Imom Zayla’iy Nasbur-Raya li-Ahadis al-Hidoya asarida al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilgan. Imom Zayla’iy o‘zi hanafiy mazhabiga ergashuvchilardan bo‘lsa-da, al-Hidoya hadislarini taxrij qilishda qisqartirmagan, balki, hanafiy mazhabidan boshqa mazhab vakillarining dalillarini bayon qilish ila ushbu taxrij kitobini ziynatlagan. Imom Zayla’iy al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilish asnosida insof ila taxrij qilganligi u kishini va mana shu taxrij kitobini insonlar orasida mashxur bo‘lishlariga katta sabab bo‘lgan.
Imom Zayla’iy Hidoya kitobida kelgan hadis va osorlarni taxrij qilishda tutgan yo‘li quyidagilardan iborat;
- Imom Marg‘iloniy al-Hidoya asarida keltirgan hadislarni zikr qilgan.
- Al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni hadis kitobi sohiblari va ulardan boshqa kishilardan kimlar taxrij qilgan bo‘lsa, shu kishilarni zikr qilgan.
- Al-Hidoya kitobida kelgan hadis turuqlari va uning o‘rinlarini zikr qilgan.
- Al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa hadislarni shavohid[1] va mutobi’[2]larini zikr qilganlar.
- Mutobi’ va shavohidlarni taxrij qilgan kishilarni va xos kitoblardagi ularning o‘rinlarini zikr qiladi.
- Boblarda kelgan hadislarni taxrij qilishda ularga qo‘shimcha tarzda mana shu mutobi’ va shavohid hadislarni keltiradi.
- Imom Zayla’iy (rohimahulloh) al-Hidoya kitobida kelgan hadisdan kelib chiqqan masala ixtilofli bo‘lsa, hanafiylarga muxolif bo‘lgan olim va ulamolar hujjat o‘laroq keltirgan hadislarni ham keltiradi.
- Hanafiylarga qarshi mazhab vakillari hujjat qilgan hadislarni keltiradi.
- Hanafiylarga muxolif tomonning hadislarini taxrij qiladi va mana shu hadislarni hadis kitoblaridan taxrij qilgan olimlarni insof bilan zikr qiladi.
- Imom Zayla’iy (rohimahulloh) al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilishda al-Hidoya kitobidagi mavzularning tartibiga rioya qilgan. Ya’ni al-Hidoya kitobidagi hadislarni taxrij qilishni boshidan oxirigacha shu kitobning tartibi asosida amalga oshirgan.
Toshkent islom instituti talabasi
Sharipov Alisher
[1] Ikkita hadis matni va ma’nosi bir xil yoki ma’nosi bir bo‘lgan ushbu ikki hadis ikki turuq bilan ikkita sahobiydan rivoyat qilingan bo‘ladi.
[2] Ikki hadis matni va ma’nosi bir yoki ma’nosi bir xil bo‘lib, ikki turuqdan keladi va qaysidir roviyda o‘sha ikki turuq birlashadi va bir sahobiydan rivoyat qilingan bo‘ladi.