“Til-so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimonidir” (Abu Rayhon Beruniy) Jahonda 6 ta xalqaro til ya’ni inqliz, arab, xitoy, fransuz, rus va ispan tillar bor. Dunyo tillaridan biri hisoblangan arab tili insoniyat tamaddunida, ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Arab tilida yozilgan ilmiy asarlar ko‘plab ixtirolarga, kashfiyotlarga sabab bo‘lgan. Qadimiy arab tili miloddan avvalgi V-IV asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo bo‘lishiga asos boʻlgan. Mumtoz arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliyat davri (V-VII asrlar) shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. VIII-IX asrlarda mumtoz arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan o‘lkalarda rasmiy va ilmiy til boʻlib qoldi. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV
Каъба устунларида осма мойчироқлар ва идишлар мавжуд. Уларга хушбўй тутатқи ва атирлар солинади. Тарих давомида кўплаб подшоҳлар, султонлар ва ҳукмдорлар ушбу қадимий мойчироқлар ва бошқа осори-атиқаларни ҳадя қилганлар. - Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев
Korrupsiya bugungi kunda jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan global muammolardan biri hisoblanadi. U davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini pasaytiradi, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi. Shu bois korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi har bir huquqiy demokratik davlat uchun ustuvor vazifalardan biri sanaladi. - Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Biloliddin IBROHIMJONOV
Улар ичида мушорака — шерикчиликка асосланган молиявий инструмент бўлиб, иқтисодий фаолиятни биргаликда амалга ошириш, фойда ва зарарни адолатли тақсимлашни таъминлайди. Бу восита жамиятда ҳамжиҳатлик ва ўзаро ишонч муҳитини мустаҳкамлайди. Мушорака — бу “шерикчилик” деган маънони англатувчи арабча сўз бўлиб, у икки ёки ундан ортиқ шахснинг муайян иқтисодий лойиҳани биргаликда амалга ошириш мақсадида маблағ, меҳнат ёки ресурс қўшиши орқали ташкил топади. Мушорака Қуръон ва Суннадаги умумий адолат ва шерикчилик принципларига асосланади... - Тошкент ислом институти “Ақоид ва фиқҳий фанлар кафедраси” катта ўқитувчиси Яҳё РАЗЗАҚОВ
“Dunyo millatlariga qaralsa koʻrilurki, muntazam maktablari bor va ularda avvalo diniy bilim ustiga dunyony ilm va fan oʻqitulur. Zeroki, dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilmni bilmoqlik darkordir. Zamona ilmini bilmagan millat boshqa millatlarga poymol boʻlur” – degan edi Mahmudxo‘ja Behbudiy. Ma’rifatparvar yozuvchi, drammaturg Behbudiy 1875-yilyilning 19-yanvarida Samarqandning Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan. To‘liq ismi Mahmudxoʻja ibn Behbudxoʻja ibn Mullo Mirzo Abdulmajid. Otasining nasabi Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Avvalgi saboqlarini otasidan, undan keyin Buxoro madrasasida oladi. Oilaviy muhit uning yozuvchilik bilan bogʻliq hislatlarining boshlang‘ich kurtaklari hisoblanadi. 1899-yilda haj ziyoratiga borib, ziyorat asnosida Turkiya va Misr davlatlariga ham borib, u yerdagi yangilanishlar guvohi boʻladi. - Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Muhammadamin GʻIYOSIDDINOV