Zamonaviy islom falsafasi o'zining asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularning eng muhimlari quyidagilardir: Tavhid (Yagona Xudo): Islom falsafasining asosiy g'oyasi. Xudoning yagona ekanligini ta'kidlashdir. Bu g'oya barcha islomiy ta'limotlarning poydevori hisoblanadi. Ilm va Aql: Musulmon olimlari ilmni juda muhim deb hisoblashgan. Abu Ali Ibn Sino kabi olimlar ilm olish jarayonini va aqlning ahamiyatini naqadar muhim ekanini ta'kidlaganlar. Aql va e'tiqodning uyg'unligi islom falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Etika: Islom etikasida yaxshilik va yomonlik tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Musulmon faylasuflari axloqiy qadriyatlarni belgilashda diniy qonunlarga tayanganlar... Saydburxon FAZILDINOV, TII 4-kurs talabasi
Islom olamida hadis ilmi eng muhim va asosiy fanlardan biridir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning so'zlari, amallari va tasdiqlari ya'ni hadislar – Qur'ondan keyin ikkinchi manba sifatida e'tirof etiladi. Hadislarni to'plash, tartibga solish va ularga sharh berish ishlari ilk davrlardanoq olimlar tomonidan keng qamrovda olib borilgan. - Toshkent islom instituti talabasi Islom JO’RAMIRZAYEV
Аллома Замахшарийнинг «Муфассал» китобидаги мавзулар борасидаги имлолар. Имом Замахшарийнинг «Муфассал» китобидаги мавзулар борасида келган имлоларнинг сони 136 та бўлиб, ибн Ҳожиб Дамашқ, Қоҳира ва Байтул Мақдис шаҳарларида 610 ҳамда 625 ҳижрий йиллар оралиғида имло қилган. Дамашқ шаҳрида 617 ҳижрий йилдан бошлаб 624 йилга қадар 72 та имло қилган. Қоҳирада эса 610–615 ҳижрий йиллар оралиғида 5 та имло қилган. Аммо Байтул Мақдисда 616 ҳижрий йилда бир донагина имло қилган. Бу ўринда яна макони номаълум бўлган иккита имло бўлиб, у 618 ҳижрий йилда ёзилган. Ибн Ҳожиб ушбу қисмда тутган услуби шундан иборатки, олим «Муфассал»нинг ибораларини шарҳлаган ва изоҳлаган. Гоҳида эса Имом Замахшарийга айрим фикрларда эътироз билдирган. Айрим ўринларда аллома Замахшарийни қўллаганига ҳам гувоҳ бўлиш мумкин. Имом Замахшарийга қарама қарши фикрларни айтган ўринларидан бири қуйидагича:.. Нурисломхўжа УМБАРОВ, ТИИ 4-курс талабаси
"Agar ular orasida nizolashishdan qo‘rqsangiz, unda erning oilasidan bir hakam va ayolning oilasidan bir hakam tayinlang. Agar ular (hakamlar) yarashishni xohlasalar, Alloh ularning orasini totuv qiladi. Albatta, Alloh (hamma narsani) biluvchi va (hamma narsadan) xabardor zotdir". Mazkur oyatdan anglashiladiki, shariatimiz nizolarni hal qilish uchun qadam-baqadam choralar ko‘rishni talab qiladi va darhol taloqqa murojaat qilishdan qaytaradi. Shu bilan birga shariatimizda taloq erkakning qo‘lida bo'lganligining hikmati odatda er kishilar oqilona qarorlar qabul qiladilar. Shuning uchun taloq ishi er kishini qo'liga topshirilgandir. Hidoya kitobida bu borada shunday deyiladi:.. Shamsiddin BURXONIDDINOV, TII 4-kurs talabasi