Muhammad Zohid Kavsariy 1879 yil 16 sentyabrda Turkiyaning Duzja viloyati Hojihasan qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning kelib chiqishi cherkes oilasiga mansub bo‘lgan. Otasi Hasan Hilmiy afandi 1831-yil Kavkazning Shabzarida tug‘ilgan bo‘lib, mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 1863-yilda Kavkazning Chor imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oilasi va talabalari bilan birgalikda Duzja viloyatiga ko‘chib o‘tib, u yerda o‘z nomiga qo‘yilgan Hojihasan qishlog‘iga joylashgan. U yerda naqshbandiya tariqati xalifalaridan shayx Davlatga qo‘l berib, o‘zi ham 1865-yilda xalifalik rutbasiga erishgan. 1867-yildan Hojihasan qishlog‘idagi madrasada ish faoliyatini boshlagan. 1870-yilda Istanbul shahriga borib, u yerda Ahmad Ziyovuddin Kumushxonaviyning darslarida qatnashib, undan “Daloil al-xayrot” asari bo‘yicha ijoza olgan...- Toshkent islom instituti talabasi Kuldashev Bobomurot
Tafsir ilmi - Alloh taoloning kalomi Qur’oni karimni to‘g‘ri tushunish, Alloh taolo o‘z kalomining qa’riga yashirib qo‘ygan xazinalaridan xabardor qilganicha va suyukli payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy qilganidek anglash va uni qalbga singdirish uchun vosita bo‘lgan eng muhim ilmlardan hisoblanadi. Bu ilmga butun hayotini bag‘ishlagan va uning rivojiga hissa qo‘shgan olimlarni sanab sanog‘iga, hisoblab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan darajada ko‘p zikr qilishimiz mumkin...- Toshkent islom instituti talabasi Ikromjonov Abubakr
O‘z davrida turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda to‘liq holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy shaklida beriladi. Allomaga “Najmuddin” (dinning yulduzi) taxallusining berilishiga sabab uning islom ilmi sohalari bo‘yicha ko‘rsatgan xizmatlarining katta bo‘lganligini ko‘rsatadi. Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, she’riyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va she’riyatga doir ko‘plab asarlarni meros qoldirgan. Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Nasaf kabi, shuningdek, Bag‘dod, Marv kabi ilm markazlarida ko‘plab olimlardan dars olgan va qator shogirdlarga dars bergan...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev N
Oʻz davrida turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda to’liq holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy shaklida beriladi. Allomaga “Najmuddin” (dinning yulduzi) taxallusining berilishiga sabab uning islom ilmi sohalari boʻyicha koʻrsatgan xizmatlarining katta boʻlganligini koʻrsatadi. Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, sheʼriyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va sheʼriyatga doir koʻplab asarlarni meros qoldirgan...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev N
Siz adib, shoir, olim va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur haqida nimalarni bilasiz? Ulugʻ alloma Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat - ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi. U keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan... - “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Yernazarov Faxriddin tomonidan ushbu maʼlumot tayyorlandi