Boborahim Mashrab-shoir va xalq donishmandi (1641–1711) Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Boborahim Mashrab-o’zbek adabiyoti va xalq o‘g‘zaki ijodining yirik namoyandalaridan biridir. Bu zot-shoir, mohir gʻazalnavis, xalq donishmandi va mutafakkir bo‘lgan. XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida Boborahim Mashrab yashab ijod qilgan. Uning hayoti va ijodi ko‘plab afsona va rivoyatlar bilan o‘ralgan yani Boborahim Mashrabning hayoti va faoliyati haqida aniq tarixiy ma’lumotlar oz, ammo u haqida xalq o‘rasida ko‘plab o‘g‘zaki hikoyalar, afsonaviy voqealar tarqalgan. Ularning hammasi ham tarixiy haqiqat bo‘lmasligi mumkin, lekin ular xalqning unga bo‘lgan muhabbatini, e’tiqodini ko‘rsatadi. Boborahim Mashrab din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor boʻlgan so’fi Eshon Mulla Bozor Oxund (xoʻja Ubaydullo) qoʻlida diniy taʼlim olgan, so’fiy tariqatlar boʻyicha bilimini oshirgan, forsiy tilni oʻrgangan. Boborahim Mashrab fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yozgan. Boborahim Mashrab oʻzbek adabiyoti tarixida eng koʻp mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi gʻazallari kabi shoʻx va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir. Mumtoz sheʼriyatda murabba’ turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Boborahim Mashrab ijodining oʻrni katta. Shoir sheʼrlarida Allohning mavjudligi, bor-u birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatʼiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning oʻzgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi taʼlimot toʻla-toʻkis qabul qilinadi. Shoir Boborahim Mashrab merosi, asosan „Qissai Mashrab”asari orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi. Boborahim Mashrab taxminan 1641-yilda (yoki 1640, 1653, 1657) Namanganda tugʻilgan. Boborahim Mashrab qachon tugʻilgani toʻgʻrasida olimlar orasida har-xil fikrlar mavjud. Boborahim Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Boborahim Mashrab yoshlik davrida bilim olishga intilgan. U koʻplab diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan. Boborahim Mashrab dastlab eshon Mullo Bozor Oxund qoʻlida tahsil oladi. Xorazm, Buxoro, Balx kabi oʻsha davrning yirik ilm-ma’rifat markazlarida bo‘lgan. U Naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi Hofiz Muhammad Sodiqdan ta’lim olgan. Taxminan,1665-yilda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga koʻra, oʻsha zamonda katta obroʻga ega boʻlgan yirik din arbobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoʻja eshon huzuriga boradi. Qashqarda Ofoq Xoʻja huzurida o‘z bilimini yanada chuqurlashtiradi. Lekin u yerdagi pir-u murshidlik uzoqqa choʻzilmaydi. Boborahim Mashrab Samarqand, Xoʻjand, Buxoro kabi shaharlarda kezib yuradi va Qubodiyonda (hozirgi Afg’onistondagi tarixiy shahar nomi) Soʻfi Olloyor bilan uchrashib qoladi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yoʻnalish ruhidagi sheʼrlarning koʻpchilik qismi Ofoq Xo’ja dargohida va uning targʻibot saboqlari taʼsirida yozilgan. Ofoq Xoʻja shaxsiy xislat-fazilatlarini madh etuvchi, uni “pir-u rahbar” deb tan oluvchi bayt-misralar mujassam boʻlgan gʻazal va muxammaslar ham (“Koshki”, “Oʻzum” radifli gʻazallar, “Qolmadi” radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir. Boborahim Mashrab taxminan 1672–1673-yillarda Ofoq Xo’ja dargohini tark etadi. Boborahim Mashrab piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, turli oʻlkalarda darbadarlikda oʻtkazadi. 1673-yildan boshlab Boborahim Mashrab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. 1711-yilda shoir Boborahim Mashrab Balxga keladi. Balx viloyat hokimi Mahmud Qatagʻonning hukmi bilan dorga osib oʻldiriladi. Boborahim Mashrab nomi XVIII-XIXasrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr etiladi (masalan, Bade Samarqandiyning “Muzokir ul-as’hob”ida). Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Boborahim Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat “Devoni Mashrab”, “Devonai Mashrab”, “Eshoni Mashrab”, “Hazrati shoh Mashrab” nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan...
Hazrat Maxdumi A‘zam haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? XV-XVI asrlarda yashab o‘tgan yirik mutasavvuf, faqih, faylasuf, naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchi, ahloqshunos olim, shuningdek ta’sir doirasi kuchli siyosiy arbob Maxdumi A’zamning (1461-1542) to‘liq nomi-Sayyid Ahmad ibn Mavlono Jaloliddin Xojagi Kosoniydir. Maxdumi A’zam xonadonida saqlanib qo‘lgan shajaranoma va ishonchli tarixiy manbalarga ko‘ra, Kosoniyning nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam shajaralariga 22 avlodli xalqa orqali ulanadi. Sayyidlar avlodiga butun musulmon olamida hurmat-e’tibor kuchli bo‘lgan, shuning uchun Maxdumi A’zam tug‘ulib o‘sgan xonadon ham el orasida tabarruk xonadonlardan biri sifatida e’zozlanadi. U O‘rta Osiyodagi naqshbandiya ta’limoti izdoshi bo‘lmish Xo‘ja Ahrorning muridi bo‘lgan. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli ruhiy ta’sir quvvatiga ega bo‘lgan zot edi. Ulug‘ olim naqshbandiya arkonlariga muvofiq dehqonchilik hunarini egallab, bu sohada alohida iste’dodga ega bo‘lgan ziroatchi sifatida yangi meva va poliz navlarini yetishtirgan. Ziroatchilikda yangi meva navlaridan (anjir, nok va behining yangi navlarini) kasf etgan, yangi qovun navlarini yetishtirgan. Dehqonchilik tartib-qoidalariga oid asarlar yozgan. Miyonkolda qo‘riq va to‘qay yerlarni o‘zlashtirib, ularni ekinzor va bog‘larga aylantirib, melioratsiya sohasi rivojiga ko‘p hissa qoshgan. Markaziy Osiyoda temuriylarning toj-taxt talashishlari oqibatida parchalanib ketgan ulkan saltanatning inqirozi davrida yashagan hazrat Maxdumi A’zam bu saltanatni qayta tiklashga harakat qilgan shayboniylarning birlashtiruvchi harakatiga siyosiy jihatdan ko‘mak berdi, bo‘linib ketayotgan xonliklar va amirliklar o‘rtasidagi nizolarni kelishtirishga ko‘p kuch sarfladi shuningdek shayboniylar bilan temuriylarni bir-biri bilan yarashtirishga harakat qilib, o‘z yurtidan Hindistonga ketishga majbur bo‘lgan temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifatchilik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatladi. Hazrat Maxdumi A’zam Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy kamolitida muhim o‘rin tutgan. Zahiriddin Muhammad Bobur piriga sovg‘a-salomlar yuborgan, maktublar yozgan. Hazrat Maxdumi A‘zam ham javob sifatida “Risolai Boburiya” asarini yozgan. Maxdumi A‘zam yaxshi oilaviy tarbiya ko‘rgan mo‘min, oriyatli, kamtarin, muhtojlarga, ojizlarga mehr-muruvvatli, rahmdil murabbiy, zolimlarga, adolatsiz amirlarga beshavqat, ilm-ma’rifatga homiy bo‘lgan inson edi. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli notiq bo‘lgan, u zot o‘qigan jig‘inlarda minglab odamlar to‘plangan. Ular notiqqa ixlos qilib tinglashgan va har kim o‘z dardiga davo topgan, ayrim dinga e’tiqod qiluvchi tinglovchilar esa hatto islom dinini qabul qilgan. Maxdumi A’zam 866/1461(1463 yoki 1464) yil Kosonda (hozirgi Namangan viloyatining Kosonsoy shaharchasi) tavallud topgan. Bu ulug‘ zotning ustozi Mavlono Muhammad Qozi o‘z shogirdini Maxdumi A’zam deb atadi. Bu taxallus-“ulug‘ maxdum”, “ustozlariga sadoqatli shogird” ma’nolarini anglatadi. Maxdumi A’zam islom olamida o‘tgan uchta buyuk A’zamlardan biri ekanligi ham ishoradir. Ular: Imomi A’zam, G‘avsuli A’zam va Maxdumi A’zamlardir. Uning otasi ilmli, ma’rifatli saidzodalardan bo‘lib, obro‘li-e’tiborli kishi edi, shuning uchun uning ismi yo‘niga Mavlono qo‘shib, Mavlono Jaloliddin deb murojaat qilishgan. Taniqli sharqshunos olim A.Mo‘minovning tadqiqotlariga ko‘ra, Maxdumi A’zam onasining ajdodlari Ahmad Yassaviyga bo‘rib taqaladi. Ul zotning tog‘asi esa tijoratchi bo‘lgan. Maxdumi A’zam ilk ta’limni Kosonda olib, keyin Axsikatda Xoja Muborak madrasasida o‘qishni davom ettiradi. Maxdumi Azamning domlasi Mulla Ziyo o‘z shogirdinining a’lo darajadagi qobiliyatini hisobga olib, unga “ilmuz zohir” (oddiy, umumiy ilmlar) dan yahshi ta’lim beradi va shu bilan birga “ilmul botin” ni chuqur o‘rgatadi. Yosh Maxdumi A’zam ustozining maslahati bilan taniqli so‘fiy shoirlardan Jaloliddin Rumiyning (1207-1273) “Masnaviy-ma’naviy” deb nomlangan mashhur devonini ko‘p marotaba o‘qib, undagi chuqur falsafiy fikrlarni anglab olishga harakat qiladi. Mahdumi A’zam yoshligida Toshkentdagi o‘z davrining mashhur madrasasida ta’lim olgan. U O‘rta Osiyodagi...
U kishi imom, hofiz, muhaddis, tarixchi bo‘lib, asl ismi Ismoil ibn Umar ibn Kasir ad-Dimashqiy ash-Shofiiy, kunyalari esa Abulfidodir. 700-hijriy, milodiy 1301 yilda Shomdagi Busro viloyatining Mijdal qishlog‘ida tavallud topgan. Tafsir ilmiga oid mo’tabar kitob yozgani uchun ulamolar tomonidan Imoduddin dеya sharaflangan. Alloma Ibn Kasir ilmli, dindor oilada o‘sdi. Ibn Kasirning oilasi haqida aniq va keng manbalar saqlanib qolmagan. Biroq, mavjud tarixiy manbalarga ko‘ra, uning oilasi va shaxsiy hayoti haqida quyidagi ma’lumotlar bor. Ibn Kasirning otasi Shayx Umar ibn Kasir bo‘lib, u fiqh va islomiy ilmlar bilan shug‘ullangan. Imom Ibn Kasirning otasi voiz Shihobiddin vafot etganligi sababli, katta akasi qo‘lida tarbiyalangan. Ibn Kasir o‘z qaramog‘ida o‘sgan ukasi haqida: “U bizga birodar, bizga mehribon hamroh edi”, dedi. Imom Ibn Kasir hijriy sakkizinchi asrning ko‘plab voqealariga guvoh bo‘lgan. O’sha davrda hukmronlik Mamluk davlati bo’lib, VIII asrda sodir bo’lgan voqealar orasida tatarlarning islom davlatiga hujumi, ocharchilikning tarqalishi va ularning islom davlatiga o’tishi, epidemiya va kasalliklarning tarqalishi bor. Bu voqealar millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’ldi va bir asrda bir necha urushlar sodir bo’ldi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari musulmonlar va salibchilar o‘rtasidagi urush , shahzoda va vazirlar o‘rtasida davlatga qarshi fisq va fitnalarning tarqalishi edi. Bu davrni o’rab olgan barcha urushlar, fitnalar va kasalliklarga qaramay, u hali ham maktablarning tarqalishi va yozuvning gullab-yashnashi bilan ifodalangan ilmiy faoliyat davri edi. Ibn Kasir o‘sib-ulg‘aygan uy din uyi edi. Otasi va`zgo`y bo’lgan va bu Ibn Kasirning rahimahullohning o`sib ulg`ayishida kata ta’sir qilgan. Ibn Kasirning otasi Ibn Kasir to‘rt yoshida, boshqa bir rivoyatda esa yetti yoshida vafot etgani aytiladi. Uning vafotidan keyin uning oilasi Damashq shahriga ko’chib o’tdi va uning oilasi Al-Nuriya maktabi yoniga joylashdi. Bo‘lajak olimning oilasini amakilari Abdulvahhob o‘z himoyasiga oldi va akasining oilasining tinchligi va farovonligi uchun bor kuch va g‘ayratini ayamadi. Kеyinchalik mazkur amakilari haqida Ibn Kasir shunday dеb eslagan: “Bir tug‘ishgan amakim bor edilar. Bizga o‘ta mеhribon va g‘amxo‘r edi. U kishi 750-hijriyda vafot etgan. Ilk ilmni ushbu amakimning qo‘llarida olganman. Amakimdan qiyin ilmlarni ham osonlik bilan Alloh nasib etganicha oldim”[1]. Imom Ibn Kasir yoshligida “Ahkam al-tanbih” nomli kitob yozgan. Shayx Al-Burhon bu kitobdan qoyil qolgan va uni maqtagan. Ibn al-Imod rahimahulloh Ibn Kasirni ta’riflar ekan, deydi: “U juda hushyor, kamdan-kam unutuvchan va yaxshi tushunar edi. “At-Tanbih” kitobini va Ibn al-Hojibning “Muxtasarini” yod oldi, so’ng hadisga murojaat qildi, uning matnlarini va rivoyatlarini eshitdi”. Imom al-Buxoriyning “As-Sahih”, Imom Muslimning “Al -Jomi’ as-Sahih”, Bayhaqiyning “Sunan al-Kubra”sining ba’zilari, u hali hayotining cho‘qqisida bo‘lganida Musnadi Shofi’iyni va boshqa hadis kitoblarini eshitgan. Imom Ibn Kasir islom ilmlarining bir nechasi bo`yicha ustunlik qilgan . Jumladan, fiqh, tafsir, grammatika, hadis va boshqalar. Ibn Kasir juda yoshligida otasidan ayrilgan, shuning uchun uning ta’lim olishi va tarbiyasi ustozlari va katta akasi tomonidan davom ettirilgan. Ibn Kasirning ustozi va qaynotasi. Ibn Kasir o‘zining mashhur ustozlaridan biri bo‘lgan Al-Mizzining qizi bilan turmush qurgan. Al-Mizzi hadis ilmining ulkan allomalaridan biri bo‘lib, “Tahzib al-Kamal” asari bilan mashhur. Ibn Kasir ustozi Al-Mizzining ta’sirida ilmiy faoliyatini rivojlantirgan va uning qizi bilan nikohlanishi bu ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlagan. Ibn Kasirning farzandlari haqida tarixiy manbalarda ko‘p ma’lumot uchramaydi. Biroq, uning oilasi...
Oʻrta asrlarda turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda kengaytirilgan holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy[1] bo‘lib, Abu Hafs kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Mazhab jihatidan al-Hanafiy, tavallud topgan yurtiga nisbatan an-Nasafiy, keyinchalik ko‘chib borib istiqomat qilgan shahriga nisbatan as-Samarqandiy nisbalari bilan tanilgan. Umar Nasafiy hijriy 461 (mil. 1068, ba’zi manbalarda 1069) yilda Nasafda[2] tug‘ilgan. U ilm talabida ko‘plab o‘lkalarga safar qilgan va juda ko‘p shayxlardan tahsil olgan. Najmuddin (dinning yulduzi), Sirojuddin (dinning chirog‘i), Muftiy as-saqolayn (inson va jin toifasining muftisi), Shayxul-Islom (Islom shayxi) kabi unvonlar bilan laqablangan. “Najmuddin” (Dinning yulduzi) laqabining berilishiga sabab uning islom ilmida koʻrsatgan xizmatlarining katta boʻlganligini koʻrsatadi. Imom Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, sheʼriyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va sheʼriyatga doir koʻplab asarlarni meros qoldirgan. Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Nasaf kabi, shuningdek, Bagʻdod, Marv kabi ilm markazlarida koʻplab olimlardan dars olgan va qator shogirdlarga dars bergan. Olim oʻz davrida hadis ilmini bilimdoni sifatida “al-Hofiz”, fiqh olimi sifatida “al-Faqih”, yirik tasavvuf namoyandasi sifatida “az-Zohid” unvonlariga musharraf boʻlgan. Movarounnahrda hanafiy mazhabining rivojiga qoʻshgan hissasi ulkan boʻlgani bois olim ismiga „al-Hanafiy“ nisbati ham qoʻshib aytiladi. Asli Nasafdan boʻlgan bu olim umrining asosiy qismini Samarqandda oʻtkazgani uchun manbalarda “an-Nasafiy summa as-Samarqandiy” (“nasaflik”, soʻngra “samarqandlik”) deya tavsiflanadi. Nasafning qadimiy nomi “Naxshab” boʻlgani bois, muallifning nasabi baʼzi manbalarda “an-Naxshabiy” shaklida ham uchraydi. Nasafiy yoshlik davrini Nasafda oʻtkazgan, 30 yoshidan soʻng Samarqandga borgan. Umrining asosiy, ilmiy-ijodiy qismini shu shaharda oʻtkazgan va oʻz tahsilini davom ettirgan. Shahardagi “Dor al-juzjoniya” nomli markaz uning yetuk olim boʻlib yetishishida katta ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik olim ushbu ilm markazida mudarrislik qilgan. Nasafiy 1113-yili 45 yoshida Makkai Mukarramaga hajga yoʻl oladi. U oʻz safari davomida Bagʻdod shahrida boʻlib, u yerdagi taniqli olimlar suhbatidan bahramand boʻladi. Bagʻdoddagi Amir Xumor-tegin ibn Abdulloh madrasasida hadis ilmidan dars beradi. Hadis roviysi Abul Qosim ibn Bayondan hadislar yozib oladi. Abul Abbos Muhammad ibn Yunus al-Kudaymiy va Saraxsda Abul Fadl Muhammad ibn Ahmad as-Soigʻiy kabi ulamolardan hadislar eshitadi. Bagʻdodlik muhaddis olim Ibn an-Najjor Nasafiy jamlab taʼlif etgan “Tatvil al-asfor li-tahsil al-axbor” (“Xabarlar talabidagi uzoq safarlar”) nomli asaridan dars olib, uni oʻz shogirdlariga rivoyat qilgan. Mazkur asarda Nasafiy oʻzining besh yuz ellikta ustozlaridan rivoyat qiladi va o’zining ustozlarini barchasini ismlarini jamlab keltirgan[3]. Ammo olimning Bagʻdod, Makka va Madinaga qilgan safari uzoqqa choʻzilmadi. U tez orada oʻz ona yurtiga qaytdi. Olimning ijodi oʻz yurtiga boʻlgan kuchli muhabbat, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, ilm ahliga mehr va samimiyat tuygʻulari bilan yoʻgʻrilgan. Allomaning “shoh asari” — “Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand” Movarounnahr oʻlkasidan yetishib chiqqan mingdan ziyod yurtdoshlarimizning hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi qimmatli biografik maʼlumotlarni bergan. Nasafiyning tugʻilib ulgʻaygan ona yurti Nasaf oʻsha davrda Movarounnahrning yirik ilmiy markazlaridan biri boʻlgan. Yirik muhaddis olim Imom Buxoriy oʻz ilmiy safarlaridan birida Nasafga tashrif buyurgan edi. Nasafiy ilk tahsilini shu shaharda olib, yoshligidan ilmga muhabbati, ustozlarga hurmati, namunali odobi bilan tanilgan. Nasafiy ilm olish niyatida boshqa yurtlarga borgan va koʻplab ustozlardan taʼlim olgan. Olim hadis...
Mahmud Xalil Husariy Qur’on qiroati tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan ulug‘ qori va olimlardan biridir. U 1917-yilda Misrning Tanta shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan Qur’on yodlashga bo‘lgan g‘ayrati bilan ajralib turgan Husariy sakkiz yoshida Qur’onni to‘liq yodlagan. Keyinchalik Azhar ilmiy markazida tahsil olib, Qur’onning o‘n qiroatini ham puxta o‘zlashtirdi. Shayx Husariyning eng katta xizmatlaridan biri – Qur’on qiroatini ilk bor tasmaga yozdirgan inson bo‘lishidir. U Qur’onni Hafs rivoyati bo‘yicha 1961-yilda to‘liq ovozli yozuvga tushirdi. Bu esa Qur’onni audio shaklda tarqatish va o‘rganish borasida inqilobiy qadam bo‘ldi. Shundan so‘ng u boshqa rivoyatlardan – Varsh, Qolun va Duri qiroatlarini ham yozib qoldirdi. Bu ish Qur’onning turli qiroatlarini keyingi avlodlarga aniq, to‘g‘ri va buzilmas holda yetkazishda mislsiz ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, uning ta’limiy uslubda yozilgan qiroatlari butun dunyodagi Qur’on maktablari va darsliklarida keng qo‘llanmoqda. Shayx Husariy Qur’onni faqat chiroyli o‘qish bilan kifoyalanmay, uni to‘g‘ri o‘rganish va o‘rgatish ishlariga ham jiddiy yondashgan. Uning “Ahkam al-Tajvid” nomli asari hali-hanuz Qur’on o‘rganayotganlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu asar orqali u tajvid ilmining asoslarini sodda va aniq uslubda tushuntirib bergan. Eng e’tiborlisi, u bu asarlarni tijorat uchun emas, xalq manfaati uchun yozgan va bepul tarqatgan. Shayx Husariy o‘z davrining eng mashhur qorilari – Abdulbasit Abdus-Samad, Muhammad Siddiq al-Minshaviy, Mustafo Ismoil va Muhammad Rifat kabi ulug‘ zotlar bilan bir davrda yashab, ular bilan birga Qur’on madaniyatini keng yoyish yo‘lida xizmat qilgan. Bu qori va olimlarning har biri o‘zining o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan bo‘lsa-da, Husariy o‘zining ohangsiz, aniq va qoidaga asoslangan o‘qishi bilan ajralib turgan. Uning qiroati Qur’onni o‘rganayotganlar uchun namunaviy o‘qish sifatida baholanadi. Shayx Husariy 1970-yillarda O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan. Uning bu tashrifi respublikamizdagi Qur’on ilmi ixlosmandlari uchun tarixiy voqea bo‘lgan. U Toshkentda mashhur qorilar – Ro‘zi Ahmad, Abdulaziz Mansur, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi zotlar bilan uchrashgan, o‘z qiroatini namoyish qilgan. Bu tashrif orqali u o‘zbek xalqining Qur’on ilmidagi rag‘batini qadrlaganini e’tirof etgan va musulmonlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan. Xulosa qilib aytganda, Shayx Mahmud Xalil Husariy Qur’onni o‘rganish va o‘rgatish borasida bebaho meros qoldirgan. Uning qiroatlarini tasmaga yozdirishi Qur’on tarixidagi eng muhim hodisalardan biri bo‘lib, bu orqali musulmon ummati Qur’onni har doim bir xil va to‘g‘ri ohangda eshitish imkoniga ega bo‘ldi. Husariyning bu xizmatlari nafaqat tarixda, balki har bir musulmon qalbida ham abadiy yashaydi. Muallif: Sirojiddinov Muhammadali, 404-guruh talabasi 871