Ilm – bu insoniyat taraqqiyotining asosi bo’lib, dinimiz esa bu haqiqatni har jihatdan yuksak darajada ta’kidlab keladi. Islom dini ilmni nafaqat maqtaydi, balki uni talab qilishni har bir musulmon erkak va ayolga vojib deb sanaydi. Ayniqsa, ilm talab qilayotgan kishilarga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yo‘llarini ochish va ularga yengillik yaratish – bu faqat insoniylik emas, balki ibodatning o‘zidir. Ushbu maqolada Qur’on oyatlari, hadisi shariflar va ulamolar hikmatlari asosida bu mavzu chuqurroq tahlil qilinadi. – Toshkent islom instituti talabasi Anvar XUJAXANOV





