У 1000 йил аввал Ер шари ўз ўқи атрофида айланишини биринчи бўлиб айтган шахсдир. Замонавий ўлчаш ускуналари ҳали кашф қилинмасидан олдин ер атрофини ўлчаб, 99,7 % фоиз тўғри топган. Турли илмларга оид 120 дан ортиқ китоб таълиф қилган. Беруний она тилидан ташқари яна бир қанча тилларни: араб, сўғдий, форс, сурёний, юнон ва қадимги яҳудий тилларини, кейинчалик Ҳиндистонда санскрит тилини ўрганган. Беруний ўз асарларини асосан араб ва форс тилларида ёзган. Айниқса, араб тилини жуда мукаммал эгаллаган ва кучли илмий асарларини ушбу тилда ёзган. Филология бўйича бир тилдан бошқасига таржима қилишнинг табиий-илмий терминологиялари қоидаларини ишлаб чиққан. Буюк олимнинг номи билан Ойдаги кратерлардан бири ва астероидлардан бири (9936 Ал-Беруний) аталган.
Abul Muin Nasafiy (418-508/ 1027-1115) Markaziy Osiyodagi Sunniylik yo‘nalishi Moturidiya aqidaviy maktabining Imom Moturidiydan keyingi eng muhim ahamiyatga ega olimlaridan biri. Olimning to‘liq ismi – Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ma’bad ibn Makhul Abul Muiyn an-Nasafiy al-Hanafiy.[1, – B. 11.] Abul Muin Nasafiy dastlabki ta’limni ona shahri Nasafda olib, so‘ngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga ko‘chib o‘tgan va siyosiy vaziyatlar ta’siri ostida keyinchalik bir qancha muddat Buxoroda ham yashab ijod qilgan. Olimning Buxoroga kelishi bu shaharda moturidiya ta’limotining keng rivojlanishiga zamin yaratib bergan. IX-X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo o‘lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi. Bu sohalarga bag‘ishlangan qator asarlar va kalom masalasi bilan shug‘ullanuvchi yirik mutakallimlar vujudga keldi. Kalom ilmining bir qancha maktablari bo‘lib, ulardan biri al-ash’ariya bo‘lsa, ikkinchisi al-moturidiya – eng keng tarqalganlari hisoblanadi. Al-ash’ariya maktabining asoschisi bag‘dodlik olim Abu-l-Hasan al-Ash’ariy (873-935), moturidiya maktabining asoschisi samarqandlik taniqli olim Abu Mansur Moturidiy (870-944) ta’limotidan saboq olgan Nasafiy asosan moturidiya maktabiga mansub G‘azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblangan. O‘z navbatida al-Iyjiy (vaf. 1355-yil), Sa’duddin at-Taftazoniy (vafoti 1390 yil) va boshqa ko‘plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat ko‘rsatib, kalom ilmida barakali ijod etib, yetuk olimlar darajasiga ko‘tarilganlar. [2, – B. 267.] Manbalarda keltirilishicha, an-Nasafiy o‘n beshga yaqin asar yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. Ular quyidagilardir: “Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmida so‘zlar dengizi”), “Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom” (“Kalom ilmida dalillar keltirish”), “at-Tamhid li-qavoi’d at-tavhid fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmidagi dastlabki qoidalar”), “Mu’taqidot” (“Aqidalar” – Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Abul Muin an-Nasafiyning bu asaridan bir qo‘lyozma saqlanadi, inv. № 40008/2, Arab tilida yozilgan ushbu asar 52 varaqdan iborat). Allomaning “Bahr al-kalom” asari alohida ahamiyatga egadir. Asarning oltinchi bobidagi fasl (bo‘lim) to‘rt banddan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi “al-Imomat” (“Imomlik”) deb atalgan va shu bandda keltirilgan Payg‘ambar alayhissalomning ikki hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega. Birinchisi, “Iqtadu billaziyna min ba’diy Aba Bakr va Umar” (bu hadislarni Imom at-Termiziy, Imom Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal va boshqa bir qancha muhaddislar o‘z asarlarida rivoyat qilganlar). Ya’ni, “Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar”, degan bo‘lishiga qaramay xalifalik ustida ikki kun bahs bo‘lgan. [3, – B.268.] Ikkinchi hadisdagi “Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil, undan keyin amirlik, podshohlik va hokazolar bo‘ladi”, degan fikrlari naqadar to‘g‘riligini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu muddat (ya’ni o‘ttiz yil) choryorlar paytida tugagan. Bu kitob kalom ilmi bo‘yicha moturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Chunonchi bu asar ash-Shayx Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan aqidaviy ta’limotning eng bosh manbalaridan sanaladi. Ayniqsa, islom dinida turli-tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos darajada kattadir. Abul Mu’iyn Nasafiy o‘z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu Mansur Moturidiyning “at-Tavhid”, Imom Abul Hasan al-Ash’ariyning “al-Luma’”, “Maqolot al-islomiyyin”, Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-Juvayniyning “al-Irshod” asarlaridan foydalangan. Abu Muin Nasafiy “Tabsiratul adilla” asaridek buyuk bir asarni tasnif qilish bilan birga, butun olamga dong taratgan shogirdlarni ham tarbiya qilgan. Jumladan: A’lo ud-din Muhammad ibn Ahmad as-Samalqandiy (575h), Abul Muzaffar Ismoil ibn Adiy al-Talqoniy (540h),...
Masalnavis va mumtoz shoir Gulxaniyning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Gulxaniy uning taxallusi boʻlib, asl ismi Muhammad Sharifdir. Gulxaniy – oʻzbek mumtoz shoiri, adibi, masalnavis va oʻzbek adabiyotida satirik maktab asoschilaridan biri. Uning eng mashhur asari “Zarbulmasal” dir. Bu zot bir nechta tilni juda yahshi bilgan. Mumtoz shoir Gulxaniy oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turk va fors tillarida ham asarlar yozgan. Muhammad Sharif Gulxaniy XVIII asrning oxirgi choragida hozirgi Tojikiston hududidagi Darvoz qishlogʻida tavallud topgan. Lekin ba’zi tadqiqotchilar uni Qoʻqonda dunyoga kelgan deb ham hisoblashadi. Uning vafot etgan sanasi aniq emas, ammo ba’zi manbalarda uning XIX asrning 30-40 -yillarida vafot etganligi taxmin qilinadi.Bu zotning hayoti va ijodi haqida “Majmuai shoiron” (Fazliy Namangoniy), “Tuhfat ul-axbob” (Qori Rahmatulloh Vozeh), “Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron” (Dilshod Otin) kabi asarlarda ba’zi bir maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning “Koʻhiston mulkidan” ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qoʻqonda yashagan, hammomda oʻt yoquvchi-goʻlax vazifasida ozgina vaqt ishlagan. Qoʻqon xoni Amir Olimxon navkarlari safida u xizmatda boʻlgan (1801-1810). Mustaqil mutolaa yoʻli bilan mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Olimxon vafotidan (1811)keyin taxtga oʻtirgan Amir Umarxon (Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning gʻazallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan soʻng vataniga qaytib, koʻproq oddiy insonlarga manzur boʻluvchi sheʼrlar yoza boshlagan. Bu zot juda ta’sirchli hajvlarni yozgan. Bizgacha bir necha gʻazali, hajviyalari hamda “Zarbulmasal” (“Yapaloqqush” hikoyasi) nasriy asari yetib kelgan. Gʻazallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, bahor, real hayotiy manzaralar oʻz ifodasini topgan (“Barmogʻim“, “Ey toʻti“, ”). “Bideh” (bergil, ber menga) radifli gʻazalida shoir navkarlik davridagi hayotini tasvirlagan. Bu gʻazalga chuqurroq nazar tashlansa, muallif katta ijtimoiy masala-oʻz davrining harbiy tartibi, rasm-rusumlari haqida fikr yuritganligini bilib olish mumkin. Gʻazalida lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasiga koʻtarilgan. Shoir Gulxaniy oʻzining zoʻr isteʼdodi, tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijodkor sifatida koʻringan. Shoirning bizga maʼlum gʻazallarining ayrimlari Amiriy sheʼrlariga nazira tarzida yaratilgan boʻlib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay, barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga koʻtarilgan. Shoir Gulxaniyning sheʼriy ijodi, hajman katta boʻlmasada, XIX asr oʻzbek milliy adabiyoti rivojiga samarali taʼsir koʻrsatdi. “Zarbulmasal” asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. “Zarbulmasal” asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Masalnafis Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini koʻrsatib bergan. “Zarbulmasal”da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari(yaroqsiz tomonlari) fosh etilgan. “Zarbulmasal” asarining bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, bu zot xalq ogʻzaki ijodining aforizm (hikmatli soʻz) lariga, maqol va matallariga tayangan holda, zamonasining illatlarini keskin tanqid qilgan. Ayniqsa jaholat, xudbinlik, adolatsizlik kabi illatlarni oʻtkir hajv bilan fosh qilgan. “Zarbulmasal”-satirik maktabning asosiy namunasi hisoblanadi. Bu asar ma’naviy-axloqiy masalalarga e’tibor qaratgan boʻlib, hajviy qahramonlar orqali jamiyatdagi axloqiy inqirozlarni koʻrsatadi. Undagi obrazlar-quldorlar, yolgʻonchilar, mutelikni targʻib qiluvchilar-satiraning asosiy nishoniga aylangan. Gulhaniy masalnafis sifatida shuhrat qozongan, chunki bu zot “Zarbulmasal” nomli asarida koʻplab axloqiy-satirik masallarni oʻziga xos xalqona, oʻtkir va badiiy uslubda...
“Bizning qanday buyuk va shonli o‘tmishimiz, qanday ulug‘ ajdodlarimiz borligini yahshi bilamiz va bu bilan hamisha fahrlanamiz. Biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yoq”. (Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti) Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.01-Toshkent shahri-1982.22.12) – muftiy, taniqli diniy arbob va ma’rifatparvar olim bo‘lgan. Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (Boboxonov), o‘z davrining yetakchi din arbobi, mintaqa musulmonlarining muftisi edi. O‘n ikki yoshida Qur’on xofizi bo‘lgan. 1943 yili tashkil etilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazoratiga otalari Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon rais, Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon esa ma’sul kotib va O‘zbekiston qozisi etib saylanishdi. U kishidagi katta tashkilotchilik, din qayg’usida jon kuydirish, musulmonlar ishi uchun fidoyilik hislatlarini ayniqsa jo‘sh urdirib yubordi. Shundan keyin Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon butun umrini Alloh taoloning dini hizmatiga bag‘ishladi, yurt musulmonlari manfaatini qattiq turib himoya qildi, xalqni ma’rifatli qilish ishining boshida turdi. Ziyovuddinxon qorining Islom dini sofligi, musulmonlar birdamligi, mamlakatimizda Islom dinini turli bid’at va xurofatlardan tozalash, dindorlar o‘rtasidagi ixtilofligi holatlarga barham berish borasidagi xizmatlarini hozirgacha yaxshi eslashadi. Uning hayoti va ijodi islom dinini targ‘ib qilish, diniy ta’limni rivojlantirish va xalqaro diniy aloqalarni mustahkamlashga bag‘ishlangan. Futuhiy taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshgan yetakchi din arbobi edi. Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tashkil etdi va unga bevosita rahbarlik qildi. Bu zot arab va rus tillarini juda yahshi bilgan. 1908-yil 8-yanvarda Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon Toshkent shahrida tugʻilgan. Dastlab otasi Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon qoʻlida, keyin Toshkentdagi Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil olgan (1923-1931). 1947-1948-yillarda Qohira shahridagi al-Azhar universitetining shayxlaridan -Abdulloh Fuqqoiy Hofiz Tiyjoniylardan dars olib tugatgan. Keyin Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon Makka va Madina shaharlariga borib bilim olib qaytgan (1947). Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qoʻmitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining oʻrinbosari (1943-1957), 1957-yilda Eshon Boboxon vafotidan keyin Markaziy Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylangan (1957-1982). Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Hazrat Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning saʼy-harakati bilan Buxoro shahrida Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida oʻtkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga harakat qildi. Masjidlar boʻyicha Butunjahon oliy kengashi aʼzosi etib saylandi (Makka shahri, 1976). Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon diniy merosni keng targʻib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini oʻzbek va rus tillariga tarjima qilgan. Hazrat Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning “Diyorimizda islom va musulmonlar” asari (1979, rus tilida) da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekanligi koʻrsatilgan. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAPning oliy ordenlari bilan taqdirlangan. 1998-yil tavalludining 90 yilligiga bagʻishlab Toshkent shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi 2023-yil 27-iyunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotlangan. Otalari Eshon Boboxon hazratlarining vafotidan keyin, 1957 yili shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy vazifasiga yakdillik bilan saylandi. Shundan keyin uning yangi masjidlar...
Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulkarim al-Pazdaviy (milodiy 1010–1089 yillar atrofida) Markaziy Osiyo musulmon ilm-fani tarixida yuksak o‘ringa ega bo‘lgan fiqhshunos, usuliy va hanafiy olimlaridan biridir. U “Fakhr al-Islām” — ya’ni “Islom faxri” laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Tug‘ilgan joyi: Pazda qishlog‘i (Nasaf yaqinida) U umrining asosiy qismini ilm bilan Samarqandda o‘tkazgan. Asosiy qism. Pazdaviy Hanafiy fiqhi va usul ilmlarini chuqur o‘rgangan hamda o‘z asarlari bilan bu mazhabni mustahkamlashda muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, “Usul al-Pazdaviy” (to‘liq nomi *Kanz al-Usul fi Usul al-Fiqh*) nomli asari orqali u Hanafiy usul ilmining asosiy manbalaridan birini yaratdi. Bu asar keyinchalik ko‘plab olimlar tomonidan sharh qilingan, eng mashhurlaridan biri — “Kashf al-Asrār” Abu al-Barakāt al-Nasafiy (vafoti: hijriy 710 / milodiy 1310 y.) U mashhur hanafiy faqih va mutakallim (kalom ilmi ulamosi) bo‘lib, Movarounnahrda (asosan Samarqand va Nasaf hududlarida) ilmiy faoliyat yuritgan. “Kashf al-Asrār” — bu Abu-l-Hasan al-Pazdaviyning mashhur “Usul al-Pazdaviy” asariga yozilgan sharh hisoblanadi. Xulosa. U hanafiy usul ilmini chuqur tahlil qilib, murakkab fiqhiy masalalarga aniqlik kiritadi. Bu asar keyinchalik hanafiy madrasalarida asosiy o‘quv qo‘llanmasiga aylangan. Pazdaviy o‘z zamonasining ilg‘or ulamolari qatoridan bo‘lib, nafaqat fiqh va usulda, balki kalom, mantıq va tafsir sohalarida ham chuqur bilimga ega bo‘lgan. Uning ilmiy maktabi ko‘plab shogirdlarni yetishtirgan, ular esa keyinchalik Hanafiy mazhabining yanada rivojlanishiga xizmat qilgan. Bazdaviy ijodining afzalligi shundaki, u murakkab masalalarni ham aniq, lo‘nda va hujjatlar bilan asoslab bayon qiladi. Uning ilmiy merosi hanuzgacha madrasalarda, islomiy universitetlarda o‘rganiladi. Abu-l-Hasan al-Pazdaviy o‘zining asarlari bilan Hanafiy mazhabining tarixiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan. TII talabasi Gʻoʻziev Kamoliddin 505