islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

23-aprel – Xalqaro ingliz tili kuni

23-aprel- Xalqaro ingliz tili kuni ekanligini bilarmidingiz? Xalqaro ingliz tili kuni haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

Bugungi kunda dunyo aholisi 7 mingga yaqin tilda so‘zlashadi. Biroq ularning bir necha o’ntasigina u yoki bu mamlakatda rasmiy maqomga ega bo’lib, jahon ahamiyatiga molik tillar qatorida turadi. Xususan, BMTning 6 ta rasmiy ish tili mavjud: ingliz, arab, xitoy, fransuz, rus va ispan tillari. BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti – YUNESKOning 2010 yilda qabul qilgan qaroriga asosan mazkur tillarning har biri uchun xalqaro til kuni belgilab qo’yilgan. Unga muvofiq 23 aprel-xalqaro ingliz va ispan tili kuni, 18 dekabr-xalqaro arab tili kuni, 20 aprel-xalqaro xitoy tili kuni, 20 mart-xalqaro fransuz tili kuni, 6 iyun- xalqaro rus tili kuni deb e’lon qilingan.

BMTning ingliz tili kuni (UNO‘s the English Language Day)-xalqaro bayram bo‘lib, u har yili 23-aprelda nishonlanadi. Bayram 2010-yilda BMT Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan “ko‘p tillilik va madaniy turfa xillikni nishonlash hamda BMTning barcha rasmiy 6 ta tillardan teng huquqli foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida” ta’sis etilgan .

23-aprel sanasi “an’anaviy tarzda nishonlanadigan mashhur ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tug‘ilgan kuni va vafot etgan kuni” sifatida tanlab olingan. Ingliz tili bilan bir qatorda BMTning qolgan 5 ta rasmiy tili sharafiga xalqaro bayramlar ham o‘tkaziladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tillar kunining nishonlanishidan ko‘zlangan maqsad ko‘p tilli va madaniy xilma-xillikni nishonlash, shuningdek, butun olti rasmiy tildan butun tashkilotda teng ravishda foydalanishni rag‘batlantirish edi.

Ingliz tili kunining xalqaro doirada nishonlanishidan maqsad yesa odamlarni tarix, madaniyat va til bilan bog’liq yutuqlar haqida xabardor qilishdir. Ushbu kunda ko’pincha kitob o’qish tadbirlari, ingliz tilida viktorinalar, she’rlar va adabiyotlar almashinuvi va ingliz tilini targ’ib qiluvchi boshqa tadbirlar o’tkaziladi.

Har yili buyuk ingliz yozuvchisi, jahonning nomdor ingliz dramaturgi Uilyam Shekspir tug’ilgan kun-23 aprelda “Ingliz tili kuni” nishonlanadi. Ushbu kun Uilyam Shekspirning tug’ilgan kuni va uning vafotining yilligi deb taxmin qilinganligi sababli tanlangan. Uilyam Shekspir ingliz tilining rivojlanish tarixidagi eng buyuk yozuvchilardan biri sanaladi. U ingliz xalqining eng taniqli dramaturgi bo‘lgan, shu bilan birga zamonaviy ingliz tiliga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning asarlari hanuzgacha nashr etilmoqda, vafotidan deyarli 400 yil o‘tgach teatrlarda namoyish etildi va dunyo sahnasini ko‘rdi.

Bugungi kunda ingliz tili butun dunyo bo‘ylab ikki milliarddan ortiq odamlar uchun aloqa vositasiga aylangan. Vaholanki, bundan 15 asr oldin kundalik hayotidagi muloqot uchun ingliz til muhim rol o‘ynagan. Hozirgi kunda ingliz tilining dunyo miqyosida kundan kunga nufuzi yanada ortib borayotganini yoshlar hayotida tutgan o‘rnidan bilish qiyin emas. Yon-atrofimizda til o‘rganuvchi yoshlar, ayniqsa, talabalar soni ortmoqda. Qayerga qarasangiz, ingliz tili o‘quv kurslari e’lonlariga, o‘qitish kurslari tashkil etilganiga ko‘zingiz tushadi.

Jahon hamjamiyatida muhim o‘rniga ega nufuzli Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiy ishchi tillaridan bo‘lgan arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus va ispan tillari orasida ingliz tilining alohida ahamiyat kasb etishiga eng asosiy sabablardan biri uning kompyuter dasturlash va internet tili ekanligidir. Ma’lumki, Birinchi Jahon urushi qarz beruvchi mamlakat yetakchilari bo‘lmish ingliz siyosatchilari urushdan so‘ng, qarzdor davlatlarning boshqaruvchilariga aylangan. XX asrning ikkinchi yarmida esa butun dunyoda AQShning taraqqiy etgan davri boshlangan. Qachonlardir Angliya mustamlakasi bo‘lgan AQSh dunyoda eng kuchli mamlakatga aylanib, o‘z mahsulotlari bilan jahon bozorlarini to‘ldirdi. Amerika Q‘o‘shma Shtatlarida kompyuter va internet kashf qilinishi ingliz tilini butun yer shariga tarqalishiga olib keldi. Ushbu mamlakatdagi hayot tarzi butun dunyo aholisida qiziqish uyg‘otib, amerikaliklarga yaqinroq bo‘lib, ular bilan muloqot qilish maqsadida ko‘plar ingliz tilini o‘rgana boshladi.

Bugun ingliz tili butun dunyodagi eng muhim muloqot tili sifatida e’tirof etilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu til dunyoning 70 mamlakatida rasmiy aloqa vositasi sanaladi. Ingliz tili 500 milliondan ko‘proq kishining asosiy muloqot tili bo‘lib, yana 1 milliard 300 millionga yaqin inson uchun ikkinchi til hisoblanadi. Yil sayin xalqaro tashkilotlarda va korxonalarda ishlayotgan odamlar soni oshib bormoqda va bu ularning ish sohasidagi kerak boladigan ingliz tilini yaxshilash va muvaffaqiyatga erishish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Dunyo bo’ylab 1,75 milliarddan ortiq kishi ingliz tilida gaplashadi – bu dunyodagi har 4 kishidan 1 tasi demakdir.

Buyuk Britaniyaning XVII va XX asr o’rtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQShning XX asrdagi dunyoviy ta’siri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi.

Jahonning deyarli yarim adabiyoti aynan ingliz tilida nashr etilganligi, hatto ingliz tili taniqli buyuk ingliz adiblari Uilliam Shekspir, Jonatan Svift, Daniel Defo, Valter Skot, Charlez Dikkenz, Jorj Bayron, Artur Konan Doyl kabilarning tili ekanligi, dunyoda bu tilda hatto xitoy mandarin lahjasi va hindi tillaridan ham ko‘proq dunyo aholisi sozlashishi ham ingliz tilini jahon hamjamiyatida muhim orin egallashiga yaqqol misoldir.

Nima sababdan bayram sifatida nishonlash uchun 23-aprel sanasi tanlangan? Chunki mazkur kunda “Romeo va Juletta”, “Qirol Lir”, “Otello”, “Makbet” kabi nodir asarlar muallifi, uyg‘onish davri buyuk ingliz dramaturgi va shoiri Uilliam Shekspir tavallud topgan kun ekanligi ham ingliz tilini xalqaro til o‘rnida yanada mavqeini oshirganligini e’tirof etish mumkin.

Bugun ingliz tilini chuqur o‘rganish, uni bilish har bir o‘qimishli inson uchun, har qanday soha egasi bo‘lishni xohlagan talabalar uchun juda muhimdir.

O’zbekistonda ingliz tili yoshlar orasida ommalashib bormoqda, chunki til bilimi xorijiy Oliy o’quv yurtlarining mahalliy filialida yoki bevosita xorijiy Oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish imkonini beradi.

O’zbek ta’lim tizimida o’quvchilar boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’rgana boshlaydilar. Ingliz tili oqitish kurslari ochilgan. Bolalar uchun yozgi til lagerlari tashkil etilmoqda. O’qituvchilar malakasini oshirish va ingliz tilini o’rgatuvchi professional kadrlar bilan ta’minlash hukumat tomonidan tobora ko’proq e’tiborga olinmoqda.

Global o‘zgarishlarga qaramay, ingliz tili hamon xalqaro muloqot tili (lingua franca) bo‘lib qolmoqda va shunday davom etishi kutilmoqda. U savdo, ilm-fan, texnologiya, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa sohalarda muloqotning asosiy kaliti hisoblanadi. Uning doimiy ommaviyligi ta’lim, ish imkoniyatlari va global harakatchanlik kabi omillar tufayli saqlanib qolmoqda.

Ingliz tili ko‘plab sohalarda, ayniqsa kompyuter dasturlash kabi raqamli texnologiyalarda, shuningdek, ilmiy maqolalar aksariyat hollarda faqat ingliz tilida chop etiladigan ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim sohalarida keng tarqalgani sababli, ish beruvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uni karyera muvaffaqiyati uchun zarur deb bilishadi va bu talabni yuzaga keltiradi.Natijada, bizning Ingliz tilining kelajagi hisobotimiz ko‘rsatishicha, ingliz tilini o‘rganuvchilar soni keyingi o‘n yil ichida barqaror qolishi yoki hatto ortishi kutilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, an’anaviy ravishda o‘qitish va imtihonlarda grammatika, soʻz boyligi hamda o‘qish va yozish kabi qabul qilish ko‘nikmalariga urg‘u berilgan bo‘lsa, bugungi kunda ish beruvchilar to‘rtala til ko‘nikmasini ham yaxshi egallashni talab qilmoqdalar. Biroq, bu va talab qilinadigan malaka darajasi lavozim va sohaga qarab farqlanadi. Masalan, hujjatlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash uchun o‘qish va yozish ko‘nikmalari juda muhim. Aksincha, sayohat va mehmondo‘stlik kabi xizmat ko‘rsatish sohalarida gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalari mijozlar bilan muloqot qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, til bilish salohiyati tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni hisobga olgan holda, yoshlarning ham til ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish zarur. Til bilgan, el biladi.Til-dunyoni bilish kalitidir. Bugungi kunda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan dunyomizda ingliz tili hamon odamlarga ish, o‘qish yoki dam olish paytida madaniy va til to‘siqlarini yengib o‘tish imkonini beruvchi yetakchi jahon tili bo‘lib qolmoqda. Tilga e’tibor, elga e’tibor. Til organishdan hech qachon tohtamang.

Foydalanilgan Internet saytlari:

  1. w.w.w.uz.wikipedia
  2. w.w.w.britishcouncil.uz
  3. w.w.w.old.uwed.uz
  4. w.w.w.insonhuquqlari.uz

“Tillar” kafedrasi katta oqituvchisi Faxriddin Yernazarov tayyorladi

446080cookie-check23-aprel – Xalqaro ingliz tili kuni

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: