islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Мақолалар

Бўлимлар

RAQAMLI PULLAR

Pul hozirgi kundagi ko’rinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirgan. Ba’zi manbalarda yer yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq vaqt bo’ldi.- Toshkent islom instituti talabasi Islom AZAMJONOV

Muhammad G’azzoliyning “Fiqhus Siyra” kitobi

Muhammad G’azzoliy 1917-yil 22-sentabrda Misrda tavvallud topgan. 1941-yilda Al-Azhar universitetini bitirgan. Makkadagi “Ummulquro” universiteti, Qatar universiteti va Jazoirdagi “al-Amir Abdulqodir” Islom fanlari universitetida dars bergan. G’azzoliy Qohiradagi Xalqaro islom tafakkuri instituti ilmiy kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari G’azzoliy 60 dan ortiq kitoblarning muallifi bo’lib, ularning ko’pchiligi turli tillarga tarjima qilingan. - Toshkent islom instituti talabasi Amina ERKINOVA

Behbudiyning ta’lim va ijtimoiy faoliyati

Mahmudxo‘ja Behbudiy – o‘zbek ma’rifatchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, zamonaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va jamiyatni rivojlantirish edi. U jadidchilik harakatining faol targ‘ibotchisi bo‘lib, yangi usuldagi maktablarni ochish, matbuotni rivojlantirish va teatr orqali xalqni uyg‘otish kabi sohalarda katta xizmat qilgan. Uning faoliyati bugungi kun uchun ham juda dolzarbdir. - Toshkent islom instituti talabasi  Hilola ISMOILOVA

AQOID ILMI HAQIDA TASAVVUR

Alloh taologa ibodat qilishning asl mohiyati ham, U zotni tanishning asosi ham aqoid ilmida bayon qilinganligi bois, bu ilm bilimlarning oliysi va dinning asosi hisoblanadi. Ushbu asl ilmni o‘rganish va unda bayon qilinganlarga e’tiqod qilish baraka bo‘lsa, undan uzoq bo‘lish esa o‘z-o‘zini qiynab behuda chiranishga, noto‘g‘ri e’tiqod qilib dunyo va oxiratini boy berishga olib boradi. Chunki e’tiqodi noto‘g‘ri kishining ibodatlari qabul bo‘lmaydi. Sof e’tiqoddagi kishining esa qilgan amali ham barakali bo‘ladi, ya’ni, Alloh taolo uning to‘g‘ri e’tiqodi barakatidan ko‘plab mukofotlar ato etadi. - Toshkent islom instituti talabasi Aslbek UMAROV

OYATLAR O’RTASIDAGI MUNOSABAT ILMINING PAYDO BO’LISHI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Qur’onshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri ilm-ul munosabat, ya’ni oyatlar va suralar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish ilmidir. Ushbu soha matnning ichki tuzilishini, mantiqiy izchilligini va kompozitsion uyg‘unligini tadqiq etadi. Qur’on matni o‘zaro ma’no jihatidan tartiblangan tizimga ega bo‘lib, oyatlar va suralar muayyan tamoyillar asosida joylashtirilgan. - Robiya NAJMIDDINOVA, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik yo’nalishi tayanch doktoranti, Toshkent islom instituti o'qituvchisi
1 7 8 9 10 11 701