islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Abul Abbos Zahiriddin Ahmad Temurtoshiy “Fatavoi Temurtoshiy” kitobida fatvo yozish uslublari:

Muallif tayangan uslublar bitta manhaj bilan cheklanib  qolgan emas, balki turli usullarni qo‘llaganlar. Qo‘llanilgan usullardan misollar:

1-uslub. Kitob muallifi ismini, so‘ng kitob nomini, so‘ng naql qilingan gapni keltirganlar. Masalan, “Falonchi falon kitobida aytdi”,- deb, keyin naql qilingan matnni keltiradilar. Bunga kitobdan misollar:

  1. Musannif aytadi: Mavlono “Bahr” kitobida shunday dedi: “Nikohsiz va iddasi tugagan ayol uchun ochiq yoki ishora qilgan holda unashtirilish joizdir. Lekin undan oldin boshqa biror kshiga unashtirilmagan bo‘lishi kerak. Agar unashtirilgan bo‘lsa, uch qavl bor: Agar birinchi sovchilarga rozilik bildirgan bo‘lsa, ikkinchisi joiz emas. Agar rad qilgan bo‘lsa, joizdir. Agar ayol jim turgan bo‘lsa, ulamolardan ikkita qavl bor”.
  2. Musannif aytadi: “Alloma, mutaaxxirlarning faxri shayx Qosim o‘zining musulmonni kofir bo‘lish bayoni uchun qo‘yilgan kitobida… va hokazo.[1]

2-uslub. Kitob nomini zikr qilib, so‘ng naql qilingan so‘zdan oldin muallif ismini keltirganlar. Masalan: “Falon kitobda falonchi” deb, so‘ngra naql qilingan matnni keltirganlar. Bunga fatvolardagi misollardan:

  1. Musannif aytadi: Kirmoniyning Buxoriyga yozgan sharhida Molik (roziyallohu anhu) aytadilar: “Kimki sahrodan qo‘y ushlab olsa, uning zimmasida qo‘yni pulini to‘lab berish yo‘q”.
  2. Musannif aytadi: Kamol ibn Himom Hidoyaga yozgan sharhida “Agar ota nochor bo‘lsa-yu, onasi bolani faqat xizmat haqqi evaziga tarbiyalashligini aytsa…”deb keltirganlar.[2]

3-uslub. Iqtibos keltirgan kitobga ishora qilmasdan, muallifning ismini naql qilingan so‘zdan oldin keltirganlar. Masalan: “Falonchi aytdi”, deb iqtibos keltirgan matnni tilga oladi. Bunga fatvolardagi misollar quyidagilardir:

  1. Musannif aytadi: “Qozixon: Agar vaqf vaqf yerini bo‘lib, vaqf qilib berilganlarning har biriga ekin qilish uchun ulush bermoqchi bo‘lsa”, dedi.
  2. Musannif aytadi: Shayx Qosim xulosadan iqtibos keltirgan holda aytdilar: “Agar u mo‘ylovingni qisqartir……

4-uslub. Muallifini ko‘rsatmasdan, naql qilingan kitobning nomini iqtibos qilingan so‘zlardan oldin keltirishlik. Masalan: Falon kitobda aytilgan, keyin keltirilgan matnni keltiradilar. Bunga fatvolarida aytilgan misollardan:

  1. Musannif aytadi: “Al-Muhit”ning ijara kitobini o‘n birinchi bobida zikr qilib dedi: “Fatvo shuki, yosh bolaning uyini tortib olinsa, ajri misl to‘lanishi kerak”.
  2. Musannif aytadi: “Muhit”dan iqtibos keltirgan holda: “Agar bir kishi o‘z  bolalariga deb vaqf qoldirsa, o‘zining bolalari va o‘g‘illarining bolalari ham kiradi. Ammo qizlarining bolalari haqida ikki xil rivoyat bor”.[3]

5-uslub. Avval iqtibos keltirgan matnni keltirib, so‘ngra muallifning ismini, so‘ngra iqtibos keltirilgan kitobning nomini keltirganlar. Masalan: “…shunday deb, falonchi falon kitobda zikr qildi” deydi. Bunga misollar:

  1. Musannif aytadi: “Shayxlar bu masalada ixtilof qilishgan, ulardan ba’zilari “qarz beruvchi qarzini hozir bo‘lib turgan merosxo‘rdan undirib oladi, modomiki qarzdor merosxo‘r g‘oyib bo‘lsa. Qachoniki qarzdor hozir bo‘lsa avvalgi merosxo‘rga qarz qaytariladi” deb aytdilar. Chunki qarz merosdan ustun turadi. Shamsul Aimma Halvoniy buni aytib o‘tgan.
  2. Musannif aytadi: “Ha, u musulmonning g‘iybat qilishlik kabidir, joiz emas, bu haqda “Fathul-qodir”da ochiq-oydin aytilgan va shayximiz o‘zining “Bahr”ida undan rivoyat qilgan”.[4]

6-uslub. Avval iqtibos keltirgan matnni keltirib o‘tib, so‘ngra iqtibos keltirgan kitobning nomini aytadilar, so‘ngra kitob muallifining ismini keltiradilar. Masalan, matnni tilga olib, shunday deydi: “…shunday deb falon kitobda falonchi zikr qilgan”. Bunga misollardan:

  1. Musannif aytadi: Jalol aytdi: “Dalillarning umumiyligiga ko‘ra, jinlar ham buni ko‘radilar”. Xuddi shu narsa Ibn Hajar Haytamiyning fatvolarida ham kelgan.[5]

7-uslub. Avval iqtibos keltirgan matnni eslatib o‘tib, kitob muallifining ismini aytmasdan, iqtibos qilingan kitobning nomini keltirganlar. Masalan:  matnni zikr qilgandan keyin shunday deydi: “Falon kitobda shunday zikr qilingan”. Bunga misollar:

  1. Musannif aytadi: “Haqiqat shuki, Abu Umomaning hadislarida savol so‘ragan kishi Abu Zardir. Musamaroda ham xuddi shunday.”
  2. Musannif aytadi: “Agar joiz bo‘lmasa, bu uning farzidir. Manzumaning sharhida ham shunday”.[6]

8-uslub. Avval iqtibos keltirilgan matnni zikr qilib, so‘ngra qaysi kitobdanligini aytmasdan, muallifning ismini zikr qilganlar. Masalan, matnni zikr qilgandan keyin shunday deydi “Falonchi uni shunday zikr qildi.” Bunga fatvolarda keltirilgan misollardan:

  1. “Er ayolini har juma kuni ota-onasining oldiga chiqishga ham, yoki ularni ayolining oldiga kirishlariga ham to‘sqinlik qilmaydi.” Qozi Xon  buni zikr qilgan.
  2. Musannif aytadi: “U zot: “U ulardan emas” deb javob berdi” Islom shayxi, Al-Anam shahri hokimi Abu Al-Saud Al-Amadiy shunday fatvo bergan.[7]

9-uslub. Naql qiluvchining yoki kitobning nomini ko‘rsatmasdan, ulamolarning birlaridan hikoya qilingan so‘zlarni zikr qilib keltirishlik. Bunga fatvolarda kelgan misollardan:

  1. Musannif aytadi: Abu Yusuf (roziyallohu anhu)dan rivoyat bor: “To‘rt rakat, keyin ikki rakat namoz o‘qisin”.
  2. Musannif aytadi: Faqih Abu Jafar rahimahullohdan rivoyat qilinadi: “Qiyos uni lozim qilmaydi, istehsonga ko‘ra turishni kechiktirish lozim bo‘ladi”.

10-uslub. Ularning birortasini yoki muallifini aytmasdan ba’zi kitoblarga nisbat berish. Bunga dalil:

  1. Musannif aytadi: “Va u buni ba’zi kitoblarga yozgan, chunki zohir yolg‘on bo‘lmaydi”.
  2. Musannif aytadi: “Iqror bo‘lgan odam o‘z iqrorida yolg‘on gapirmaganligi haqida qasam ichadi”. Hidoyaning ba’zi sharhlarida shunga o‘xshash misollar bor.[8]

Toshkent islom instituti talabasi

Gadayev Furqat

[1] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 29-30

[2] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 30.

[3] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 30-31.

[4] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 31.

[5] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 32.

[6] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 32-33.

[7] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 33.

[8] Muhammad Ibn Abdulloh Xotib. Fatavoi Temurtoshiy. Dotor Abdulloh Mahmud Abu Hassan tahqiqi. – Ammon: Darul Fath, 2014. – B. 34.

429870cookie-checkAbul Abbos Zahiriddin Ahmad Temurtoshiy “Fatavoi Temurtoshiy” kitobida fatvo yozish uslublari:

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: