islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Мақолалар

Бўлимлар

RADIKALLASHUV

Bugungi globallashuv davrida davlatlarning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ko‘p jihatdan jamiyat a’zolari, xususan yoshlarning siyosiy faolligiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Siyosiy faollik esa o‘z navbatida mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda siyosiy jihatdan faol ishtirok etishni talab qiladi. Demokratik mazmundagi va insonparvarlik g‘oyalari bilan mustahkamlangan hamda milliy o‘ziga xos xususiyatlar bilan himoyalangan siyosiy madaniyat modeli ko‘proq o‘zining yashovchanligini ko‘rsatmoqda. Shu jihatdan, yoshlarning siyosiy ongiga ta’sir ko‘rsatishga intilayotgan buzg‘unchi kuchlar manbalarini aniqlash, yoshlarda barqaror siyosiy madaniyatni shakllantirish davr talabiga aylangan. Shu bilan birga, bugungi axborot asrida ma’lumotlar oqimining kuchayib borayotganligi ijtimoiy hayotimizda ularni saralash va tahlil qilishni qiyinlashtiradi. Bu ma’lumotlar ichida yoshlar qatlami ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, ularda ijtimoiy-siyosiy keskinlik kayfiyatini keltirib chiqaruvchi “oqimlar”ning mavjudligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, yoshlarda radikal kayfiyatga undash holatlari tobora avj olganligini kuzatishimiz mumkin. Dastlab, “radikalizm” tushunchasi va uning turli talqinlari, kelib chiqish tarixi va siyosiy-mafkuraviy asoslarini o‘rganish hamda namoyon bo‘lish shakllarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Radikalizm ko‘pincha norozilik va muxolifat faoliyatining ayrim subyektlarining siyosiy manfaatlarini tavsiflash uchun «siyosiy ekstremizm» iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Biroq, ularning farqi aniq va siyosiy nizolarni hal qilishning demokratik va konstitutsiyaviy-me’yoriy vositalarida ko‘rinadi. “Radikal” atamasi – lotincha “radicalis” – “ildizga oid”, “ildiz” so‘zidan olingan bo‘lib, qat’iy va keskin choralar, harakatlar, dasturlar tarafdori, degan ma’nolarni anglatadi. Shu bilan birga, ba’zi talqinlarga ko‘ra, “Radikalizm – tom ma’noda oxirigacha borish, har qanday faoliyatda tub o‘zgarishlarga erishish uchun murosasiz istakni anglatadi”[1]. Mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib, radikal o‘zgarishlar va islohotlar o‘tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim sifatida e’tirof qilinadi. Bunday oqim tarafdorlari o‘z oldiga qo‘ygan g‘arazli maqsadi yo‘lida hech narsadan tap tortmaydi. Yer yuzidagi mavjud davlatlarning tinchligi, davlat sifatidagi maqomi, milliy qadriyati, tili, dini, asriy an’analarining izdan chiqishi, yemirilishi uchun yovuz harakatini olib boradi. Buning natijasida butun bir xalqning siyosiy-ijtimoiy barqarorligiga tahdid tug‘iladi. Radikal g‘oyalar va harakatlar qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lsa-da, «radikalizm» atamasi XVIII asrning oxirida Angliyada paydo bo‘lgan. Bu tushuncha falsafani ham, dinni ham, siyosatni ham, g’oyalarni ham, usullarni ham qamrab oladi. «Radikalizm» va «ekstremizm» tushunchalari hokimiyat uchun yoki mavjud hukumatga karshi kurash bilan birga paydo bo‘lgan hodisalarning o‘zidan ancha keyin paydo bo‘lgan. Radikalizm bo‘yicha kanadalik tadqiqotchi M.Neumann ushbu atamani ilk bora 1802-yilda chop etilgan qisqa Oksford lug‘atida uchratganini ta’kidlaydi[2]. Shuning uchun ushbu atama ancha oldin ham turli ma’nolarida qo‘llangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u dastlab I.Bentam tomonidan falsafaning yangi yo‘nalishiga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik bu tushuncha siyosiy, diniy, madaniy okimlarga tarkalib, XIX asrda ijtimoiy va siyosiy qarashlar va mafkuralarga doir mavzular doirasiga kirib boradi. Radikalizmning ilmiy tadqiqi ta’riflarning keng doirasi bilan tavsiflanadi. Ko‘pincha bu tushuncha mavjud ijtimoiy va siyosiy institutlarni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan siyosiy g’oyalar va harakatlarni bildirish uchun ishlatiladi. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qilayotgan davrda radikallashuvga qarshi kurash dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda bashariyat qo‘lida to‘planib qolgan ommaviy qirg‘in qurollari yer kurrasidagi hayotni bir necha bor yo‘q qilishga qodir. Biroq, bugungi kunda biron bir kuchli davlat boshqa bir mamlakatni kuch yo‘li bilan qaram qila olmaydi. Bu borada fikriy kurash, mafkuraviy tazyiq asosiy qurolga aylanmoqda. Chunki, fikran qaram mamlakatning moddiy va ma’naviy boyliklarini uning hududiga qurol olib kirmay turib...

Abu Rayhon Beruniy – Islom oltin davrining eng zabardast qomusiy allomalaridan biri

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Abu Rayhon Beruniy (973–1048) o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi bo‘lgan. Shuningdek u astronom, astrolog, matematik, geolog, geograf, o‘lkashunos, biolog, tibbiyot olimi, o‘simlikshunos, ma’danshunos, tarixchi, manbashunos, dinshunos, adabiyotshunos, faylasuf, sotsiolog, mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo‘lgan. O‘z davrida hazrat Abu Rayhon Beruniyning “shug‘ullangan sohasini sanashdan ko‘ra, shug‘ullanmagan sohasini sanash osonroq”, edi deyishadi. Beruniy bobomiz astronomiya, astrologiya, dinshunoslik, tarix fanlariga oid asarlar yozgan. Abu Rayhon Beruniy Yer sayyorasi Quyosh atrofida aylanishini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan olimdir. Abu Rayhon Beruniy birinchi bo‘lib Yer shari globusini yasagan. Bu ixtirodan barcha geograflar, har bir ziyoli bugungi kunda ham bahramand bo‘lmoqda. Abu Rayhon Beruniy Atlantika va Tinch okeanlarining janubiy qismi bir-biri bilan tutashganligini isbotlab, Yer sharining janubiy tomonida muz qoplangan quruqlik bo‘lishi kerak, deb faraz qilgan. U geografik kenglikni hisoblashda qo‘llagan usul XVI asrda Tixo de-Brage tomonidan kashf etilgan, deb kelinadi, vaholanki, bu usulni ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy bundan 6 asr ilgari ishlatgan. Jinslarning geologik kelib chiqishi, quruqlikning dengizlarga, dengizlarning quruqlikka aylanish nazariyalarini ham Abu Rayhon Beruniy ishlab chiqqan. Jismlarning Yer markaziga qarab tortilish kuchi haqida g‘oyani birinchi bo‘lib Beruniy bobomiz ilgari surgan. Ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy minerologiya va iqlimshunoslik fanlariga ham katta hissa qo‘shgan. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy dunyolarning ko‘pligi va xilma-xilligi haqida falsafiy g‘oyani ilgari surdi. Bu g‘oya 600 yildan keyin Jordano Bruno (1548–1600) tomonidan aytildi va u shu g‘oya tufayli inkivizatsiyaning gulhanida yondirildi. Hazrat Abu Rayhon Beruniy astronomiyada birinchi bo‘lib Quyosh tojining xususiyatlarini to‘g‘ri talqin qilib berdi. Abu Rayhon Beruniy bobomiz yoritgichlardan kelayotgan nurlar nafaqat yorug‘lik to‘lqini, balki zarrachalardan iborat ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Yorug‘lik bir vaqtning o‘zida ham to‘lqin, ham zarracha tabiatiga egadir, degan g‘oya XX asrdagina o‘z isbotini topdi. Hazrat Abu Rayhon Beruniy qadimgi xorazm tilidan tashqari, arab, so‘g‘diy, fors, yunon, suriyoniy va qadimiy yahudiy tillarni puxta bilgan va shu tillarda yozilgan adabiyotlarni o‘qiy olgan. Abu Rayhon Beruniy 362 yilning 3 zu-l-hijjasi/973 yil 9 sentabrida Xorazmning qadimiy poytaxti hisoblangan Kot (Kat) shahrida tug‘ilgan. Ayrim manbalarda Abu Rayhon Beruniyni Kot shahrida tug‘ilganligi sababli uni “Beruniy”, “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Abu Sa’d Abdulkarim as-Sam’oniy (vaf. 1165) “Nasablar kitobi” nomli asarida bunday deb yozadi: “Beruniy degan nisba Xorazm (yani uning poytaxti Kot shahri)ning tashqari qismiga oiddir…”. Bu shahar X asrda xorazmshohlar-afrig‘iylar sulolasining poytaxti, O‘rta Osiyoning eng yirik savdo markazlaridan biri edi. Bu davrda Xorazm bilan Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Eron, Kavkaz va Yevropa davlatlari o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlangan edi. Xorazmliklar asosan mo‘yna, qoramol, baliq va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan, Xorazmda hunarmandchilik, zargarlik, shishasozlik, to‘quvchilik, kandakorlik va yog‘och o’ymakorligi rivojlangan. Xorazmda matematika, astronomiya, geodeziya, matematik geografiya fanlari taraqqiy etib kelgan. Tarixchilar ma’lumotlariga qaraganda, bu ilmlarga qiziqqanlar dunyoning uzoq-uzoq joylaridan Xorazmga kelishgan. Kot shahrida xitoyliklar, suriyonlik, rumlik, yunonistonlik va hatto andalusiyalik (ispaniyalik)larni ham uchratish mumkin edi. Ular nafaqat ilm o‘rganish uchun, balki o‘z ilmlarini yoyish uchun ham kelishardi, Bu holat Xorazm o‘lkasida ilm egallashga sharoit keng bo‘lganligidandir. Kot shahri bir necha bor istilochilar tomonidan qayta-qayta vayron qilingan va har safar yangidan tiklanganda boshqa...

УСТНОЕ НАРОДНОЕ ТВОРЧЕСТВО

Человек встречается с устным народным творчеством с первых дней своей жизни. Укладывая мальппа спать, мать поёт ему колыбельную песню. Когда ребёнок подрастает, он уже сам начинает пользоваться считалками и дразнилками, скороговорками и загадками. Дети познaют жизненный опыт предков. Их великие предки Томaрис, боровшиеся зa свободу стрaны, искренности, человечности, терпения, предaнности делу, a глaвное, восприятия Родины, где жили и процветaли их отцы, слушают нaродные песни, эпосы, легенды и рaсскaзы., Ширaк, Спитaмен, Мукaннa, Темур Мaлик, Джaлолиддин Мaнгуберди, Мaхмуд Тороби и Aмир Темур учaтся нa их мужестве, чувствуя ромaнтику жизни и созидaния. Бессмертные произведения народной мудрости появились в глубокой древности, в те времена народы не имели письменности, и поэтому их передавали устно из поколения в поколение.  Выше изложенных материалах я назвал имена героев ,которых народ любил ,воспевал ,воспитывал своих детей на примере этих героев .Кто их сочинял? Имена этих талантливых людей не сохранились. Да разве они могли сохраниться?! Каждый рассказывал произведение по-своему. Он что-то добавлял, что-то изменял. Среди русских народных произведений особо выделяются былины. Их исполняли сказители. Народные певцы произносили былины нараспев. Былина – это песня-рассказ о богатырях и народных героях. Кто же был героем русских былин? Конечно, богатыри Илья Муромец и Добрьпгя Никитич, Святогор и Алёша Попович. Самый любимый народный герой – это Илья Муромец. Он сильный, спокойный, храбрый. Илья Муромец освобождает города от врагов и очищает дороги от разбойников. Есть былины и о жизни купцов. Самая известная среди них – былина о купце Садко. Но разве в узбекском фольклоре не было героев? Были, конечно, в эпосе «Равшан» говорится о сильной любви юноши Равшана к дочери падишаха Зулхумор. Узбекский эпос «Алпамыш» воспевает подвиги богатыря Хакимбека. храбрый герой отправляется выручать свою невесту Барчинай. Но самый любимый жанр — сказки, с ними связаны наши первые понятия о мире, добре и зле, о справедливости, в них выражены мысли и чувства, мечты и надежды народов. Когда нам что-нибудь нравится, мы сравниваем это со сказкой: «Это просто сказка!», «Всё было, как в сказке!». А какие они — русские и узбекские сказки? Это и волшебные сказки о приключениях и подвигах героев. Это и бытовые сказки о крестьянах и работниках, в них высмеиваются ленивые, упря- мые, глупые, жадные люди. Новеллы о Ходже Насреддине показывают ум, находчивость и проницательность узбекского народа. Самыми древними являются сказки о животных. Каждое животное имеет собственные черты. Лиса в сказках всегда хитрая и ловкая обманщица. Волк — глупый и жадный, заяц – трусливый. Медведь – неуклюжий и сильный, петух – легкомысленный и самоуверенный. Сравнивая русское и узбекское устное народное творчество , мы убеждаемся в следующем, с древних времён народы России и Узбекистана верили в добро, смелость, ум, трудолюбие. Они осуждали злость, хитрость, глупость, трусость. В русских и узбекских былинах и сказках зло всегда проигрывает, а добро всегда побеждает. Арипов Сатвалди Преподаватель кафедры «Языки» Ташкентского исламского института имени Имама Бухари. 130

MUROBAHA SAVDOSI: MOHIYATI, TARIXI VA ZAMONAVIY AHAMIYATI

Murobaha savdosi – moliyaviy operatsiyalarning eng qadimiy va keng qo‘llaniladigan shakllaridan biri bo‘lib, uning asoslari islom iqtisodiyotida ribosiz savdo qilish tamoyillariga asoslanadi. “Murobaha” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “foyda qo‘shib sotish” yoki “kelishilgan foyda bilan sotish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu savdo shakli islom iqtisodiyotida savdo munosabatlarining shariat tomonidan belgilangan shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash maqsadida shakllangan. Murobaha savdosining shar’iy asoslari Murobaha savdosining asoslari Qur’oni Karim va hadislar orqali belgilangan. Qur’oni Karimda ribo (foiz) aniq ta’qiqlangan bo‘lib, savdo esa halol qilingan (Baqara surasi, 275-oyat). Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham savdoda ochiqlik, halollik va shaffoflikka urg‘u berganlar. Aynan shu tamoyillar murobaha savdosining shariat talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Murobahaning asosiy xususiyati – sotuvchi tomonidan tovarning tannarxi va qo‘shiladigan foydaning aniq va ochiq-oshkora qilib xaridorga ko‘rsatilishidadir. Bu shaffoflik bitimning haqiqiyligini, shariatga muvofiqligini ta’minlaydi va riboviy muomalalardan farqlab turadi. Murobaha savdosining tarixiy shakllanishi Murobaha savdosining tarixiy ildizlari islomning ilk davrlariga, ya’ni VII asrning boshlariga borib taqaladi. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) va sahobalar davrida tijorat munosabatlarida mahsulotlarning tannarxi va foyda miqdorini ochiq-oshkora ko‘rsatib savdo qilish keng tarqalgan edi. Bu amaliyot keyinchalik islom huquqi (fiqh) kitoblarida ham o‘z aksini topdi va murobaha bitimlari iqtisodiy munosabatlarning islomiy shakli sifatida tan olindi. Tarixiy manbalarda murobaha savdosining qo‘llanilishi haqida ko‘plab misollar mavjud. Jumladan, Imom Abu Hanifa va boshqa fiqh olimlarining fatvolarida murobaha bitimlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘rta asrlar musulmon savdogarlari orasida murobaha bitimlari tijoratning asosiy shakllaridan biri sifatida keng qo‘llanilganligi tarixiy hujjatlar bilan tasdiqlangan. Zamonaviy moliya tizimida murobaha savdosi XX asrning oxirlaridan boshlab, islom iqtisodiyotining qayta tiklanishi va rivojlanishi bilan bir qatorda, murobaha savdosi ham zamonaviy moliya tizimida qayta jonlandi va yanada takomillashdi. Bugungi kunda islom banklari va moliyaviy institutlar tomonidan murobaha savdosining zamonaviy shakllari ishlab chiqilib, keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy moliya muassasalarida murobaha shartnomalari orqali ko‘chmas mulk, avtomobillar, ishlab chiqarish uskunalari va boshqa yirik xaridlar moliyalashtirilmoqda. Murobaha orqali bitim tuzishda bank yoki moliyaviy institut mijozning talabiga ko‘ra mahsulotni xarid qiladi va uni aniq xarajat va belgilangan foyda bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratgan holda sotadi. Shu tarzda moliyaviy muassasalar ribosiz va shariatga mos moliyaviy xizmatlarni taqdim qilishmoqda. Murobaha savdosining shariat talablari Murobaha savdosining shariat talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tannarxning aniq va oshkora bo‘lishi; Sotuvchi mahsulotga ega bo‘lishi va uning sotuv vaqtida mavjud bo‘lishi; Foyda miqdorining kelishilgan va qat’iy belgilangan bo‘lishi; Bitimning shaffofligi va tomonlarning o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilishi. Ushbu talablar bajarilgan holatda murobaha bitimi shariatga muvofiq va halol hisoblanadi. Aks holda, bitimning shariat tomonidan qabul qilinmasligi va riboviy bitimga aylanish xavfi mavjud. Xulosa Murobaha savdosi islom moliyaviy tizimida o‘ziga xos o‘rin tutib, ribosiz moliya amaliyotlarini amalga oshirish uchun samarali vositadir. Uning tarixiy ildizlari va zamonaviy rivojlanish istiqbollari murobahaning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, murobaha bitimlarining shariat talablariga qat’iy muvofiq amalga oshirilishi uning halolligini va zamonaviy iqtisodiyotda keng qo‘llanilishini ta’minlash uchun asosiy shart bo‘lib qolmoqda. Tillayev Muhammadali TII 404-guruh talabasi 158

Муҳаммад Обид Синдий ҳаёти ва илмий фаолияти

Мисрда Усмонийларнинг волийси Муҳаммад Али Бошо Синдийннинг катта олимлигини билгани учун алломани икром ва эҳтиром қилади хамда зиёратига шахсан ўзи бориб туради... - ТИИ Тиллар кафедраси ўқитувчиси Анваров Элёрбек
1 6 7 8 9 10 715