Hanafiy mazhabidagi naslni himoya qilish islom qonunlarining farovonlikni oshirish va zararning oldini olishga qaratilgan kompleks va integral yondashuviga misoldir. Hanafiy fiqhi nasl-nasabni himoya qilish orqali nafaqat oila a’zolarining shaxsiy huquqlari va farovonligini ta’minlabgina qolmay, balki yaxlit va adolatli jamiyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va axloqiy tartibni ham mustahkamlaydi. Ushbu sinchkovlik bilan yondashish islom huquqining abadiy tamoyillarini saqlab qolgan holda, zamonaviy muammolarni hal qilishda Hanafiy huquqiy an’analarining doimiy dolzarbligini ta’kidlaydi...- Toshkent islom instituti talabasi Yuldashxodjayeva Xojiyaxon
Hanafiy ulamolar hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hech bir e’tirozsiz mukammal yetib borishi e’tiboridan mutavotirga, ko‘rinishidan birozgina shubha ila bog‘lanishga ko‘ra mashhurga hamda zohiriy va botiniy shubha bilan bog‘lanishiga binoan ohod hadislarga taqsimlaganlar...- Toshkent Islom instituti talabasi Qobulov Hikmatulloh
Matn, sharh, fatvo va boshqa turli uslublarda yozilgan hanafiy mazhabidagi kitoblar qanchadan-qancha fiqhga doir masalalar bilan to‘lgan. Ular orasida mazhabning mutaqaddim imomlari Abu Hanifa va u zotning mujtahid shogirdlaridan rivoyat qilinganlari, ulardan keyin kelgan faqihlar istinbot qilgan hukmlar, dalili yoki olingan joyi kuchli bo‘lgani, aytuvchisi yoki rivoyat qiluvchisining martabasi yuqori bo‘lgani uchun mazhabda amal qilinib, boshqasidan ustun qo‘yiladigan masalalar hamda shoz, kuchsiz va rad qilingan masalalar bor...- Toshkent islom instituti talabasi Jalolxonov Abbosxon
Mazhab so‘zi lug‘atda yo‘l, yo‘nalish ma’nolarini anglatsa, istelohda shar’iy dalillardan fatvolar chiqarishda maxsus usul va qoidalarga tayanib ish ko‘rgan mujtahidning yo‘liga aytiladi. Ma’lumki, Islom olamining ahli sunna toifasi ichida to‘rtta fiqhiy mazhablar mavjud. Ular: Hanafiy, Molikiy, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablaridir. Darvoqe, bu mazhablar kelib chiqishidan oldin ham turli mazhablar mavjud bo‘lib, u mazhablar muayyan bir shaxs nomi bilan emas balki, shahar va mintaqa aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, Madinaliklar mazhabi, Makkaliklar mazhabi va hokazo. O‘z navbatida mazkur shahar yoki mintaqa aholisi o‘sha yerdagi ulamolarning fatvolariga amal qilishar edi...- Toshkent islom instituti talabasi G‘ofurjanov Muhammadnabi