. Odatda biz sud mahkamasida sudya hukmni chiqargandan so‘ng, hukm nimaga asoslanganiga e’tibor qaratamiz. Ya’ni hukm qonunga qay darajada mos kelganligini bilishga harakat qilamiz. Ushbu hukmga muvofiq mahkum, xoh jazolangan bo‘lsin, xoh oqlangan bo‘lsin.

Demak sudya qonun moddalariga muvofiq yuzaga kelgan hodisalarga binoan hukm chiqaradi.

Shunga ko‘ra har qanday hukmning asosi ushbu hukm tayangan qonuniylik tamoyillariga mos kelishi kerak.

Olloh taolo: “Allohga va uning Payg‘ambariga itoat qilinglar”, deb marhamat qildi. Bu oyatda biz e’tibor qiladigan nozik nuqta bor, ya’ni  Haq Subhanahu va  taolo : Ey insonlar deb, Olloh va uning elchisiga ergashinglar”, demadi balki “Ey iymon keltirganlar Ollohga va uning elchisiga itoat qilinglar” deb aytadi.

Demak Haq Subhanahu va taolo barcha insonlarni unga itoat qilishga emas balki barcha insonlarni faqatgina o‘ziga iymon keltirishlikka buyuryapti.

Demak Olloh va uning rasuliga itoat etish degan mazmun Alloh va uning rasuliga iymon keltirishdan paydo bo‘lmoqda.

O‘z navbatida bu olamlarni yaratgan zotning adolatiga dalolat qiladi, chunki U zot biror kimsani bir ish qilishga buyurgan bo‘lsa ham o‘ziga va rasuliga shariatni yetkazuvchi va joriy etuvchi deb, iymon keltirganlargagina buyurgan. Shuning uchun ham Olloh taolodan bo‘ladigan har bir buyruqning avvali “Ey iymon keltirganlar” degan so‘z bilan boshlangan. Demak, Alloh va uning rasuliga itoat etish degan tushuncha bu ayni iymondir.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz ushbu gaplarni ko‘p takrorlaymiz. Olloh taolo tomonidan kelgan hukmlarni avval uning sababi hikmatini o‘rganib, keyin iymon keltirishdan saqlaning, buning o‘rniga birinchi navbatda Ollohning hukmini qabul eting, unga quloq tuting, itoat eting, bo‘yin suning, taqvo qiling, so‘ng bir narsaning harom bo‘lish sababi va hikmatini anglash va tushunish uchun aqlning faoliyatiga hech qanday monelik yo‘q. Shunda ham inson uning ba’zi hikmatlarini aytib bera olishi mumkin barcha hikmatlarini emas.  Buning sababi Allohning hikmatlari cheksiz uni idrok etib ham qamrab olib ham bo‘lmaydi.

Aslida insonning boshqa bir insonga buyruq berishi va Allohning mo‘minlarga buyruq berishida katta farq bor. Zero Allohning insonga buyruq berishida ma’lum darajada bog‘liqlik bor, ushbu bog‘liqlik insonning Allohga iymon keltirganidir. Ammo insonning boshqa bir insonga buyruq berishiga kelsak masalan ulardan biri aytishi mumkin, buyurgan ishingizni qilishim uchun shu ish haqiqatdan to‘g‘ri ekaniga meni ishontiring, chunki sizning aqlingiz mening aqlimdan ustun emas, bu masalani tushunishda sizning menda ustun tarafingiz yo‘q. Haqiqatda inson o‘ziga o‘xshagan inson tarafidan kelgan buyruqni to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilmay turib bajarmaydi. Shuningdek mana shu ishga buyurgan kishi sizni aldamayotgani uning gapi tasdig‘ini topgan haqiqat ekani tajribada isbotlangan bo‘lishi kerak. Shunday ekan siz bilan bir xil darajada bo‘lgan kishining gapini sizni yo‘qdan bor qilgan, yashash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni berib qo‘ygan sizdan behojat bo‘lgan qolaversa butun borliqdan behojat bo‘lgan yagona Ilohning buyrug‘i sifatida qabul qilmasligingiz tabiiy albatta.

Shayx Mutavalliy Sha’roviyning “Fazlat va Razilat” kitobidan

tarjimon: O‘zbekiston xalqaro islomakademiyasi magistranti,

Toshkent Islom instituti xodimi

Sh.To‘ychiyev

419470cookie-checkAllohga itoat etishning mohiyati

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: