Qurʼoni karimni Alloh taolo eng yuksak darajadagi fasohat va balogʻat bilan nozil qilgan. U arab tilini barcha nozik jihatlarini o‘zida mujassam etgan kitobdir. Qur’oni karimni chuqur va to‘g‘ri anglashda arab tili ilmlari muhim vositalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, balogʻat ilmi — Qur’on oyatlarining nozik ma’nolarini idrok etishda beqiyos o‘ringa ega. Qur’oni karimda xilma-xil uslublar — xitob, ogohlantirish, xushxabar berish, hikoya qilish va boshqa uslublar mavjud. Har bir uslub o‘ziga xos vaziyatda, o‘ziga mos ta’sir kuchiga ega. Balogʻat ilmi bu uslublar orasidagi tafovutlarni tushunish va ularning ahamiyatini anglashda yordam beradi. Oyatlarning mo‘jizaviyligi faqat mazmunida emas, balki uning tilidagi badiiy go‘zalligida hamdir. Agar balogʻat ilmi e’tibordan chetda qolsa, Qur’on oyatlarining noto‘g‘ri talqin qilinishi, ularning ilohiy ma’nolari e’tiborsiz qolishi, hatto chalkash tushunchalar shakllanishi mumkin. Balogʻatni bilmagan kishi, Qur’on oyatlaridan ko’zlangan maqsadlarni tushunmay, uni faqat zohiriy talqin qilishi mumkin. Bu esa Qur’on ilmlarining insonlar ruhiyatiga yetib borishda katta to‘siq bo‘ladi. Bugungi kunda Qur’onni anglash, unga tafsir berish, undan hayotiy saboq olish istagida bo‘lgan ko‘plab kishilar uchun balogʻat ilmini o‘rganish dolzarb masalaga aylangan. Chunki Qur’on tafsirida yuzaga kelayotgan ayrim chalkashliklar yoki turlicha talqinlar ko‘pincha balog‘aviy jihatlarni anglamaslikdan kelib chiqadi. Shu boisdan, Qur’on ilmlari bilan shug‘ullanuvchi har bir kishi balogʻat ilmini zarur darajada bilmog‘i lozim. Balogʻat — arab tilida “yetish”, “erishish” ma’nolarini bildiradigan بلغ (balag‘a) fe’lidan olingan bo‘lib, istilohiy jihatdan fikr va ma’noni go‘zal, aniq va holatga mos tarzda ifoda etish mahoratini bildiradi. Balogʻat ilmi uch asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, har biri Qur’on oyatlarini turli jihatdan anglashga xizmat qiladi: Maʻoniy ilmi: Bu bo‘lim so‘zning maqomga mosligini, fikrning joyida va vaziyatga qarab aytilganligini tahlil qiladi. Masalan, muhatabning holatiga qarab gapning ifoda shakli qanday o‘zgarishi kerakligini o‘rgatadi. Qur’onda bu jihat juda nozik tarzda ishlatilgan: ba’zan qat’iy buyrug‘, ba’zan muloyim, ba’zida ogohlantiruvchi ohangda bo‘ladi. Maʻoniy ilmi bu farqlarni tushunish imkonini beradi. Bayon ilmi: Bayon ilmi ma’noni tashbeh, istiʻora, kinoya kabi usullar orqali chuqurroq yetkazib berishga xizmat qiladi. Bu bo‘lim fikrni tasvir orqali etkazish, ruhiy holatni misol orqali ifodalashni o‘rgatadi. Qur’onda bunday ifodalar juda ko‘p. Badiʻ ilmi: Bu bo‘lim nutqning go‘zalligini, ohangdorligini o‘rganadi. Badiʻ ilmida tajnis, muqobala kabi usullar orqali nutqqa go‘zallik beriladi. Qur’onda ko‘plab oyatlarda bu uslublar mavjuddir. Xulosa: Balogʻat ilmi — Qur’onni nafaqat tushunish, balki his qilish, ruhiyatga singdirish, va uni chuqur anglash vositasidir. Ushbu ilm orqali oyatlardagi xitob, tashbeh, va ma’no go‘zalligini to‘liq tushunish mumkin bo‘ladi. Shuning ushun har bir Qur’on ilmlari bilan shug‘ullanadigan kishidan balogʻat ilmini puxta egallashi talab qilinadi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi Raximov Abdulbosid Muhammad Ali o‘g‘li 138
Dinimizda har bir narsalarda alohida etibor qaratilganidek ibodatning durust bo‘lishi uchun shart bo‘lgan poklikka ham katta etibor qaratilgan.Bizning buyuk bobokalonimiz bo‘lgan amirulmuminin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rohimahulloh ham “al-Jome as-Sahih” kitobida alohida nazar qilib bir kitobni u haqida ajratdi va sahih hadislarni keltirdi. “Tahorat kitobi”da imom Buxoriy rohimahulloh jami yetmish beshta bob keltirganlar. Ulardan tashqari uchta bobga nom bermay keltirganlar. Ular quyidagilar: Birinchi- “Uylarda qazoyi xojat qilish haqidagi bob”dan so‘ng keltirdib, dalil uchun shayxlari Ya’qub ibn Ibrohim rohimahullohdan mutassil sanad bilan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Bir kuni uyimiznig tepasiga chiqqan edim. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning Baytul Maqdisga qarab ikki g‘isht ustida qazoyi xojat qilayotganlarini ko‘rdim”[1].dedi. Abu Zar Hiraviy, Asiliy va Abul Vaqtlarning rivoyatida “Bob” kalimasi tushib qolgan. Hofiz ibn Hajar rohimahulloh aytadi: “Ya’qub u Duraqiydir, sanadda kelgan uning shayxi Yazid esa Ibn Horundir huddi Abu Zarr va Asiliylarning rivoyatiga kelganidek. Uning bu sanadda kelgan ustozi Yahyo esa u Ibn Sai’d Ansoriy bo‘lib avvalroq “Ikki g‘ishtni ustida qazoyi xojat qilish bobi”da imom Molik ham ushbu hadisni shu zottan rivoyat qilgandi”[2].deydi. Anvarshoh Kashmiriy: “Buxoriy rohimahulloh yuqoridagi bino va devordan istisno qilib bu yerda ushbu hadisga qiyos qilib tarjama keltirdi ko‘plarning zehniga “Bu hadisga tarjama keltirmadi” degan o‘ykelmasin. Chunki musannif bu hadisga avvalgisini tarjama qildi va uni keltirgani uchun bu hadisni ham avvalgi tarjamani ichiga kirgizib yubordi”[3].deydi. Hofiz Qastalloniy rohimahulloh: “Baytul Maqdisga qarab, degan lafz Yahyo Ansoriy rohimahullohning rivoyatlarida kelmagan, balki uni o‘rniga “Qiblaga orqa qilib” degan lafz kelgan va Ubaydullohning rivoyatida ham shunday. Bunday bo‘lishining sababi Madinada turib Shomga yuzlanishdan Qiblaga orqa qilish kelib chiqadi. Ubaydullohning rivoyatida esa buni ochiqlash va ta’kidlash uchun zikr qilingan. Bu hadisda “Baytul Maqdisga yuzlanib” degan jumla bilan keltirdi, avvalgi hadisda esa “Shomga yuzlanib” degan jumlani keltirgandi, lafzlar turlicha bo‘lsa ham ma’no birliga uchun”[4]. Hadisni bu yerda keltirishdan imom Buxoriy rohimahullohning maqsadi uyning ichida hojatxona qilish joizligini bildirishdir. Hojatda o‘tirganda qiblaga yuzlanish yoki orqa qilib o‘tirish haqidagi bahslar esa yuqorida aytib o‘tildi[5]. Ikkinchi- “Odamlarning tahorat suvidan ortganini ishlatish haqidagi bob”dan keyin keltirdilar. Imom Qastalloniy: “Bu yerdagi“باب” kalimasi tanvinli, Mustamliyning rivoyatida kelganidek tarjamasiz va bobning o‘zi ham ko‘pchilikning rivoyatida yo‘q va bu hadis avvalgi bobdagi oxirgi hadis orasini ajratishmagan U yerda ustozlari Abdurrahmon ibn Yunus rohimahullohning sanadi ila Soib ibn Yazid roziayallohu anhudan rivoyat qiladi: “Xolam meni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib borib: “Ey Allohning Rosuli, singlimning o‘g‘li dardman”, dedi. Shunda u zot boshimni siladilar va menga baraka so‘rab duo qildilar. Keyin tahorat qildilar . Men tahorat suvlaridan ichdim. So‘ngra u zotning orqalarida turdim va ikki kuraklari o‘rtasida o‘tovning tugmasiga o‘xshagan nubuvvat muhrini ko‘rdim”.degan hadisni keltirdilar. Qastalloniy aytadi: “Sanadda imom Buxoriyning shayxlari Abdurrahmon ibn Yunus keldi u Hofizlardan biri Abu Muslim Bag‘dodiy Sufyon ibn Uyayna va boshqalarga imlo qilgan Mustamliydir 224-hijriyda to‘satdan vafot etgan.Hotim ibn Ismoil esa Ko‘fiy va Madinaga ko‘chib kelgan hamda u yerda Horun ar-Rashidning xalifalik davrida 186-hijriyda vafot topgan. Ja’d esa aksarlarning rivoyatida Jai’d bo‘lib tasg‘ir siyg‘asida kelgan va bu mashhurroqdir, u ibn Abdurrahmon ibn Avs Madaniy Kindiydir. Soib ibn Yazid roziyallohu anhu kichik sahobalardan yetti yoshida...
Синдийнинг илмий мероси аҳамияти шундан иборатки, у фақат фиқҳ ва ҳадис илмини ривожлантиргани билан эмас, балки илмий, диний ва маданий анъаналарнинг сақланиб қолишини таъминлаган. Унинг ишлари кенг тарқалган ва унинг таъсири нафақат араб, балки турли мусулмон мамлакатларида ҳам сезилган. Синд шаҳри ҳозирги кунда Покистон ҳудудига тўғри келади. Ушбу шаҳар ҳижрий биринчи асрнинг охирларида ислом етиб келган. У ердан дин йўлида хизмат қилган, исломий илмлар борасида манфаатли китоблар таълиф этган кўплаб улуғ уламолар етишиб чиққан. Синд диёридан ғарбу шарққа, араблар-у ажамларга машҳур китоблар мусаннифлари намоён бўлган. Шулардан бири замондош уламолари томонидан Абу Ҳанифа (роҳимаҳуллоҳ)нинг кўз қувончи сўзлари кўзларни равшан қиладиган ноёб дур, дақиқ масалаларни билувчи хазина” деб таърифланган етук олим Муҳаммад Обид ибн Аҳмад Али ибн Муҳаммад бўлиб насаблари саҳобий Абу Айюб Ансорийга етиб боради. Алломанинг сийратини ёритиб берувчи китобларда унинг туғулган йили ҳақида аниқ маълумот берилмаган. Фақатгина “Бадрут толиъ” китобининг муаллифи у кишини таҳминан 1190/1776 санада Ҳиндистонинг шарқий қисмидаги Синд шаҳри, Сийвон[1] қишлоғида туғилган, деб ўтган . Ўша пайтда Сийвон Таттаҳ[2] подшолигига тегишли бўлган. Таттаҳ Синд диёрининг маркази, пойтахти эди. Муҳаммад Обид Синдийнинг туғилган санаси борасида “Бадрут толиъ” китобининг муаллифи имом Шавконийнинг зикр қилган санаси ҳақиқатга яқин бўлиши мумкин. Чунки, Синдий Шавконий билан узоқ муддат бирга бўлган ва ундан “Ҳидоятул Абҳурий” китобидан таълим олган. Эҳтимол, Синдий Шавконий билан бирга бўлганда, Шавконий ундан туғулган санасини сўраган бўлиши мумкин. Аллома илм ва маърифат нурини дунёга таратган хонадонда ўсиб улғайди. Аввал бобоси шайх Муҳаммад Мурод Ансорий, кейин отаси шайх Аҳмад Али Ансорий ва амакиси шайх Муҳаммад Ҳусайн Ансорий қўлида илм олди. Уларнинг гўзал тарбиялари остида улғайди[3]. Тенгдошларидан фарқли ўлароқ Муҳаммад Обид ёшлигидан илм билан шуғулланишни яхши кўрар, кўп китоб ўқир эди[4]. Ўсиб улғайган уйи унинг биринчи мактаби эди. У аксар илмини амакисидан олди. Хусусан, ақлий ва нақлий илмларни шунингдек, тиб илмини ҳам амакисидан ўрганди. Табобатга моҳирлиги сабабли 1208/1793-йилдан 1213/1798-йилгача Ҳижозда, Санъо ҳокими Мансур Синдийни ўзининг хос табиби қилиб тайинлаган[5]. Кузатилган манбаларга кўра, Муҳаммад Обид Синдийнинг фарзанди бўлмаган. Буни у кишининг қуйидаги вақф тўғрисидаги мактубидан билишимиз мумкин: Имом Муслимнинг китобига шарҳ ёзиб бўлгандан сўнг, Муҳаммад Обид Синдий: “Бу китони ҳаётлик пайтимда ўзим учун, мендан кейин эркак бўладими аёл бўладими Аршад(имом Муҳаммад Обид Синдийнинг бобосидан бўлган авлод)нинг зурриётига, агар зурийёти бўлмаса Синд шаҳридаги Маторо қишлоғининг уламоларига вақф қилдим” деб ёзиб қолдирган[6]. Аллома ўзининг машҳур асари “ал-Маваҳибу-л-Латифа асарини ёзаётганида “Албатта фарзандларингиз касбларингиздандир” ҳадисини шарҳлай туриб, “Роббим мени солиҳ зурриёт билан ризқлантир, бепушт қилиб қўймагин” деб ёзган. Ўшанда Муҳаммад Обид Синдий умрининг охирги йилларини яшаётган эди. Бир муддат Ҳижозда яшаган, сўнгра Макка, Тоиф ва Жидданинг буюк шайхларидан таҳсил олди. Шунингдек, амакиси билан Яманга ҳижрат қилганда эса, Яман шайхларидан илм олган ва уларнинг маърифат чашмаларидан қониб қониб сув ичган. Шунинг учун бўлса керак, қачон Яман шайхларини эсласа аллома: “Кўп юртларни кездим. Санъо олимларидек илм ва ҳадисларни таҳқиқ қилган, насда келган буйрқларга бор кучини сарфлаб амал қиладиган олимларни кўрмадим”, деб кўп китобларида келтиргин[7]. Синдий асосан Яманнинг икки вилоятида яъни Забийд ва Ҳудайдада яшаган. Муҳаммад Обид Синдийнинг Ямандаги энг катта шайхи имом Шавконий бўлган. Муҳаммад Обид Синдий илм ва машойихларни излаб кўп юрт кезган. Шу сабабдан, унинг устозлари жуда кўп...
Vakolat (الوكالة) Islom huquqida muhim o‘rin tutadi va kundalik hayotda, tijoratda, yuridik hamda ijtimoiy munosabatlarda keng qo‘llaniladi. Hanafiy mazhabi asosida vakolat shaxsning boshqa bir shaxsga o‘z nomidan ish yuritish yoki huquqiy harakatlarni amalga oshirish vakolatini berishidir. Zamonaviy davrda vakolatning turlari ortib, elektron va raqamli shakllar ham yuzaga keldi. Ushbu maqolada vakolatning shar’iy asoslari, Hanafiy mazhabi talablari va zamonaviy turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Vakolatning shar’iy asoslari Qur’on va Sunnatdagi dalillar Vakolat masalasi Qur’on va hadisda mustahkam asosga ega. Alloh taolo aytadi: “Ey iymon keltirganlar! Birortangizga o’lim kelganda-vasiyat qilar chog’ida o’zingizdan bo’lgan ikki adolatli kishi agar yer yuzida safardalik chog’ingizda o’lim musibati yetsa o’zgalardan ikki kishi o’rtangizda guvoh bo’lsin.” (Moida surasi, 106-oyat) Bu oyatda vasiyat qilish va guvohlarni jalb qilishda vakolat zarurati nazarda tutilgan. Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vakolatni amalda qo‘llaganlar. “Nabiy (s.a.v.) Urvani qo‘y sotib olish uchun vakil qildilar.” (Imom Buxoriy rivoyati) Sahobalarning amaliyoti Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) biror mulkni boshqarish uchun vakil tayinlaganlari rivoyat qilingan. Bu kabi misollar vakolatning sahobalar davrida ham qo‘llanilganligini ko‘rsatadi. Hanafiy mazhabida vakolat tushunchasi Hanafiy ulamolari vakolatni shariatga muvofiq va halol ishlarni amalga oshirish uchun tayinlangan vakil orqali bajariladigan huquqiy harakat sifatida ta’riflaydilar. Hanafiy mazhabi vakolatni quyidagi jihatlar bilan izohlaydi: Vakil qiluvchi (مُوَكِّل) va vakil (وَكِيل) aqli raso va balog‘atga yetgan bo‘lishi lozim. Vakolat berilayotgan ish shar’an joiz bo‘lishi kerak. Vakolat aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Vakolatning asosiy turlari (Hanafiy mazhabiga ko‘ra): Umumiy vakolat (وكالة عامة): Barcha ishlarni o‘z ichiga oladi. Xususiy vakolat (وكالة خاصة): Faqat muayyan vazifani bajarish uchun. III. Zamonaviy vakolat turlari va fiqhiy masalalar Tijoratda vakolat Vakolatning zamonaviy tijoratdagi ahamiyati ortib bormoqda. Bank va moliya institutlarida vakolatnomalar orqali muomala ishlari amalga oshiriladi. Hanafiy ulamolari bunday vakolatlarni shar’iy jihatdan maqbul deb hisoblaydilar, agar ular halol va adolatli bo‘lsa. Fatvo: Dorul Uluum Devbandning fatvosiga ko‘ra, bank vakolatlari joizdir, agar ular ribo va qimor kabi harom ishlarni o‘z ichiga olmasa. Elektron va raqamli vakolat Zamonaviy davrda elektron imzo va raqamli vakolatlar keng tarqaldi. Hanafiy ulamolari bu masalada ehtiyotkorlikka chaqiradilar. Elektron vakolatlar ishonchlilik va halollik talablarini qondirsa, shar’an maqbul hisoblanadi. Dalil: Imom Abu Hanifa (r.a.)ning fikricha, hujjatlar va guvohlik ishonchli bo‘lsa, vakolat joizdir. Yuridik va notarial vakolatlar Notarial vakolatlar huquqiy jihatdan shartnoma tuzish yoki meros masalalarida keng qo‘llaniladi. Shar’iy jihatdan notarial vakolat, agar qonuniy asosga ega va shar’iy qoidalarga zid bo‘lmasa, joizdir. Siyosiy va ijtimoiy vakolatlar Saylov vakolatlari va davlat vakolatlari zamonaviy dunyoda muhim ahamiyat kasb etadi. Islomda vakolatni suiiste’mol qilish qattiq qoralanadi: “Alloh sizga omonatlarni o‘z egalariga topshirishni amr etadi.” (Niso surasi, 58-oyat) Vakolatning suiiste’moli va shar’iy halollik Zamonaviy dunyoda vakolatlarni suiiste’mol qilish holatlari ko‘p uchraydi. Vakolatni adolat va halollik asosida amalga oshirish lozim. Hanafiy ulamolari vakolat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda halollik va ishonchni asosiy tamoyil sifatida belgilaydilar. Vakolat, xoh an’anaviy, xoh zamonaviy shaklda bo‘lsin, shar’iy jihatdan joizdir, agar u halollik, adolat va ishonch asosida amalga oshirilsa. Zamonaviy texnologiyalar va tijorat usullari rivojlangan sari, elektron va raqamli vakolat turlari ham dolzarb masalaga aylanmoqda. 401 – guruh talabasi Abdulvahhobov Orifjon 105
عَنْ إِسْمَاعِيلَ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ أَنَّ أَبَا مُرَّةَ مَوْلَى عُقَيْلِ بْنِ أَبِي طَالِبٍ أَخْبَرَهُ عَنْ أَبِي وَاقِدٍ اللَّيْثِيِّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَيْنَمَا هُوَ جَالِسٌ فِي المَسْجِدِ وَالنَّاسُ مَعَهُ إِذْ أَقْبَلَ ثَلَاثَةُ نَفَرٍ فَأَقْبَلَ اثْنَانِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَذَهَبَ وَاحِدٌ قَالَ: فَوَقَفَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَمَّا أَحَدُهُمَا فَرَأَى فُرْجَةً فِي الحَلْقَةِ فَجَلَسَ فِيهَا، وَأَمَّا الآخَرُ فَجَلَسَ خَلْفَهُمْ، وَأَمَّا الثَّالِثُ فَأَدْبَرَ ذَاهِبًا، فَلَمَّا فَرَغَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَلَا أُخْبِرُكُمْ عَنِ النَّفَرِ الثَّلَاثَةِ؟ أَمَّا أَحَدُهُمْ فَآوَى إِلَى اللَّهِ فَآوَاهُ اللَّهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَاسْتَحْيَا فَاسْتَحْيَا اللَّهُ مِنْهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَأَعْرَضَ فَأَعْرَضَ اللَّهُ عَنْهُ». Abu Voqid al-Laysiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda o‘tirgan edilar, odamlar u zot bilan birga edilar. Shu payt uch kishi keldi. Ularning ikkitasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yaqinlashdi, biri esa ketdi. U ikkitasi Rasululloh huzuriga kelib to‘xtashdi. Ulardan biri halqada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha joyga o‘tirdi. Ikkinchisi orqaroqqa o‘tirdi. Uchinchisi esa yuz o‘girib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ishlarini tugatgach, dedilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar berayinmi? Ulardan biri Allohning huzuriga intildi – Alloh uni panohiga oldi. Ikkinchisi uyaldi – Alloh undan hayo qildi. Uchinchisi yuz o‘girdi – Alloh undan yuz o‘girdi.” Islomda ilm majlislari Allohning eng sevimli bandalaridan bo‘lish yo‘lida muhim manba hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ilmlarni faqat bilim emas, balki Allohga yaqinlik manbai sifatida o‘rgatganlar. Yuqoridagi hadis bu haqiqatning yorqin namunasi hisoblanadi. Hadis voqeiy tarzda uchta kishining masjidga kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu voqea orqali quyidagi ijtimoiy-axloqiy saboqlar olinadi: Ilmiy majlisda faol qatnashish savobdir. Halqaga kirib o‘tirgan kishi Allohning panohiga erishdi. Bu ilm majlisiga intilishning fazilatini ko‘rsatadi. Hayo – Allohga yaqinlik belgisi. Orqaroq o‘tirgan kishi uyalgani sababli Alloh undan hayo qildi. Hayo musulmonlikning ajralmas jihatidir. Ilmdan yuz o‘girish – ilohiy rad etilish sababidir. Hadisda yuz o‘girgan kishidan Alloh ham yuz o‘girgani ta’kidlanadi. Bu ilmiy muhitdan chetlashishning jiddiy oqibatlarini bildiradi. Ilm halqasiga yaqin o‘tirish mustahabdir. Ko‘pchilik fuqaho bu hadisdan ilmiy halqaga yaqinlashish mustahab ekani haqida istinbot qilganlar. Uyat hissi shariatda fazilat sanaladi. Hattoki orqada o‘tirish ham hayo niyatida bo‘lsa, bu maqbul bo‘lishi mumkin. Ilmdan nafratlanish, ishtirokni rad etish ma’naviy halokatga olib keladi. Bu hadis orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallam musulmonlarning ilm majlisidagi odobini, Allohga yaqinlashish vositalarini, va ijtimoiy muomala shakllarini o‘rgatganlar. Har bir musulmon bu uch kishining qaysi biri bo‘lishni tanlashi kerak: ilmga intilgan, hayo bilan ishtirok etgan, yoki yuz o‘girgan… Korabayev Nurpeys 401-guruh talabasi 132