Matn, sharh, fatvo va boshqa turli uslublarda yozilgan hanafiy mazhabidagi kitoblar qanchadan-qancha fiqhga doir masalalar bilan to‘lgan. Ular orasida mazhabning mutaqaddim imomlari Abu Hanifa va u zotning mujtahid shogirdlaridan rivoyat qilinganlari, ulardan keyin kelgan faqihlar istinbot qilgan hukmlar, dalili yoki olingan joyi kuchli bo‘lgani, aytuvchisi yoki rivoyat qiluvchisining martabasi yuqori bo‘lgani uchun mazhabda amal qilinib, boshqasidan ustun qo‘yiladigan masalalar hamda shoz, kuchsiz va rad qilingan masalalar bor…- Toshkent islom instituti talabasi Jalolxonov Abbosxon





