Shari’ati islomiyada muqarrarki, inson bajaradigan har qanday amal Alloh subhanahu va taolo huzurida maqbul boʻlishi uchun ikkita shart topilishi lozim:
Birinchisi, amal Alloh uchun xolis boʻlmogʻi zarur, u bilan riyo va sumʼa, shuningdek, biron dunyoviy manfaat koʻzlangan boʻlmasligi lozim. Alloh taolo aytadi: «Kim Parvardigoriga roʻbaroʻ boʻlishidan umidvor boʻlsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani (unga) sherik qilmasin!» (Kahf 110). – Toshkent islom instituti talabasi Zoirjon JURABOYEV





