islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan hisoblanadi. Allomaning to‘liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh al-Hasan ibn Abu Ali ibn Sino bo‘lib, ko‘pincha qisqartirilib Abu Ali ibn Sino yoki Ibn Sino deb yuritiladi.

Ibn Sino 370-hijriy yil Safar oyining boshida (ya’ni 980-yil avgust oyining ikkinchi yarmida) dunyoga keldi.

Ibn Sino ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan.

Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 tadan 80 tasi falsafa, ilohiyot, tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobat ilmiga bag‘ishlangan.

Ibn Sino nafaqat tibbiyotga oid asarlar yozdi balki Qur’on ilmi, hadis, grammatika va arab tili bilan shug‘ullangan. U 10 yoshidayoq Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan va Ixlos surasini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan misollar keltirilib, arab tilida tarjima (tafsir) qilgan. Bu esa uning mufassir ekanidan dalolat beradi. Mazkur sura mantiqiy usulda, oyatlardan ba’zi kalimalar alohida ajratib olingan holda tafsir qilingan.

Ushbu tafsir bugungi kunda Saudiya Arabistonidagi “Mamlakat ul-harami-l makkiy” kutubxonasida saqlanmoqda.

Olim 428-hijriy yilning ramazon oyida (1037-yilning iyunida) 57 yoshda Hamadonda vafot etadi.

Toshkent islom instituti talabasi

Biloliddin Mustafo

409880cookie-checkIbn Sino

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: