Mazhab so‘zi lug‘atda yo‘l, yo‘nalish ma’nolarini anglatsa, istelohda shar’iy dalillardan fatvolar chiqarishda maxsus usul va qoidalarga tayanib ish ko‘rgan mujtahidning yo‘liga aytiladi. Ma’lumki, Islom olamining ahli sunna toifasi ichida to‘rtta fiqhiy mazhablar mavjud. Ular: Hanafiy, Molikiy, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablaridir. Darvoqe, bu mazhablar kelib chiqishidan oldin ham turli mazhablar mavjud bo‘lib, u mazhablar muayyan bir shaxs nomi bilan emas balki, shahar va mintaqa aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, Madinaliklar mazhabi, Makkaliklar mazhabi va hokazo. O‘z navbatida mazkur shahar yoki mintaqa aholisi o‘sha yerdagi ulamolarning fatvolariga amal qilishar edi…- Toshkent islom instituti talabasi G‘ofurjanov Muhammadnabi





