Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Abu Rayhon Beruniy (973–1048) o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi bo‘lgan. Shuningdek u astronom, astrolog, matematik, geolog, geograf, o‘lkashunos, biolog, tibbiyot olimi, o‘simlikshunos, ma’danshunos, tarixchi, manbashunos, dinshunos, adabiyotshunos, faylasuf, sotsiolog, mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo‘lgan. O‘z davrida hazrat Abu Rayhon Beruniyning “shug‘ullangan sohasini sanashdan ko‘ra, shug‘ullanmagan sohasini sanash osonroq”, edi deyishadi. Beruniy bobomiz astronomiya, astrologiya, dinshunoslik, tarix fanlariga oid asarlar yozgan. Abu Rayhon Beruniy Yer sayyorasi Quyosh atrofida aylanishini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan olimdir. Abu Rayhon Beruniy birinchi bo‘lib Yer shari globusini yasagan. Bu ixtirodan barcha geograflar, har bir ziyoli bugungi kunda ham bahramand bo‘lmoqda. Abu Rayhon Beruniy Atlantika va Tinch okeanlarining janubiy qismi bir-biri bilan tutashganligini isbotlab, Yer sharining janubiy tomonida muz qoplangan quruqlik bo‘lishi kerak, deb faraz qilgan. U geografik kenglikni hisoblashda qo‘llagan usul XVI asrda Tixo de-Brage tomonidan kashf etilgan, deb kelinadi, vaholanki, bu usulni ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy bundan 6 asr ilgari ishlatgan. Jinslarning geologik kelib chiqishi, quruqlikning dengizlarga, dengizlarning quruqlikka aylanish nazariyalarini ham Abu Rayhon Beruniy ishlab chiqqan. Jismlarning Yer markaziga qarab tortilish kuchi haqida g‘oyani birinchi bo‘lib Beruniy bobomiz ilgari surgan. Ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy minerologiya va iqlimshunoslik fanlariga ham katta hissa qo‘shgan. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy dunyolarning ko‘pligi va xilma-xilligi haqida falsafiy g‘oyani ilgari surdi. Bu g‘oya 600 yildan keyin Jordano Bruno (1548–1600) tomonidan aytildi va u shu g‘oya tufayli inkivizatsiyaning gulhanida yondirildi. Hazrat Abu Rayhon Beruniy astronomiyada birinchi bo‘lib Quyosh tojining xususiyatlarini to‘g‘ri talqin qilib berdi. Abu Rayhon Beruniy bobomiz yoritgichlardan kelayotgan nurlar nafaqat yorug‘lik to‘lqini, balki zarrachalardan iborat ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Yorug‘lik bir vaqtning o‘zida ham to‘lqin, ham zarracha tabiatiga egadir, degan g‘oya XX asrdagina o‘z isbotini topdi. Hazrat Abu Rayhon Beruniy qadimgi xorazm tilidan tashqari, arab, so‘g‘diy, fors, yunon, suriyoniy va qadimiy yahudiy tillarni puxta bilgan va shu tillarda yozilgan adabiyotlarni o‘qiy olgan. Abu Rayhon Beruniy 362 yilning 3 zu-l-hijjasi/973 yil 9 sentabrida Xorazmning qadimiy poytaxti hisoblangan Kot (Kat) shahrida tug‘ilgan. Ayrim manbalarda Abu Rayhon Beruniyni Kot shahrida tug‘ilganligi sababli uni “Beruniy”, “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Abu Sa’d Abdulkarim as-Sam’oniy (vaf. 1165) “Nasablar kitobi” nomli asarida bunday deb yozadi: “Beruniy degan nisba Xorazm (yani uning poytaxti Kot shahri)ning tashqari qismiga oiddir…”. Bu shahar X asrda xorazmshohlar-afrig‘iylar sulolasining poytaxti, O‘rta Osiyoning eng yirik savdo markazlaridan biri edi. Bu davrda Xorazm bilan Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Eron, Kavkaz va Yevropa davlatlari o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlangan edi. Xorazmliklar asosan mo‘yna, qoramol, baliq va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan, Xorazmda hunarmandchilik, zargarlik, shishasozlik, to‘quvchilik, kandakorlik va yog‘och o’ymakorligi rivojlangan. Xorazmda matematika, astronomiya, geodeziya, matematik geografiya fanlari taraqqiy etib kelgan. Tarixchilar ma’lumotlariga qaraganda, bu ilmlarga qiziqqanlar dunyoning uzoq-uzoq joylaridan Xorazmga kelishgan. Kot shahrida xitoyliklar, suriyonlik, rumlik, yunonistonlik va hatto andalusiyalik (ispaniyalik)larni ham uchratish mumkin edi. Ular nafaqat ilm o‘rganish uchun, balki o‘z ilmlarini yoyish uchun ham kelishardi, Bu holat Xorazm o‘lkasida ilm egallashga sharoit keng bo‘lganligidandir. Kot shahri bir necha bor istilochilar tomonidan qayta-qayta vayron qilingan va har safar yangidan tiklanganda boshqa...
Islom tarixiga nazar tashlasak, ko‘plab allomalar, adiblar va mutafakkirlar ilm-ma’rifat bilan ummatga xizmat qilganini ko‘ramiz. Ana shunday buyuk zotlardan biri Alisher Navoiy bo‘lib, nafaqat she’riyat, balki tilshunoslik, tasavvuf, axloqiy tarbiya va davlat boshqaruvi sohalarida ham ulkan iz qoldirgan. Bugungi maqolamizda biz Alisher Navoiyning hayoti, ilmiy va diniy qarashlari hamda biz, talabalar uchun ibrat bo‘ladigan jihatlari haqida fikr yuritamiz. - 103-guruh talabasi Zarifaxon Abduqahhorova
"Musnadi Abu Hanifa"da Imom Abu Hanifaga nisbat berilgan hadislar jamlangan bo‘lib, bu hadislar uning ijtihodiy masalalardagi qarashlarini asoslashda katta ahamiyatga ega... - TII talabasi Nuriddinov Abdulvoris
Yoshlik chog’ida Halimiyning otasi uni zamonasining yirik ilm-fan markazlaridan biri bo’lgan Buxoroga olib keladi. O’sha paytda, Buxoro shahri insonlarni o’ziga rom etadigan go’zal tabiati va manzarasi bilan ajralib turardi. Bundan tashqari ko’plab olimlar va adabiyot ahillari, faylasuf va kalomchilar, muhaddis va faqihlarni o’zida jamlagandi... - TII 4-kurs talabasi Luqmonjonov Absulbosit
Muhammad ibn Ahmad ibn Abusahl Abu Bakr shamsul-aimma as-Saraxsiy Movarounnahrda hanafiy mazhabining yirik vakili, fiqh, usulul-fiqh va kalom ilmlarining buyuk imomi sifatida o‘zidan unutilmas asarlar qoldirgan. U iste’dodli munozarachi va iqtidorli alloma edi. Kamol Posho masalalarni yechish bo‘yicha uni mujtahidlar darajasida ko‘taradi...- Toshkent islom instituti talabasi Mamadaliyev Akbarjon