islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
May 30, 2025

Day

RADIKALLASHUV

Bugungi globallashuv davrida davlatlarning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ko‘p jihatdan jamiyat a’zolari, xususan yoshlarning siyosiy faolligiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Siyosiy faollik esa o‘z navbatida mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda siyosiy jihatdan faol ishtirok etishni talab qiladi. Demokratik mazmundagi va insonparvarlik g‘oyalari bilan mustahkamlangan hamda milliy o‘ziga xos xususiyatlar bilan himoyalangan siyosiy madaniyat modeli ko‘proq o‘zining yashovchanligini ko‘rsatmoqda. Shu jihatdan, yoshlarning siyosiy ongiga ta’sir ko‘rsatishga intilayotgan buzg‘unchi kuchlar manbalarini aniqlash, yoshlarda barqaror siyosiy madaniyatni shakllantirish davr talabiga aylangan. Shu bilan birga, bugungi axborot asrida ma’lumotlar oqimining kuchayib borayotganligi ijtimoiy hayotimizda ularni saralash va tahlil qilishni qiyinlashtiradi. Bu ma’lumotlar ichida yoshlar qatlami ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, ularda ijtimoiy-siyosiy keskinlik kayfiyatini keltirib chiqaruvchi “oqimlar”ning mavjudligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, yoshlarda radikal kayfiyatga undash holatlari tobora avj olganligini kuzatishimiz mumkin. Dastlab, “radikalizm” tushunchasi va uning turli talqinlari, kelib chiqish tarixi va siyosiy-mafkuraviy asoslarini o‘rganish hamda namoyon bo‘lish shakllarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Radikalizm ko‘pincha norozilik va muxolifat faoliyatining ayrim subyektlarining siyosiy manfaatlarini tavsiflash uchun «siyosiy ekstremizm» iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Biroq, ularning farqi aniq va siyosiy nizolarni hal qilishning demokratik va konstitutsiyaviy-me’yoriy vositalarida ko‘rinadi. “Radikal” atamasi – lotincha “radicalis” – “ildizga oid”, “ildiz” so‘zidan olingan bo‘lib, qat’iy va keskin choralar, harakatlar, dasturlar tarafdori, degan ma’nolarni anglatadi. Shu bilan birga, ba’zi talqinlarga ko‘ra, “Radikalizm – tom ma’noda oxirigacha borish, har qanday faoliyatda tub o‘zgarishlarga erishish uchun murosasiz istakni anglatadi”[1]. Mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib, radikal o‘zgarishlar va islohotlar o‘tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim sifatida e’tirof qilinadi. Bunday oqim tarafdorlari o‘z oldiga qo‘ygan g‘arazli maqsadi yo‘lida hech narsadan tap tortmaydi. Yer yuzidagi mavjud davlatlarning tinchligi, davlat sifatidagi maqomi, milliy qadriyati, tili, dini, asriy an’analarining izdan chiqishi, yemirilishi uchun yovuz harakatini olib boradi. Buning natijasida butun bir xalqning siyosiy-ijtimoiy barqarorligiga tahdid tug‘iladi. Radikal g‘oyalar va harakatlar qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lsa-da, «radikalizm» atamasi XVIII asrning oxirida Angliyada paydo bo‘lgan. Bu tushuncha falsafani ham, dinni ham, siyosatni ham, g’oyalarni ham, usullarni ham qamrab oladi. «Radikalizm» va «ekstremizm» tushunchalari hokimiyat uchun yoki mavjud hukumatga karshi kurash bilan birga paydo bo‘lgan hodisalarning o‘zidan ancha keyin paydo bo‘lgan. Radikalizm bo‘yicha kanadalik tadqiqotchi M.Neumann ushbu atamani ilk bora 1802-yilda chop etilgan qisqa Oksford lug‘atida uchratganini ta’kidlaydi[2]. Shuning uchun ushbu atama ancha oldin ham turli ma’nolarida qo‘llangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u dastlab I.Bentam tomonidan falsafaning yangi yo‘nalishiga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik bu tushuncha siyosiy, diniy, madaniy okimlarga tarkalib, XIX asrda ijtimoiy va siyosiy qarashlar va mafkuralarga doir mavzular doirasiga kirib boradi. Radikalizmning ilmiy tadqiqi ta’riflarning keng doirasi bilan tavsiflanadi. Ko‘pincha bu tushuncha mavjud ijtimoiy va siyosiy institutlarni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan siyosiy g’oyalar va harakatlarni bildirish uchun ishlatiladi. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qilayotgan davrda radikallashuvga qarshi kurash dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda bashariyat qo‘lida to‘planib qolgan ommaviy qirg‘in qurollari yer kurrasidagi hayotni bir necha bor yo‘q qilishga qodir. Biroq, bugungi kunda biron bir kuchli davlat boshqa bir mamlakatni kuch yo‘li bilan qaram qila olmaydi. Bu borada fikriy kurash, mafkuraviy tazyiq asosiy qurolga aylanmoqda. Chunki, fikran qaram mamlakatning moddiy va ma’naviy boyliklarini uning hududiga qurol olib kirmay turib...

Abu Rayhon Beruniy – Islom oltin davrining eng zabardast qomusiy allomalaridan biri

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Abu Rayhon Beruniy (973–1048) o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi bo‘lgan. Shuningdek u astronom, astrolog, matematik, geolog, geograf, o‘lkashunos, biolog, tibbiyot olimi, o‘simlikshunos, ma’danshunos, tarixchi, manbashunos, dinshunos, adabiyotshunos, faylasuf, sotsiolog, mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo‘lgan. O‘z davrida hazrat Abu Rayhon Beruniyning “shug‘ullangan sohasini sanashdan ko‘ra, shug‘ullanmagan sohasini sanash osonroq”, edi deyishadi. Beruniy bobomiz astronomiya, astrologiya, dinshunoslik, tarix fanlariga oid asarlar yozgan. Abu Rayhon Beruniy Yer sayyorasi Quyosh atrofida aylanishini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan olimdir. Abu Rayhon Beruniy birinchi bo‘lib Yer shari globusini yasagan. Bu ixtirodan barcha geograflar, har bir ziyoli bugungi kunda ham bahramand bo‘lmoqda. Abu Rayhon Beruniy Atlantika va Tinch okeanlarining janubiy qismi bir-biri bilan tutashganligini isbotlab, Yer sharining janubiy tomonida muz qoplangan quruqlik bo‘lishi kerak, deb faraz qilgan. U geografik kenglikni hisoblashda qo‘llagan usul XVI asrda Tixo de-Brage tomonidan kashf etilgan, deb kelinadi, vaholanki, bu usulni ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy bundan 6 asr ilgari ishlatgan. Jinslarning geologik kelib chiqishi, quruqlikning dengizlarga, dengizlarning quruqlikka aylanish nazariyalarini ham Abu Rayhon Beruniy ishlab chiqqan. Jismlarning Yer markaziga qarab tortilish kuchi haqida g‘oyani birinchi bo‘lib Beruniy bobomiz ilgari surgan. Ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy minerologiya va iqlimshunoslik fanlariga ham katta hissa qo‘shgan. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy dunyolarning ko‘pligi va xilma-xilligi haqida falsafiy g‘oyani ilgari surdi. Bu g‘oya 600 yildan keyin Jordano Bruno (1548–1600) tomonidan aytildi va u shu g‘oya tufayli inkivizatsiyaning gulhanida yondirildi. Hazrat Abu Rayhon Beruniy astronomiyada birinchi bo‘lib Quyosh tojining xususiyatlarini to‘g‘ri talqin qilib berdi. Abu Rayhon Beruniy bobomiz yoritgichlardan kelayotgan nurlar nafaqat yorug‘lik to‘lqini, balki zarrachalardan iborat ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Yorug‘lik bir vaqtning o‘zida ham to‘lqin, ham zarracha tabiatiga egadir, degan g‘oya XX asrdagina o‘z isbotini topdi. Hazrat Abu Rayhon Beruniy qadimgi xorazm tilidan tashqari, arab, so‘g‘diy, fors, yunon, suriyoniy va qadimiy yahudiy tillarni puxta bilgan va shu tillarda yozilgan adabiyotlarni o‘qiy olgan. Abu Rayhon Beruniy 362 yilning 3 zu-l-hijjasi/973 yil 9 sentabrida Xorazmning qadimiy poytaxti hisoblangan Kot (Kat) shahrida tug‘ilgan. Ayrim manbalarda Abu Rayhon Beruniyni Kot shahrida tug‘ilganligi sababli uni “Beruniy”, “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Abu Sa’d Abdulkarim as-Sam’oniy (vaf. 1165) “Nasablar kitobi” nomli asarida bunday deb yozadi: “Beruniy degan nisba Xorazm (yani uning poytaxti Kot shahri)ning tashqari qismiga oiddir…”. Bu shahar X asrda xorazmshohlar-afrig‘iylar sulolasining poytaxti, O‘rta Osiyoning eng yirik savdo markazlaridan biri edi. Bu davrda Xorazm bilan Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Eron, Kavkaz va Yevropa davlatlari o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlangan edi. Xorazmliklar asosan mo‘yna, qoramol, baliq va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan, Xorazmda hunarmandchilik, zargarlik, shishasozlik, to‘quvchilik, kandakorlik va yog‘och o’ymakorligi rivojlangan. Xorazmda matematika, astronomiya, geodeziya, matematik geografiya fanlari taraqqiy etib kelgan. Tarixchilar ma’lumotlariga qaraganda, bu ilmlarga qiziqqanlar dunyoning uzoq-uzoq joylaridan Xorazmga kelishgan. Kot shahrida xitoyliklar, suriyonlik, rumlik, yunonistonlik va hatto andalusiyalik (ispaniyalik)larni ham uchratish mumkin edi. Ular nafaqat ilm o‘rganish uchun, balki o‘z ilmlarini yoyish uchun ham kelishardi, Bu holat Xorazm o‘lkasida ilm egallashga sharoit keng bo‘lganligidandir. Kot shahri bir necha bor istilochilar tomonidan qayta-qayta vayron qilingan va har safar yangidan tiklanganda boshqa...