Vakolat (الوكالة) Islom huquqida muhim o‘rin tutadi va kundalik hayotda, tijoratda, yuridik hamda ijtimoiy munosabatlarda keng qo‘llaniladi. Hanafiy mazhabi asosida vakolat shaxsning boshqa bir shaxsga o‘z nomidan ish yuritish yoki huquqiy harakatlarni amalga oshirish vakolatini berishidir. Zamonaviy davrda vakolatning turlari ortib, elektron va raqamli shakllar ham yuzaga keldi. Ushbu maqolada vakolatning shar’iy asoslari, Hanafiy mazhabi talablari va zamonaviy turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Vakolatning shar’iy asoslari Qur’on va Sunnatdagi dalillar Vakolat masalasi Qur’on va hadisda mustahkam asosga ega. Alloh taolo aytadi: “Ey iymon keltirganlar! Birortangizga o’lim kelganda-vasiyat qilar chog’ida o’zingizdan bo’lgan ikki adolatli kishi agar yer yuzida safardalik chog’ingizda o’lim musibati yetsa o’zgalardan ikki kishi o’rtangizda guvoh bo’lsin.” (Moida surasi, 106-oyat) Bu oyatda vasiyat qilish va guvohlarni jalb qilishda vakolat zarurati nazarda tutilgan. Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vakolatni amalda qo‘llaganlar. “Nabiy (s.a.v.) Urvani qo‘y sotib olish uchun vakil qildilar.” (Imom Buxoriy rivoyati) Sahobalarning amaliyoti Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) biror mulkni boshqarish uchun vakil tayinlaganlari rivoyat qilingan. Bu kabi misollar vakolatning sahobalar davrida ham qo‘llanilganligini ko‘rsatadi. Hanafiy mazhabida vakolat tushunchasi Hanafiy ulamolari vakolatni shariatga muvofiq va halol ishlarni amalga oshirish uchun tayinlangan vakil orqali bajariladigan huquqiy harakat sifatida ta’riflaydilar. Hanafiy mazhabi vakolatni quyidagi jihatlar bilan izohlaydi: Vakil qiluvchi (مُوَكِّل) va vakil (وَكِيل) aqli raso va balog‘atga yetgan bo‘lishi lozim. Vakolat berilayotgan ish shar’an joiz bo‘lishi kerak. Vakolat aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Vakolatning asosiy turlari (Hanafiy mazhabiga ko‘ra): Umumiy vakolat (وكالة عامة): Barcha ishlarni o‘z ichiga oladi. Xususiy vakolat (وكالة خاصة): Faqat muayyan vazifani bajarish uchun. III. Zamonaviy vakolat turlari va fiqhiy masalalar Tijoratda vakolat Vakolatning zamonaviy tijoratdagi ahamiyati ortib bormoqda. Bank va moliya institutlarida vakolatnomalar orqali muomala ishlari amalga oshiriladi. Hanafiy ulamolari bunday vakolatlarni shar’iy jihatdan maqbul deb hisoblaydilar, agar ular halol va adolatli bo‘lsa. Fatvo: Dorul Uluum Devbandning fatvosiga ko‘ra, bank vakolatlari joizdir, agar ular ribo va qimor kabi harom ishlarni o‘z ichiga olmasa. Elektron va raqamli vakolat Zamonaviy davrda elektron imzo va raqamli vakolatlar keng tarqaldi. Hanafiy ulamolari bu masalada ehtiyotkorlikka chaqiradilar. Elektron vakolatlar ishonchlilik va halollik talablarini qondirsa, shar’an maqbul hisoblanadi. Dalil: Imom Abu Hanifa (r.a.)ning fikricha, hujjatlar va guvohlik ishonchli bo‘lsa, vakolat joizdir. Yuridik va notarial vakolatlar Notarial vakolatlar huquqiy jihatdan shartnoma tuzish yoki meros masalalarida keng qo‘llaniladi. Shar’iy jihatdan notarial vakolat, agar qonuniy asosga ega va shar’iy qoidalarga zid bo‘lmasa, joizdir. Siyosiy va ijtimoiy vakolatlar Saylov vakolatlari va davlat vakolatlari zamonaviy dunyoda muhim ahamiyat kasb etadi. Islomda vakolatni suiiste’mol qilish qattiq qoralanadi: “Alloh sizga omonatlarni o‘z egalariga topshirishni amr etadi.” (Niso surasi, 58-oyat) Vakolatning suiiste’moli va shar’iy halollik Zamonaviy dunyoda vakolatlarni suiiste’mol qilish holatlari ko‘p uchraydi. Vakolatni adolat va halollik asosida amalga oshirish lozim. Hanafiy ulamolari vakolat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda halollik va ishonchni asosiy tamoyil sifatida belgilaydilar. Vakolat, xoh an’anaviy, xoh zamonaviy shaklda bo‘lsin, shar’iy jihatdan joizdir, agar u halollik, adolat va ishonch asosida amalga oshirilsa. Zamonaviy texnologiyalar va tijorat usullari rivojlangan sari, elektron va raqamli vakolat turlari ham dolzarb masalaga aylanmoqda. 401 – guruh talabasi Abdulvahhobov Orifjon 106
عَنْ إِسْمَاعِيلَ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ أَنَّ أَبَا مُرَّةَ مَوْلَى عُقَيْلِ بْنِ أَبِي طَالِبٍ أَخْبَرَهُ عَنْ أَبِي وَاقِدٍ اللَّيْثِيِّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَيْنَمَا هُوَ جَالِسٌ فِي المَسْجِدِ وَالنَّاسُ مَعَهُ إِذْ أَقْبَلَ ثَلَاثَةُ نَفَرٍ فَأَقْبَلَ اثْنَانِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَذَهَبَ وَاحِدٌ قَالَ: فَوَقَفَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَمَّا أَحَدُهُمَا فَرَأَى فُرْجَةً فِي الحَلْقَةِ فَجَلَسَ فِيهَا، وَأَمَّا الآخَرُ فَجَلَسَ خَلْفَهُمْ، وَأَمَّا الثَّالِثُ فَأَدْبَرَ ذَاهِبًا، فَلَمَّا فَرَغَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَلَا أُخْبِرُكُمْ عَنِ النَّفَرِ الثَّلَاثَةِ؟ أَمَّا أَحَدُهُمْ فَآوَى إِلَى اللَّهِ فَآوَاهُ اللَّهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَاسْتَحْيَا فَاسْتَحْيَا اللَّهُ مِنْهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَأَعْرَضَ فَأَعْرَضَ اللَّهُ عَنْهُ». Abu Voqid al-Laysiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda o‘tirgan edilar, odamlar u zot bilan birga edilar. Shu payt uch kishi keldi. Ularning ikkitasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yaqinlashdi, biri esa ketdi. U ikkitasi Rasululloh huzuriga kelib to‘xtashdi. Ulardan biri halqada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha joyga o‘tirdi. Ikkinchisi orqaroqqa o‘tirdi. Uchinchisi esa yuz o‘girib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ishlarini tugatgach, dedilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar berayinmi? Ulardan biri Allohning huzuriga intildi – Alloh uni panohiga oldi. Ikkinchisi uyaldi – Alloh undan hayo qildi. Uchinchisi yuz o‘girdi – Alloh undan yuz o‘girdi.” Islomda ilm majlislari Allohning eng sevimli bandalaridan bo‘lish yo‘lida muhim manba hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ilmlarni faqat bilim emas, balki Allohga yaqinlik manbai sifatida o‘rgatganlar. Yuqoridagi hadis bu haqiqatning yorqin namunasi hisoblanadi. Hadis voqeiy tarzda uchta kishining masjidga kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu voqea orqali quyidagi ijtimoiy-axloqiy saboqlar olinadi: Ilmiy majlisda faol qatnashish savobdir. Halqaga kirib o‘tirgan kishi Allohning panohiga erishdi. Bu ilm majlisiga intilishning fazilatini ko‘rsatadi. Hayo – Allohga yaqinlik belgisi. Orqaroq o‘tirgan kishi uyalgani sababli Alloh undan hayo qildi. Hayo musulmonlikning ajralmas jihatidir. Ilmdan yuz o‘girish – ilohiy rad etilish sababidir. Hadisda yuz o‘girgan kishidan Alloh ham yuz o‘girgani ta’kidlanadi. Bu ilmiy muhitdan chetlashishning jiddiy oqibatlarini bildiradi. Ilm halqasiga yaqin o‘tirish mustahabdir. Ko‘pchilik fuqaho bu hadisdan ilmiy halqaga yaqinlashish mustahab ekani haqida istinbot qilganlar. Uyat hissi shariatda fazilat sanaladi. Hattoki orqada o‘tirish ham hayo niyatida bo‘lsa, bu maqbul bo‘lishi mumkin. Ilmdan nafratlanish, ishtirokni rad etish ma’naviy halokatga olib keladi. Bu hadis orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallam musulmonlarning ilm majlisidagi odobini, Allohga yaqinlashish vositalarini, va ijtimoiy muomala shakllarini o‘rgatganlar. Har bir musulmon bu uch kishining qaysi biri bo‘lishni tanlashi kerak: ilmga intilgan, hayo bilan ishtirok etgan, yoki yuz o‘girgan… Korabayev Nurpeys 401-guruh talabasi 132
U kishi imom, hofiz, muhaddis, tarixchi bo‘lib, asl ismi Ismoil ibn Umar ibn Kasir ad-Dimashqiy ash-Shofiiy, kunyalari esa Abulfidodir. 700-hijriy, milodiy 1301 yilda Shomdagi Busro viloyatining Mijdal qishlog‘ida tavallud topgan. Tafsir ilmiga oid mo’tabar kitob yozgani uchun ulamolar tomonidan Imoduddin dеya sharaflangan. Alloma Ibn Kasir ilmli, dindor oilada o‘sdi. Ibn Kasirning oilasi haqida aniq va keng manbalar saqlanib qolmagan. Biroq, mavjud tarixiy manbalarga ko‘ra, uning oilasi va shaxsiy hayoti haqida quyidagi ma’lumotlar bor. Ibn Kasirning otasi Shayx Umar ibn Kasir bo‘lib, u fiqh va islomiy ilmlar bilan shug‘ullangan. Imom Ibn Kasirning otasi voiz Shihobiddin vafot etganligi sababli, katta akasi qo‘lida tarbiyalangan. Ibn Kasir o‘z qaramog‘ida o‘sgan ukasi haqida: “U bizga birodar, bizga mehribon hamroh edi”, dedi. Imom Ibn Kasir hijriy sakkizinchi asrning ko‘plab voqealariga guvoh bo‘lgan. O’sha davrda hukmronlik Mamluk davlati bo’lib, VIII asrda sodir bo’lgan voqealar orasida tatarlarning islom davlatiga hujumi, ocharchilikning tarqalishi va ularning islom davlatiga o’tishi, epidemiya va kasalliklarning tarqalishi bor. Bu voqealar millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’ldi va bir asrda bir necha urushlar sodir bo’ldi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari musulmonlar va salibchilar o‘rtasidagi urush , shahzoda va vazirlar o‘rtasida davlatga qarshi fisq va fitnalarning tarqalishi edi. Bu davrni o’rab olgan barcha urushlar, fitnalar va kasalliklarga qaramay, u hali ham maktablarning tarqalishi va yozuvning gullab-yashnashi bilan ifodalangan ilmiy faoliyat davri edi. Ibn Kasir o‘sib-ulg‘aygan uy din uyi edi. Otasi va`zgo`y bo’lgan va bu Ibn Kasirning rahimahullohning o`sib ulg`ayishida kata ta’sir qilgan. Ibn Kasirning otasi Ibn Kasir to‘rt yoshida, boshqa bir rivoyatda esa yetti yoshida vafot etgani aytiladi. Uning vafotidan keyin uning oilasi Damashq shahriga ko’chib o’tdi va uning oilasi Al-Nuriya maktabi yoniga joylashdi. Bo‘lajak olimning oilasini amakilari Abdulvahhob o‘z himoyasiga oldi va akasining oilasining tinchligi va farovonligi uchun bor kuch va g‘ayratini ayamadi. Kеyinchalik mazkur amakilari haqida Ibn Kasir shunday dеb eslagan: “Bir tug‘ishgan amakim bor edilar. Bizga o‘ta mеhribon va g‘amxo‘r edi. U kishi 750-hijriyda vafot etgan. Ilk ilmni ushbu amakimning qo‘llarida olganman. Amakimdan qiyin ilmlarni ham osonlik bilan Alloh nasib etganicha oldim”[1]. Imom Ibn Kasir yoshligida “Ahkam al-tanbih” nomli kitob yozgan. Shayx Al-Burhon bu kitobdan qoyil qolgan va uni maqtagan. Ibn al-Imod rahimahulloh Ibn Kasirni ta’riflar ekan, deydi: “U juda hushyor, kamdan-kam unutuvchan va yaxshi tushunar edi. “At-Tanbih” kitobini va Ibn al-Hojibning “Muxtasarini” yod oldi, so’ng hadisga murojaat qildi, uning matnlarini va rivoyatlarini eshitdi”. Imom al-Buxoriyning “As-Sahih”, Imom Muslimning “Al -Jomi’ as-Sahih”, Bayhaqiyning “Sunan al-Kubra”sining ba’zilari, u hali hayotining cho‘qqisida bo‘lganida Musnadi Shofi’iyni va boshqa hadis kitoblarini eshitgan. Imom Ibn Kasir islom ilmlarining bir nechasi bo`yicha ustunlik qilgan . Jumladan, fiqh, tafsir, grammatika, hadis va boshqalar. Ibn Kasir juda yoshligida otasidan ayrilgan, shuning uchun uning ta’lim olishi va tarbiyasi ustozlari va katta akasi tomonidan davom ettirilgan. Ibn Kasirning ustozi va qaynotasi. Ibn Kasir o‘zining mashhur ustozlaridan biri bo‘lgan Al-Mizzining qizi bilan turmush qurgan. Al-Mizzi hadis ilmining ulkan allomalaridan biri bo‘lib, “Tahzib al-Kamal” asari bilan mashhur. Ibn Kasir ustozi Al-Mizzining ta’sirida ilmiy faoliyatini rivojlantirgan va uning qizi bilan nikohlanishi bu ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlagan. Ibn Kasirning farzandlari haqida tarixiy manbalarda ko‘p ma’lumot uchramaydi. Biroq, uning oilasi...
Касалнинг кўнглини кўтариш суннат амалдир. Сиз беморга таскин ва тасалли беришда давом этинг. Албатта соғайиб кетиши ва Аллоҳ хоҳласа ҳали кўп яшаши ҳақида гапириб кўнглини кўтаринг. Расули акрам алайҳиссалом шундай марҳамат қилганлар: إذا دَخَلْتُمْ عَلَى الْمَرِيض فَنَفِّسُوا لَهُ فِي أَجَلِه فَإِنَّ ذَلِكَ لايَرُدُّ شَيْئًا وَيُطَيِّب نَفْسَهُ “Бемор ҳузурига кирганингизда унинг ажали ҳақида тасалли беринг. Бу албатта қазони қайтармайди, лекин унинг кўнглини хуш қилади” (Имом Термизий ривояти). Ушбу ҳадисдаги “Унинг ажали ҳақида тасалли беринг” дегани беморга умри иншоаллоҳ узун бўлиши, ҳали кўп яшаши ва бу дарддан албатта фориғ бўлиб, тузалиб кетиши ҳақида таъкидлаб, кўнглини кўтаринг, деган маъноларни англатади. Шунингдек, беморга кўрган заҳматлари гуноҳлари учун каффорат бўлишини ҳам эслатиш марғуб амал саналади. Имом Бухорий ривоят қилишларича, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам бемор зиёрат қилсалар: “لابأس، طهور إن شاءالله” “Лаа баъс, тоҳур иншоаллоҳ”, яъни “Зарари йўқ (тузалиб кетасиз), иншоаллоҳ, бу касаллик туфайли гуноҳларингиз ювилади”,– деб айтардилар. Шу билан бирга, бемор дўстингиз Аллоҳ таолодан яхши гумонда бўлишига, ундан тузалиб кетишини сўраб дуо қилиши кераклигини айтинг. Аллоҳ таоло бандасига берган ҳар қандай касаллик ёки мусибат беҳикмат бўлмаслиги, агар сабр қилса, банда жуда катта ажрларга эга бўлишини айтиб, унинг имонини мустаҳкамланг. Бу борада қуйидаги ҳадиси шарифни ҳам эслатиб ўтиш фойдадан холий эмас: عَنْ جَابِرٍ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ. Жобир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Қиёмат куни мусибат аҳлига савоб берилган пайтда офият аҳли дунёда терилари қайчи билан қийилган бўлишини орзу қиладилар”, дедилар (Имом Термизий ривоятлари). Энг афсусланарли ҳолат ҳақли кишиларга эътиборсиз бўлинади. Имом Аҳмад роҳимаҳуллоҳ ўзининг “Муснад”ида саҳобий Абдуллоҳ ибн Азҳар розияллоҳу анҳудан ҳадис келтиради: “Ҳунайн жангида Холид ибн Валид розияллоҳу анҳу жароҳатланди. Аллоҳ таоло кофирларни мағлуб қилганидан сўнг Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам мусулмон аскарлари ичида юриб Холид розияллоҳу анҳуни қидирдилар: – Холидни ким кўрди? Менга Холид ётган жойни кўрсатинглар! Биз Набий саллоллоҳу алайҳи ва салламга Холид ётган жойни кўрсатдик. У зот Холиднинг олдига бориб унинг жароҳатига ўзлари қарадилар!”. Катталигингиздан сал пастроқ тушинг. Камтарроқ бўлаверинг. Бирор ишчингиз бемор бўлса уни бориб кўринг. Бу ишингиз билан унинг қалбига эга бўласиз. Бир мискин яқинини йўқотса унга ҳамдард бўлинг. Бу билан унинг кўнглини оласиз. Бирор ишчингиз кўринмай қолса уни суриштиринг. Бундан у саодат туяди. Тўғри, биз инсонлар учун эмас, Аллоҳ учун амал қиламиз. Аммо ўша Аллоҳ кўнгил олишни Ўзининг шариатида ибодат даражасига кўтарган! Беморни зиёрат қилиш мусулмоннинг мусулмон биродари зиммасидаги ҳақларидан биридир. Беморни зиёрат қилмоқчи бўлган киши қуйидаги одоблар билан одобланиши лозим бўлади. -Эзгу ният қилиш; -Бемор зиёратини ортга сурмаслик; -Ёш бола бемор бўлса ҳам кўргани бориш; -Ғайридин беморни ҳам кўргани бориш жоиз; -Ҳушсиз бўлган беморни кўргани бориш; -Енгил дард билан оғриган беморни ҳам кўргани бориш; -Бемор зиёратига пиёда бориш. Зеро, унинг савоби кўпроқдир. -Беморга ноқулайлик туғдирмайдиган вақтда бориш; -Беморнинг яқинларидан беморнинг соғлиғи ҳақида сўраб туриш; -Беморнинг бош тарафида ўтириш; -Бемордан аҳволи қандайлигини сўраш; -Беморга касалликнинг савоблари ҳақида хушхабар бериш; -Беморга тақдирга рози бўлиш ва сабрли бўлиш лозимлигини эслатиш; -Беморни ғазабланишдан ва касалликни сўкишдан қайтариш; -Беморнинг аъзоларига қўлни...
Nikoh — Islomda eng muqaddas rishtalardan biridir. U faqatgina ikki insonning o‘zaro shaxsiy ittifoqi bo‘lib qolmay, balki jamiyatning axloqiy va ijtimoiy tuzilmasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institutdir. Islomda, nikohga alohida e’tibor qaratilgan. Nikoh ibodat maqomida ko‘riladi. Bu borada mashhur hanafiy olimi Ibn Obidin rahmatullohi alayh quyidagi fikrni bildirgan: “Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan hamda jannatda ham davom etadigan amal ikkita bo‘lib, birinchisi — iymon, ikkinchisi — nikohdir.” Bu fikr nikohning ilohiy qadriyat ekanini anglatadi. Nikoh orqali oila barpo etiladi. Oila esa jamiyatning eng kichik, ammo eng muhim birligi sanaladi. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi: “Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juftlar yaratganligi va orangizda sevgi va marhamatni solib qo‘ygan (ham) Uning oyat–belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.” (Rum surasi, 21-oyat). Bu oyat nikohning faqat jismoniy emas, balki ruhiy, hissiy va ma’naviy jihatdan uyg‘unlikni ta’minlovchi ilohiy muassasa ekanini ko‘rsatadi. Nikohni barqaror, sog‘lom va mas’uliyatli tarzda qurish uchun Islomda muayyan mezonlar — xususan kafoat (tenglik) talabi ilgari suriladi. Kafoat lug‘aviy jihatdan “tenglik”, “moslik”, “muvofiqlik” degan ma’nolarni anglatadi. Fiqhiy istilohda nikohda erkak bilan ayol o‘rtasida muayyan jihatlar bo‘yicha muvofiqlik bo‘lishi lozimligini bildiradi. Bu muvofiqlik faqat shaxsiy istak emas, balki ijtimoiy barqarorlik va axloqiy muvozanatni saqlash maqsadida belgilangan mezondir. Hanafiy mazhabi ulamolari kafoatni nikohning maqbul va uzoq muddatli bo‘lishi uchun zarur omil deb hisoblashgan. Kafoat mezonlari vaqt o‘tishi bilan ba’zi tafsilotlarda farq qilgan bo‘lsa-da, uning asosiy mohiyati o‘zgarmagan: Er va xotin o‘rtasida din, axloq, moliyaviy ahvol, ijtimoiy maqom va boshqa muhim jihatlar e’tiborga olinishi kerak. Eng muhim mezon — bu diniy muvofiqlikdir. Ulamolar diniy yetuklikni nikoh uchun birinchi darajali ahamiyatga ega deb bilishgan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Agar sizlarga dini va xulqi sizni rozi qiladigan biri (qizingizga sovchi bo’lib kelsa) qizingizni unga turmushga bering. Agar buni qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta buzuqlik paydo bo‘ladi” deganlar. Bu hadisdan ko‘rinadiki, erkakning taqvodorligi, dinni tushunishi, ibodat va axloqiy pokligi eng muhim ustuvorlik hisoblanadi. Dindor ayolni fosiq erkakka berish, nafaqat oilaning, balki jamiyatning barqarorligiga ham xavf tug‘diradi. Tenglik yana nasabda ya’ni bo’lajak kuyov kelinga nasl-nasabda teng bo’lishi e’tiborga olinadi. Chunki faxrlanish nasl- nasab tufayli kelib chiqadi. Nasl noma’lum bo’lsa, tenglik hisoblanmaydi. Nasl-nasabi aniq bo’lmagan erkak nasl-nasabi ma’lum bo’lgan qizga teng bo’la olmaydi. Nasabning muhimli kelin-kuyovning oilalari orasida muvofiqlik bo’lishi va oilaviy qadiryatlarni bir-biriga mos kelishiga asoslanadi. Bu esa kelgusida oilada kelib chiqadigan ziddiyatlarning oldini olish va barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Moliyaviy jihatdan tenglik. Erkakning ayolga nafaqa berish qobiliyati fiqhda zaruriy shartlardan biridir. Shuningdek, bu mezon kafoat mezonlari ichida ham e’tiborga olinadi. Ba’zi fuqaholar erkakning kasbi va ijtimoiy maqomini ham kafoat mezonlariga kiritishgan. Chunki ayrim jamiyatlarda kasb-hunar oilaning obro‘siga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda kafoat masalasiga kengroq nuqtai nazardan yondashilmoqda. Endilikda faqat nasl-nasab yoki kasb emas, balki quyidagi jihatlar ham muhim o‘rin tutadi. Ma’naviy uyg‘unlik: Hayotiy qarashlar, diniy e’tiqod darajasi va ruhiy holatning o‘zaro mosligi, ta’lim darajasi, bilim saviyasi va fikrlash tarzi o‘rtasidagi moslik. Oilaviy madaniyat: Har ikki tarafning oila qadriyatlariga munosabati va axloqiy uyg‘unligi, halollik, fidoyilik, sabr-toqat kabi insoniy fazilatlarning mavjudligi ham e’tiborli va zaruriy ishlardan hisoblanadi. Ushbu zamonaviy...