Arab xati rivojlanishning katta yo'lini bosib o'tishi bilan birga Islomga kiritilgan davlatlar ham shunchalik katta maydonga ega bo'ldi. Bu yurtlarda avval ma'lum xat turlariga katta e'tibor qaratilgan. Shu bilan birga ma'lum bir yurt uchun qulay bo'lgan mahalliy xat turlari vujudga kеla boshlaydi. Ular tеzlik bilan o'zining mustaqil va o'ziga xos ko'rinishini topadi. - Toshkent islom instituti talabasi Abdurahim TURAQULOV
Arab tilida fe’llar uchta zamondan birida bo’ladi: 1. Moziy (مَاضِي): o’tgan zamon. 2. Hozir/hol (حَاضِرٌ/الحَالُ): hozirgi zamon. 3. Mustaqbal (مُسْتَقْبَلُ): kelasi zamon... - Toshkent islom instituti talabasi Abdurahmon SUPIYEV
Shari’ati islomiyada muqarrarki, inson bajaradigan har qanday amal Alloh subhanahu va taolo huzurida maqbul boʻlishi uchun ikkita shart topilishi lozim: Birinchisi, amal Alloh uchun xolis boʻlmogʻi zarur, u bilan riyo va sumʼa, shuningdek, biron dunyoviy manfaat koʻzlangan boʻlmasligi lozim. Alloh taolo aytadi: «Kim Parvardigoriga roʻbaroʻ boʻlishidan umidvor boʻlsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani (unga) sherik qilmasin!» (Kahf 110). - Toshkent islom instituti talabasi Zoirjon JURABOYEV
Oila bu – katta jamiyatning kichik bir bo’g’ini bo’lib, islom dinida juda ham katta qadr-qimmatga ega bo’lgan ne’matlardan hisoblanadi. Shu bilan birga xalqimizning milliy urf-odatlari va qadriyatlari ham oilani muqaddas deb e’zozlaydi. Lekin, bugunga kelib ushbu qadr-qimmat, urf-odat va milliy qadriyatlarga nisbatan biz musulmonlar orasida befarqlik va layoqatsizlik ortib bormoqda. Buni hozirgi kundagi oilalar buzilishi va ajrimlar to’g’risidagi “statistika” malumotlaridan ham bilsak bo’ladi. Bu juda ham achinarli va ta’bir joiz bo’lsa uyatli holat ham hisoblanadi. - Toshkent islom instituti talabasi Zoirjon JURABOYEV
Mutakallim va mufassir Imom Abu Mansur Moturidiy o‘zining chuqur ilmi va aqidaviy qarashlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan. Uning eng yirik asarlaridan biri “Ta’vilotul Qur’on” bo‘lib, bu tafsir asari Islom dini rivojida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa asarining mazmuni va uslubi hozirgi zamonda ham kitobat yo’nalishida namunadir. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV