islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Doktor Muhammad Husayn Zahabiyning “at-Tafsir val-Mufassirun” asarini tarkibiy tuzilmasi va uslublari bayoni

At-Tafsir val-Mufassirun asari tafsir ilmining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, mufassirlarni tafsir kitoblarini ta’lif etishdagi o‘ziga xos uslublarini va Alloh taoloning kitobini sharhlashda tutgan yo‘llarini bayon qilib bergan asardir. Va yana bu asarda muallif zamonaviy tafsir kitoblarining turlarini bayon qilib bergan. Va yana bu kitobda tafsir kitoblarga tegishli ba’zi bir masalalarni ham bayon qilib ketilgan. Xususan, tafsir kitoblariga kirib qolgan isroiliyotlarni va mufassir Alloh taoloning kalomini tushunishlikda yoki tafsir kitobini ta’lif etishlikda agar isroiliyot xabarlariga yo‘liqsa, nimalar unga lozim bo‘lishi va ularni qabul qilishlikda qanday shartlarga amal qilishini bayon qilib bergan.

Ushbu kitob musulmonlarga tafsir ilmining merosi qanchalik keng va qadimiy ekanligini bildirib va tafsir ilmini o‘rganishlikda faqat uning bir yoki ikki turiga cheklanib qolmasdan barcha turini o‘rganishlikka undagan kitobdir. Mufassirlarni mazhablari ham bu tafsir kitoblarini ta’lif etishlikda o‘ziga yarasha o‘rni borligini bildirib berishligi ham bu kitobning o‘ziga xosligiga dalolatdir.

Shuni ta’kidlab aytish lozimki, ushbu kitob tafsir ilmidagi eng mashhur mufassirlarni uslublarini va ularni Alloh taoloni kalomini sharhlashda tutgan yo‘llarini bayon qilish bilan birga tafsir ilmida yozilgan botil tafsir kitoblarni va ularni Alloh taoloni kitobini sharhlashda botil yo‘ldan yurganini bayon qilib undan ogohlantirgan kitobdir. Ushbu kitobni o‘qigan odam to‘g‘ri va haqiqiy sof tafsirni botilidan ajratib oladi.

Ushbu kitob muqaddima, uchta bob va xotimadan iborat. Muqaddimada uchta mabhas bor.

1-mabhas : Tafsir va ta’vilning ma’nosi va ularning o‘rtasidagi farq. Ushbu bobda muallif tafsir so‘zining lug‘aviy ma’nosi qanday ekanligi va unga Qur’oni karim oyatlari va lug‘at kitoblaridan dalillar keltirib, so‘ng uning istilohiy ma’nosini yoritib bergan.

2-mabhas: Qur’oni karimni boshqa tilga tarjima qilish. Bu mabhasda muallif Qur’oni karimni ikki xil tarjimasini zikr qiladi.

Birinchisi, so‘zma-so‘z tarjima, ya’ni kalomni bir tildan ikkinchi tilga, nazm va tartibini, asl ma’noning saqlanishini rioya qilgan holda o‘girish.

Ikkinchisi, ma’naviy tarjima (tafsir)dir. Bunda kalomning ma’nolarini erkin usulda boshqa til bilan tushuntirib beriladi. Nazmu tartibga rioya qilinmaydi. Zarur o‘rinda misollar tariqasida rivoyatlar keltiriladi, tarixdan bayon qilinadi, fiqhiy hukmlar aytiladi, turli xulosalar chiqariladi.

3-mabhas: Qur’oni karim tafsiri u tasavvurot turidanmi yoki tasdiqot turidan? Ushbu bobda muallif ulamolarni tafsir ilmi u tasavvurot turidanmi yoki tasdiqot turidanmi degan o‘rindagi turlicha fikrlarni keltiradi. Ulardan ba’zilari tafsir ilmi tasvvurot turidan desalar, ba’zilari tasdiqotlardan degan. Muallif bu boradagi ixtilofni lafziy, juz’iy masala ekanligini aytib o‘tadi.

1-bob: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) va sahobalar davrida tafsir.

2-bob. Tobeinlar davrida tafsir ilmi.

3-bob. Tadvin davrida tafsir. Ushbu davr Bani Umayya xalifaligi tugab, Abbosiylar xalifaligining boshiga to‘g‘ri keladi.

Xotima. Muallif xotimada zamonaviy tafsir turlari hamda ularni eng mashhurlarini keltirib o‘tadi. Ular:

  1. Ilmiy tur.
  2. Ilhodiy tur.
  3. Mazhabiy tur.
  4. Adabiy ijtimoiy tur.

Bularning barchasiga alohida to‘xtalib o‘tgach, muallif  ushbu kitobini xolis Alloh roziligi uchun bo‘lgan amallardan bo‘lishini so‘rab duo ila yakunlaydi.

Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu asarni o‘qigan inson tafsir ilmi bog‘iga sayohat qilganday bo‘ladi. undan Qur’oni karim ilmiga tegishli to‘g‘ri kerakli ma’lumotni olib noto‘g‘ri va adashtiruvchi ma’lumotlardan xabardor bo‘ladi.

Toshkent islom instituti talabasi

Muxtorov Isroiljon

430570cookie-checkDoktor Muhammad Husayn Zahabiyning “at-Tafsir val-Mufassirun” asarini tarkibiy tuzilmasi va uslublari bayoni

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: