Asar muallifi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rohimahulloh "shayxul islom", "muftiy as-saqolayn"[1] nomlari berilgan, faqih, muhaddis, mazhabning mo‘tabar shaxslaridan bo‘lib, yurtimizdan yetishib chiqqan Nasafiy ulamolardan sanaladilar. U kishining tug’ilgan yillari borasida Sam’aniy rohimahulloh “al-Ansab” asarlarida: “Umar Nasafiy rohimahulloh hijriy 461 yoki 462- yili (milodiy 1068 yoki 1070-yili) Nasaf shahrida dunyoga kelganlar” deb zikr qilgan. Ilm talabidagi safarlari haqida ko`p ma`lumotlar aniq bo`lmasada, Buxoro, Bag`dod, Makka shahrlariga borganlari asarlarda zikr etilgan. Umrlarini oxirida esa Samarqand shahrida yashab, o`sha joyda hijriy 537-yili jumadul uvla oyining 12-kuni[2] vafot etganlar...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev Nurmuhammad
Moliyaviy zulmga qarshi kurash ham jamiyatning boshqa illatlari qatori har davrning muhim muammolaridan hisoblanib kelgan. Sudxo`rlik (arabchada ribo) jamiyatning rivojlanishga to'sqinlik qiladigan eng katta omillardan biridir. Unga yo'l ochib bergan jamiyat o'z oyog'iga bolta urgan hisoblanadi. Sudxo`rlik jamiyat taraqqiyoti uchun juda ham xatarli bo'lgani sababidan ham uni o'rganish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi...- Toshkent islom instituti talabasi Nodirbek Nishonov
Ashraf Aliy Tahonaviy ulug’ muhaddislardan, ummat uchun juda ham zarur bo’lgan bir necha asarlar sohibi 1863-yilda Hind diyoridagi Tahona qishlog’ida, taqvoli ilm sohibi bo’lgan oilada dunyoga kelganlar. Nasablari Hazrati Umar roziyallohu anhuga boradi. Otalarining ismi Abdulhaq ibn Hofiz bo’lib, Tahona qishlog’ida, e’tiborli olimlardan bo’lgan...- Toshkent islom instituti talabasi Turg‘unboyev Isroil
Abu Yahyo Zakariyyo ibn Muhammad Ibn Ahmad Ibn Zakariyyo al-Ansoriy al-Xazrajiy ash-shofeiy "Shayxul islom", "Zaynuddin", "Qozi Zakariyyo" taxalluslari bilan ham mashxur bólgan. Bu zot milodiy 1421(824) - yilda Misrning "Sunayka" deb nomlangan kichik shaharchasida tavallud topgan. Shu shaharchada boshlanğich ta'limni òrganish bilan birga, Qur'oni Karimni ham yod olgan...- Toshkent islom instituti talabasi Joraboyev Zoirjon
Boyazid Bastomiy ismli ulug', zokir olim zot umrlari davomida 45 marta haj ibodatini ado qildilar. Bir kuni nafslari: "Ey Boyazid, sen qanday ham yaxshi insonsan, 45 marta umra qilding", deb qoldi. Boyazid hazratlari esa kibrga ketib qolishlaridan xavfsirab, insonlarga yuzlanib: – Ey insonlar, 1 dona non evaziga 45 marta qilgan haj ibodatlarimni beraman-, dedilar...- Toshkent islom instituti talabasi Ismoilova Hilola